Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sancho nega «Vatsapp» jamoaviy chatidan «o‘chirildi»?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«MYU»ga sig‘mayotgan iqtidor Jeydon Sancho oldinroq klubning whatsapp tarmog‘i suhbatxonasidan ham chetlashtirilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunga oddiy bir o‘rinsiz yoki omadsiz xabar sabab bo‘lgan. To‘g‘ri, Sanchoning xabari fotoshop bo‘lishi ham mumkin.

Angliya tabloidlari tomonidan aniqlashtirilishicha, qobiliyatli vinger messenjerlardan biridagi jamoa chatidan «Fulxem» bilan o‘yin yakunida chetlashtirilgan. O‘shanda «MYU» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Aniqroq aytsak, Jeydon amaldagi klubi natijasiga istehzoli munosabat bildirgan: «Omad keldi». To‘g‘ri, hozir angliyalik futbolchi akkauntida bunday «tvit» yo‘q. Bu borada ikki taxmin bor: xabarni Sanchoning o‘zi o‘chirib tashlagan yoki kimdir fotoshop skrinshoti vositasida «qizil iblislar» mikromuhitini yanada yomonlashtirishni o‘ylagan. Aytish kerak, hujumkor qanot futbolchisi anchadan buyon «MYU» akademiyasida alohida shug‘ullanmoqda. Daily Mail nashrida yozilishicha, bunda Sancho bir qator shartlarga qat’iy ravishda rioya etishi lozim. Deylik, kiyinish xonasiga kirganida, eshikni qulflab olishi talab etiladi. Binobarin, uning yo‘li asosiy jamoa futbolchilari va hatto akademiya tarbiyalanuvchilari bilan kesishmasligi kerak.

Eslatma, sentabr oyi boshida Sancho va «MYU» bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. O‘shanda vinger APL 4-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi bahs (1:3)da maydonga tushirilmadi. Niderlandiyalik mutaxassis o‘yindan keyin buni 23 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamagani bilan izohladi. Sancho esa ten Xag bayonotiga «tvitter» orqali keskin javob berdi: «Anchadan buyon aybsiz aybdor bo‘lib qolyapman - bu adolatdan emas. Mashg‘ulotlarda hamon qattiq mehnat qilyapman, har bir izohga ishonavermang. Tarkibdan chetda qolganida esa boshqa sabablar bor, bunga ishonchim komil». Ko‘p o‘tmay, bu «tvit» o‘chirildi, ammo 14 sentyabr kuni futbolchi asosiy jamoadan vaqtincha chetlashtirildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:30, 21.11.2023. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик