Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jastin Klyuyvert — top-5 chempionatlarining har birida gol urgan uchinchi futbolchi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir qarashda, ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolgan «Sheffild Yunayted» - «Bornmut» (APL 13-turi) o‘yinida tarixiy voqea kuzatildi.

Jastin Klyuyvert Angliya elit divizionidagi birinchi golini nishonladi va  Yevropaning kuchli 5ta ligasidan har birida raqib darvozasiga yo‘l topgan atigi 3-futbolchi bo‘ldi. Kichik Klyuyvert bunga qadar «A» seriya, Liga 1, Bundesliga va La Ligada gol quvonchini tuygandi. Mana, endi APLda ham o‘zini ko‘rsatdi va o‘ziga xos ro‘yxati to‘liq holatga keldi.

Asosiy fakt shuki, Jastin Klyuyvert bunday natijaga atigi 5 mavsum (agar top-5 ligadagi birinchi o‘yinidan hisoblasak, 6 mavsum)da erishdi. «Ayaks» tarbiyalanuvchisi sanalgan kichik Klyuyvert yoshligidan Niderlandiyaning eng iqtidorli va istiqbolli futbolchilaridan biri sanalgan, biroq 24 yoshga yetdiki, umidlarni hali oqlagani yo‘q. Har holda, Jastin tez-tez klub almashtirish bilan ovora va hali biror joyda muhim futbolchiga aylanolmadi. Hozir ham o‘z jamoasini qidirayotgandek.

Asosiysi, joriy mavsum «Bornmut» sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik «Sheffild» darvozasini nishonga olish asnosida futbol tarixiga kirdi. Diqqat qiling, bunga qadar Yevropaning eng kuchli 5ta ligasidan har birida gol urish atigi 2 nafar futbolchiga nasib etgandi:

Florin Raduchoyu. Ruminiyalik hujumchi shunday o‘ziga xos «kvest»ga erishgan birinchi futbolchi sanaladi. U o‘tgan asrning 90-yillari «A» seriyada «Bari», «Verona», «Breshiya» va «Milan» klublari safida to‘p surgan, keyin navbati bilan «Espanyol», «Vest Xem», «Shtutgart» va «Monako»da ko‘rinish bergan.

Stevan Yovetich. Reduchoyu natijasini 2021 yilga kelib, serbiyalik hujumchi takrorladi. Yovetich «Fiorentina», «Manchester Siti», «Inter», «Sevilya», «Monako» va «Gerta» klublarida o‘ynadi. 

Aytgancha, Jastinning otasi Patrik Klyuyvert ham bunday ko‘rsatkichga yaqin kelgan. U avvaliga «A» seriyada «Milan» uchun 6ta gol urgan, keyin La Ligada «Barselona» (90ta gol), APLda «Nyukasl» (6ta gol), Liga 1da «Lill» (4ta gol) sharafini himoya qilgan. Xullas, Patrik hisobida faqat Bundesliga belgisi ostidagi gol yo‘q. Demak, Jastin bu borada otasidan o‘zib ketishga ulgurdi, ammo uning darajasiga yetish uchun hali ko‘p ter to‘kishi kerak. Axir katta Klyuyvert futbolda mislsiz yutuqlarga erishgan, jumladan, CHLda ham g‘alaba nashidasini surgan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 05.12.2023. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик