Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pul, baribir erkaklar sportida!...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

XX asr davomida butun dunyo ayollari saylash-saylanish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsalarda, ayrim sohalarda erkaklarning hukmronligi saqlanib qolgandi.

Bularni sanab o‘tmoqchi emasmiz, lekin sport barcha sohalarga aloqador. Nafaqat sobiq Ittifoq yoki Rossiya, balki barcha mamlakatlarda ham ayollar sporti ommaviylik bobida erkaklar sportiga tenglasha olmaydi. Bunga yaqqol misol - tennis, bu sport turida hanuzgacha erkak va ayol tennischilarga barcha turnirlarda bir xil mukofot pullari ajratilavermaydi. Buning asosiy sababi - erkaklar sporti ko‘proq ommalashgan, ularni ko‘pchilik tomosha qiladi. Biroq adolat borasidagi bahs-munozaralar to‘xtamayapti.

Hozirgi tadqiqotlarga binoan, reyting bo‘yicha erkaklar sportidagi tomoshabop musobaqalarga xotin-qizlar o‘rtasidagi sport gimnastikasi va figurali uchish turnirlari tenglasha oladi, bu esa faqat Olimpiya O‘yinlarida bo‘ladi. Biroq so‘nggi yillarda vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sport marketingiga oid tadqiqotlarning aksariyati Amerika kompaniyalari tomonidan o‘tkaziladi va asosan shu mamlakat auditoriyasiga mo‘ljallangan. Shunga qaramasdan, bu tendensiyani butun dunyoda kuzatish mumkin.

Keling, avvaliga Igor Akinfeevning quruq o‘yinlari kabi faktlar bilan tanishib chiqaylik. 2022 yil oxirida Samba TV tahliliy kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikadagi ayollar futbol, basketbol, voleybol ligalari va talabalar o‘rtasidagi boshqa musobaqalar auditoriyasi erkaklar turnirlaridagi muxlislar sonidan o‘zib ketdi. Hozirda asosiy e’tibor ko‘proq yosh muxlislarga qaratilmoqda. Sababi, ular uchun qaysi jins vakillari kuch sinashishining ahamiyati yo‘q. Sport seksiyalariga qizlarning oqimi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida sportni tomosha qiladigan muxlisalar ham ko‘paymoqda. Shu bois, ayollar ligalari Nissan va Geico singari yangi va yirik sarmoyadorlar kelishmoqda. 

Misol uchun taqqoslaydigan bo‘lsak, ayollar futbol ligasining muxlis va muxlisalari auditoriyasi bir yilda 453 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, erkaklar MLSi atigi 15 foizga o‘sdi. Boz ustiga, bu o‘zgarishda Lionel Messining «Inter Mayami»ga tashrifi muhim o‘rin tutadi.

Futbol bo‘yicha JCH endi ikkita, bitta emas!

Boshqa bir tashkilot - Women~s Sport Trust ma’lumotlariga binoan, shu yilning dastlabki ikki oyi ichida Buyuk Britaniyadagi ayollar musobaqalarida muxlislar soni o‘rtacha 20-30 foizga ko‘paygan. Mazkur taraqqiyotda regbi bo‘yicha jahon Kubogi, 6ta millatlar Kubogi turnirlari va Angliya premyer-ligasi musobaqalari ulkan hissa qo‘shdilar. Ayollar sportining TV ekranlari qarshisidagi tomoshabinlari soni ham erkaklar ishtirokidagi turnirlar ko‘rsatkichiga tobora yaqinlashib bormoqda. O‘zaro nisbat o‘tgan yili 37ga 63 edi. Endi 42ga 58ni tashkil etmoqda.

Milliy musobaqalardan xalqaro turnirlarga o‘tamiz. Ayollar sportidagi keskin burilish shu yil Avstraliya va Yangi Zelandiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida kuzatildi. Unda har bir uchrashuvga o‘rtacha 30911 nafar muxlis tashrif buyurdi. To‘rt yil avval Fransiya mezbonligida o‘tgan mundial bellashuvlari 21756 nafar muxlis tomosha qilgandi. Qatar mundialining bellshuvlari esa 53191 nafar muxlis guvohligida o‘tdi. Ha, hozircha, tafovut juda katta, lekin yil sayin kamayib borayotgani ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Nufuzli Nielsen kompaniyasi ayollar o‘rtasidagi JCH sayyoramiz aholisining 41 foizi e’tiborini jalb etganligini ma’lum qildi. Ma’lumotda tadqiqotchilar biz kabi betaraf muxlislarni ham inobatga olgan-olmaganliklari yoritilmagan. Lekin telereytinglar bobida ishlar joyida.

FIFA turnirda 2 milliardli auditoriyani taxmin qilgandi. Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsni bir necha o‘n millionlab muxlislar tomosha qildilar. Shunday ekan, navbatdagi siklda faqat erkaklar o‘rtasidagi JCH emas, balki 2ta teng huquqli mundial xususida gap ketsa kerak. Har holda, FIFA hozir aynan shu maqsadga intilmoqda.

Erkaklarda pul ko‘proq

Biroq ayollar sporti hamon muammolar girdobida. Jumladan, Rossiyada ham. Masalan, RPL bilan AFL, KXL va AXL o‘rtasida katta tafovut bor. Faqat voleybol nisbatan sezilarli raqobat ko‘rsata oladi. «Forbes»ning individual sport reytingidagi yetakchi 30 nafar rossiyalik sportchilar reytingida atigi 9 nafar qizlar bor, ularning yarmidan ko‘prog‘i - figurali uchish vakilalari. Boshqa sport turlarida ayollar ulkan gonorarlarga ega emaslar.

Jahon miqyosida ham vaziyat yaxshi emas. Eng ko‘p ish haqi oladigan 50 nafar sportchilar orasidagi yagona ayol - Serena Uilyams. U 49-o‘rindan joy olgan. Ruminiya­lik velopoygachi va konkichi Aleksandra Yanchulesku Parij Olimpiadasidagi yo‘l xarajatlari uchun «OnlyFans»da suratga tushish bilan mablag‘ to‘plamoqda. Jahonning eng go‘zal yengil atletikachisi Alisa Shmidt esa ijtimoiy tarmoqlar ko‘magisiz sport faoliyatidagi xarajatlarni to‘lay olmasligini tan oldi.

Yaqinda pul topish maqsadida «OnlyFans»da behayo liboslarda suratga tushib yurgan Rene Greysi Avstraliyadagi eng nufuzli V8 Supercars qaytishini e’lon qildi. Biroq sportdagi gonorarlarni adolatli tarzda taqsimlash masalasi hamon ochiq qolmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 06.12.2023. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик