Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
      • 26.11.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • -:-
      • Buriram Yunayted
      • 26.11.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • -:-
      • Vissel Kobe
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
      • 26.11.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • -:-
      • Selangor
      • 26.11.2025 17:15
      • Lion Siti Seylors
      • -:-
      • Persib
      • 26.11.2025 18:45
      • Andijon
      • -:-
      • Arkadag'
      • 26.11.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • -:-
      • An-Nasr (SA)
      • 26.11.2025 22:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vasl
      • 26.11.2025 22:00
      • Az-Zavra
      • -:-
      • Goa
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yaponiya: Bir o‘yinda o‘rtacha to‘rt gol

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Guruh bahslari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yakunlanib borayotgan 2023 yilni bemalol Yaponiya milliy jamoasi hisobiga yozib qo‘yish mumkin. Umuman, «samuraylar» oxirgi vaqtlar o‘ta sermazmun va sermahsul o‘yin namoyish etmoqdalar. Har holda, yaponlar yo‘lga qo‘ygan hujumkor uslub nafaqat Osiyo, balki boshqa qit’alarning eng sara jamoalarini ham dovdiratib qo‘ymoqda.

Murabbiy Moriyasudan master-saboq

Yaponiya milliy jamoasi Qatar-2022 mundiali nimchorak final raundida bo‘lajak sovrindor Xorvatiya termasi bilan mardonavor kurashdi, lekin penaltilar seriyasi bo‘yicha imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, «samuraylar» Kosta-Rika, Ispaniya va Germaniya termalari joy olgan guruhdan peshqadam maqomida «pley-off»ga sakragandilar. Guruh bosqichidayoq mundial bilan xayrlashgan nemislar joriy yil mag‘lubiyatlar seriyasini davom ettirdilar, yaponlar esa qatorasiga 8ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qildilar. Ular mundialdan so‘ng Kolumbiya termasidangina yengildilar, lekin eng kuchli raqiblar bilan kuch sinashishda davom etdilar. Xullas, Yaponiya termasining hozirgi ijobiy seriyasi salmog‘i juda katta. Deylik, «samuraylar» mart oyida Urugvay termasi bilan to‘qnash keldilar. Janubiy Amerika vakili ke­yinchalik KONMEBOL miqyosidagi JCH-2026 saralash bosqichida Argentina va Braziliya terma jamoalarini mahv etganini eslatish kerak. Umuman, qit’adoshlarimiz Kolumbiya termasidan qabul qilingan 1:2 hisobli mag‘lubiyatdan keyin salvadorliklarni 6ta va peruliklarni 4ta gol bilan «siyladilar». Osiyo grandi shuning barobarida Yevro-2024 turnirining bo‘lajak ishtirokchilari - Turkiya va Germaniya termalarini ham tor-mor etdi. Ke­yin Kanada, Myanma va Suriya termalari ham tajovuzkor yaponlardan 4-5talab gol qabul qildi. Qo‘shimchasiga, Xashime Moriyasu jamoasi o‘z darvozasidan ko‘p to‘p o‘tkazib yuborishga chek qo‘ydi. Faqat Tunis milliy jamoasiga bu borada Kolumbiya va Urugvay termalari natijasini takrorlash nasib etdi. Odatda qatorasiga 8ta o‘yinni umumiy 34:5 ko‘rinishida o‘z foydasiga yakunlagan jamoa tabiiy ravishda ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolishda qiynaladi. Biroq mahsuldorlik hozirgi Yaponiya termasi uchun o‘ziga xos qurol bo‘lib ulgurdi.

O‘yin intizomi zo‘r

Qit’adoshlarimiz oxirgi mundiallarda o‘yindan ke­yin muxlislar bilan birga tribunalarni tozalash asnosida ko‘pchilik mehrini qozonishdi. Chin insonga xos tashabbus boshqa klublar va terma jamoalar a’zolarini ham to‘lqinlantirib yubordi. Endilikda biror jamoa o‘yin­dan keyin kiyinish xonasini og‘ilxona holatida qoldirmayapti. Yaponiya milliy jamoasi shuningdek, yashil maydonda ham faqat eng kuchli drujinalarga xos hamjihatlikni namoyish etmoqda. «Ko‘k samuraylar» ayni payt FIFA reytingida 18-o‘rinda borishmoqda, OFK miqyosida esa yaqqol peshqadamlik qilishmoqda. Yaponlar ortida Eron (21-o‘rin), Janubiy Koreya (24-o‘rin) va Avstraliya (30-o‘rin) milliy jamoalari bor. Umuman, bu jamoa­lar ham hozirda o‘yin sifati bo‘yicha «samuraylar»ga tenglasholmaydi aslo. Moriyasu jamoasi umumiy reyting jadvalida Yevro-2020 yarim finalchisi Daniya, Afrika chempioni Senegal, qolaversa, Ukraina, Avstriya, Uels va Serbiya kabi Yevropaning kuchli termalaridan oldinda. Albatta, jamoada hujumkorlik va keskinlikka yo‘g‘rilgan o‘yin chizmasi ham havas qilsa arziydigan darajada. Shuningdek, bugungi Yaponiya termasi kutilmagan zarbaga bardosh berishni ham o‘rniga qo‘ymoqda. Deylik, yaponlar Germaniya termasiga qarshi kechgan «o‘rtoqlik»da ilk marta qo‘shimcha daqiqalarda 2ta gol urish asnosida bundestimni yana mag‘lubiyatga yo‘liqtirishdi. 

Bir qarashda, Yaponiya termasi - navqiron va mahorati oshib borayotgan ijrochilardan shakllangan aqlli, yana makkor jamoa. «Arsenal» himoyachisi Tomiyasu o‘tgan yili onasi vafot etganidan keyin ma’lum vaqt tushkun holat domida qolgandi. Klub va terma jamoa esa uni imkon qadar qo‘llab-quvvatladi. Tomiyasu hozircha «to‘pchilar» asosiy tarkibidan mustahkam joy olgan bo‘lmasada, terma jamoada «Sporting»dagi vatandoshi Morita, «Monako»dagi Minamino va yozda «Liverpul» safiga qo‘shilgan Endodan qimmatli tajriba olishi mumkin. Shuningdek, Bundesliga vakillari - Doan («Frayburg») va Ito («Shtutgart») ham yuksak saviyaga ega bo‘lib ulgurdilar. «Real Sos­e­dad»da to‘p surayotgan La Liganing joriy mavsumdagi porloq yulduzi Kubo, «Lasio» sharafini himoya qilayotgan Kamada va «Brayton» vakili Mitoma esa bugungi kunda Yaponiya termasining chin yetakchilari hisoblanadilar. Afsuski, Mitoma yaqinda jarohatlanib, ma’lum muddatga safdan chiqdi.

Yangi sovrin sari harakat

Shunday balanslashgan tarkibga ega Yaponiya termasi jahon miqyosidagi darvozabon va markaziy himoyachisiz ham yanvarda start oladigan Osiyo chempionatida favorit maqomida o‘ynasa kerak. To‘g‘ri, bitta lekini bor: «kunchiqar yurt» vakillari har doim ham yirik musobaqalarda yuksak nufuzlarini boricha namoyish etolmaydilar. Masalan, «samuraylar» 2019 yilgi Osiyo kubogi finalida Qatar termasiga qanaqasiga yutqazib qo‘yishgani hanuzgacha tushunarsiz holat bo‘lib qolmoqda. Endi «ko‘k samuraylar» 12 yanvarda aynan oxirgi JCH mezboni maydonida boshlanadigan musobaqada bosh sovrin uchun kurashadilar. Tabiiyki, yanvarda Osiyo va afrikalik legionerlar xizmatidan vaqtincha foydalanolmaydigan Yevropa klublari mazkur qit’alar  birinchiligi yilning dastlabki oyi o‘tkazilishidan mamnun emas. Lekin hamma ko‘nishga majbur. 

Xashime Moriyasu rahbarligida yaponlar bo‘lajak turnirga puxta hozirlik ko‘rishmoqda, albatta. Asosiy maqsad  - yirik musobaqalarda Qatar va Xorvatiya termalaridan qabul qilingan mag‘lubiyatlar o‘rnini qoplash. O‘yin sifati va natijalar nuqtai nazaridan qaraganda, Yaponiya milliy jamoasi bosh favorit, albatta. Lekin fakt shuki, «kunchiqar yurt» vakillari 12 yildan buyon Osiyo chempionatida g‘olib chiqolmayaptilar. Ular oxirgi marta 2011 yilgi turnir finalining qo‘shimcha vaqtida Avs­traliya termasini mahv etib, qit’aning 4 karra chempioniga aylangan edilar. Osiyoning boshqa biror milliy jamoasida shuncha kubok yo‘q. Umuman, yaponlar Osiyo birinchiligida 5 marta finalga chiqib, ulardan 4tasida ustun kelganlar. 2019 yili hal qiluvchi bahsda Qatar termasiga 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgach, jamoa tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. «Samuraylar» bu yog‘iga nafasni rostlab olish, joriy yilgi yuksak natijalarga mahliyo bo‘lib qolmaslik va o‘rtoqlik o‘yinlaridagi kamchiliklarni yo‘qotishga urinishadi. 

Umuman, Osiyo futbolida hammani birdek qo‘rqitadigan jamoaning o‘zi yo‘q. Har holda, oxirgi yillar qit’a birinchiligida turli chempionlar bosh ko‘tarishdi. Deylik, Qatar termasidan avval OFKning «o‘gay o‘g‘li» - Avs­traliya bosh jamoasi g‘olib chiqdi - «sokkeruz» finalda Janubiy Koreya termasini mahv etgandi. Kimsan Son Xyun Minning jamoasi esa 1960 yildan buyon qit’a chempionligiga erisholmay kelmoqda. Demak, bu jamoada ham motivasiya talab darajasida. Lekin qog‘ozda Yaponiya drujinasi bosh favorit, baribir. Agar «samuraylar» final bosqichida ham hozirgi hujumkor uslubni ko‘rsata olsalar, raqiblarga oson bo‘lmasligi tayin. Xullas, bo‘lajak Osiyo kubogini intiq holda kutish qoldi. Turnirni RFI va Rossiya terma jamoa­si ham diqqat bilan kuzatsa, ajabmas. Axir hozirda Rossiya futbolining OFK tomon siljishi masalasi yana kun tartibiga chiqmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:06, 14.12.2023. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.