Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

A Seriya nafaqat "qariyalar" ligasi, balki yetishib chiqayotgan iqtidorli yoshlar ham bor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

A Seriya faxriylar ligasi hisoblanadi, chunki Italiyaga asosan yoshi katta yulduzlar boradi. Zlatan Ibrahimovich, Olivye Jiru, Aleksis Sanches va boshqa ko‘plab misollar mavjud. Lekin bu Italiya chempionatida umidli yoshlar yo‘q degani emas. A Seriyasida ham sifatli futbolchilar bor. Keling, Italiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchilarini ko‘rib chiqamiz.

Matias Sule ("Frozinone"/"Yuventus", 20 yosh)

Sule 2020 yildan beri "Yuventus" tizimida o‘ynamoqda. Ko‘rinishidan, "byankonerlar" argentinalik yosh futbolchiga umid bog‘lashmoqda. U ijara asosida "Frozinone"ga borishdan oldin bir nechta yoshlar jamoalaridan o‘tgan. Futbolchi u yerda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. A Seriyaning joriy mavsumida 20 yoshli vinger 13 o‘yinda 6 ta gol urdi - bu yaxshi ko‘rsatkich jamoasiga turnir jadvalida o‘rtada qolishga yordam beradi. Futbolchiga "Nyukasl" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda, biroq "Yuventus"da ham uning uchun rejalari bordir.

Lamek Banda ("Lechche", 22 yosh)

Banda ikkinchi yilini "Lechche" bilan o‘tkazmoqda va katta yutuqlarga erishmoqda. Joriy mavsumda 22 yoshli vinger A Seriyada 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gol+pas tizimiga ko‘ra, bu o‘tgan mavsumdagidan ko‘p. Italiya chempionatining eng yosh jamoalari "Lechche" va "Frozinone". Bu istiqbolli futbolchilarni yetishtirish uchun ideal muhit. Masalan, Banda kabi. "Lechche" ayni damda Zambiya terma jamoasi futbolchisini 20 million yevroga baholamoqda, biroq yozga kelib, "sariq-qizillar" A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolsa, uning transfer qiymati oshishi mumkin.

Radu Dregushin ("Jenoa", 21 yosh)

2019 yilda Dregushin "Yuventus"ning yoshlar jamoasidan asosiy jamoasiga o‘tdi va ijaraga berib yuborildi. 2022 yilning yozida ruminiyalik futbolchi "Jenoa"ga ko‘chib o‘tdi, jamoaning A Seriyaga qaytishiga yordam berdi va doimiy ravishda ular bilan qoldi. Ammo u tez orada katta klublarga o‘tishi mumkin. Maydonda 21 yoshli markaziy himoyachi anchagina yetuk futbolchiga o‘xshab ko‘rinadi va bu jiddiy klublar e’tiborini tortdi. Uni "Milan", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" kabi klublar kuzatib bormoqda. "Qarg‘alar" hali taklif bilan chiqmagan bo‘lsada, futbolchiga asosiy da’vogarlar sanaladi. Italiya matbuoti Dregushinni 20 million yevro evaziga qo‘lga kiritish mumkin deb hisoblamoqda. Katta ehtimol bilan yanvar oyidagi transfer bozorida uning bozori chaqqon bo‘ladi.

Joshua Zirkze ("Bolonya", 22 yosh)

22 yoshida Zirkze "Bavariya" bilan ikki karra Germaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. Ammo muammo shundaki, u Myunxen klubida kam o‘ynadi. "Bavariya"dan ketganidan so‘ng yosh hujumchi "Parma"da omadsiz mavsum o‘tkazdi, shundan so‘ng "Anderlext"da 38 o‘yinda 16 ta gol urdi. Bu jamoalarda u ijara asosida o‘ynadi. 2022 yilning yozida niderlandiyalik futbolchi doimiy ravishda "Bolonya"ga ko‘chib o‘tdi va u yerda Tyago Motta boshchiligida rivojlanishda davom etmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Zirkze "Inter"ga ketgan Marko Arnautovichning o‘rnini muvaffaqiyatli egalladi va A Seriyaning eng yaxshi to‘purarlari uchligi orasida turibdi. U Jiru va Lautaro Martinesdan keyin ikkinchi o‘rinda.

Edoardo Bove ("Roma", 21 yosh)

Yosh futbolchilar uchun Joze Mourinyoni hayratda qoldirish oson emas. Ammo Bove buni qildi. "Roma" bitiruvchisini asosiy tarkibga aynan Mourinyo "tortdi". Boz ustiga, mutaxassis hatto omma oldida 21 yoshli yarim himoyachini maqtagan, bu ko‘p narsadan darak beradi. Bove hali asosiy tarkibning muqim futbolchisi emas, lekin u bu maqomga yaqinlashmoqda. A Seriyaning joriy mavsumida italiyalik futbolchi 15 ta o‘yinning 8 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi - bu yaxshi ko‘rsatkich. U tobora ko‘proq o‘ynash vaqti va Mourinyodan borgan sari o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirmoqda. Joze mavsum oxirida rimliklarni tark etgan taqdirda ham, Boveda yanada rivojlanish uchun poydevor bo‘ladi.

Morten Frendrup ("Jenoa", 22 yosh)

2022 yilning yanvar oyida Frendrup Daniyaning "Brondbyu" jamoasidan Genuyaga ko‘chib o‘tdi va 6 oy ichida yangi jamoasi bilan B Seriyaga tushib ketdi. Futbolchi quyi ligaga tushishdan qo‘rqmadi va jamoaning elitaga qaytishiga yordam berdi, buning uchun u asosiy tarkibdagi joy bilan taqdirlandi. Daniyalik futbolchi hozirda "Jenoa" uchun muhim futbolchi. Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi - bu B Seriyadagi butun mavsumdagidan ko‘proq. Frendrupning sa’y-harakatlari e’tibordan chetda qolmaydi. Uning xizmatlariga Angliyaning bir qancha klublari, jumladan, "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Agar yarim himoyachi o‘zini ishonchli o‘ynashda davom etsa, u yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.

Fabio Miretti ("Yuventus", 20 yosh)

Yosh futbolchilarning "Yuventus" tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi qiyin, jumladan, bitiruvchilar ham. Ayniqsa, yarim himoyada vaziyat qiyin, bu yerda "byankonerlar" har doim o‘yinchilarning keng tanloviga ega bo‘lgan. Ammo Miretti harakat qilmoqda. Turin klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgani uchun uning boshqa iloji yo‘q. Italiyalik futbolchi uchinchi mavsumdirki "Yuventus"ning asosiy jamoasi o‘yinlarida ishtirok etmoqda. 20 yoshli yarim himoyachi ba’zida munosib ko‘rinadi, garchi u hali ham maydondagi o‘rin uchun kurashish qiyin bo‘lsa-da. Pol Pogba va Nikolo Fadjolining diskvalifikasiyasi Fabioning ishini biroz osonlashtiradi. Hozir u nafaqat "byankonerlar" tarkibida yuqori darajaga qaytmoqda, balki jamoadagi o‘rnini mustahkamlamoqda ham.

Jorjo Skalvini ("Atalanta", 20 yosh)

Skalvini 2015 yildan beri "Atalanta" tizimida o‘ynab kelmoqda, biroq asosiy jamoadagi uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, har yili u ko‘proq o‘yin vaqti va o‘ziga bo‘lgan ishonchga ega bo‘ladi. Endi 20 yoshli markaziy himoyachi bergamoliklar safida asosiy tarkibda o‘ynamoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Skalvini Tuttosport talqini bo‘yicha eng yaxshi yosh italiyalik futbolchi deb topildi. Unga ko‘plab top-klublar, jumladan, "Yuventus", "Bavariya" va "Manchester Siti" qiziqmoqda. Jorjoning juda yorqin istiqbollari bor. Kim biladi, balki u kelajakda Bonuchchi yoki Kyellinining o‘rnini bosar.

Kiritildi: 18:39, 16.12.2023. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик