Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yo‘l-yo‘l libos yoqqani uchun “Real”ni emas, “Barselona”ni tanlagan va katalonlar afsonasiga aylangan Ladislav Kubala haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ladislav Kubalaning hayot yo‘liga nazar solsangiz, Remarkning navbatdagi asarini o‘qiyotgandek taassurot olasiz. Sharqiy Yevropadagi kambag‘al oiladan chiqqan, muvaffaqiyatga erishish uchun juda qiyin yo‘lni bosib o‘tgan bolakay hikoyasi.

Laslo (tug‘ilgandagi ismi) Kubala 1927 yil 10 iyunda Budapesht yaqinida ishchilar oilasida dunyoga kelgan.

Kubala o‘zining futbol yo‘lini Vengriyaning “Ganz Torna” jamoasida boshlagan. O‘sha paytlar eng qiyin davr edi: birinchi jahon urushidan qolgan asoratlar, ikkinchi jahon urushi boshlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar. Laslo nafaqat futbol o‘ynashi, balki juda ko‘p ishlashi ham kerak edi. Bu qiyinchiliklar uning xarakteriga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi.

1945 yilda Kubala o‘sha paytda eng kuchli jamoalardan biri — “Ferensvarosh” bilan shartnoma imzoladi. Laslo u yerda uzoq qolmadi, lekin ushbu jamoada o‘ynagani sababli Vengriya yoshlar terma jamoasidan chaqiruv oladi.

1946 yilda Kubalaning otasi vafot etadi va u oila boshiga aylanadi. Qiyinchilik sabab oila qadimiy ajdodlari vatani bo‘lmish Chexoslovakiyaga qaytishga qaror qiladi. Laslo u yerda Ladislav ismini oladi. Chexoslovakiyaning Bratislava shahriga joylashgan mahalliy jamoa bilan kelishuvga erishadi. 1946 yil 27-oktyabrda Chexoslovakiya terma jamoasida debyutini o‘tkazadi. Avstriyaga qarshi dastlabki uchrashuvidayoq Kubala o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yadi. Chexoslovakiya o‘sha o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozonadi.

1947 yilda esa Ladislav bosh murabbiyning qiziga uylanadi va turmush o‘rtog‘i bilan 3 farzandni voyaga yetkazadi.

Kubala Bratislavada uzoq qolmadi. Tez orada Vengriya o‘z yerlaridan chiqib ketgan qochoqlarni ortga qaytara boshlaydi. Kubala ham oilasi bilan Vengriyaga qaytishga majbur bo‘ladi.  Budapesht shahrining “Vashash” jamoasi Ladislavni o‘z safiga qo‘shib oladi. Vengriya terma jamoasi Kubala boshqa terma jamoada ishtirok etgan bo‘lsa-da, ikkinchi terma jamoa sifatida uni qaydnomaga kirita boshladi. Bu esa uzoq davom etmadi. Futbolchi Chexoslovakiyaga josuslik qilishda gumonlanib, kuzatuv ostiga olindi. Kuzatuvlarning oxiri Kubalaning Vengriya armiyasiga chaqirilishi bilan tugaydi. Futbolchi armiyada xizmat qilishni istamasdi va ikkinchi marta mamlakatni tark etdi. 1949 yil yanvar oyida Kubala oilasi bilan Venadan qochib ketadi. Mana shu yerda uning hayoti Remark kitoblaridek kechayotgandi. Italiyaning eng kuchli jamoalaridan biri “Torino” futbolchiga taklif bilan chiqdi. Bundan Vengriya futbol federasiyasi xabar topadi va Kubalani umrbod futboldan chetlatishni so‘rab FIFAga shikoyat qiladi. “Torino” vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qila boshladi. Kubala klubning rasmiy o‘yinlarida ishtirok eta olmasdi. Turin jamoasi Ladislavni 1949 yilgi Lissabondagi “Benfika”ga qarshi o‘yinga taklif qiladi. O‘sha paytda Kubala endigina farzandli bo‘lgandi va turmush o‘rtog‘i uni Portugaliyaga bormaslikka ko‘ndiradi. Futbolchi turinliklar bilan birga parvoz qilmaydi. “Torino”ning Lissabonga sayohatining yakuni qanday bo‘lganini ashaddiy futbol muxlislari bilisa kerak. “Torino” Lissabonda “Benfika” mehmoni bo‘ladi. 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan turinliklar ortga qaytishda aviahalokat natijasida foijaviy tarzda halok bo‘ladi. Kubala turmush o‘rtog‘ining iltimosiga ko‘ra uyda qoladi va o‘sha samolyotga chiqmaydi.

Ladislav uzoq vaqt tushkunlikda yashaydi. U birorta rasmiy o‘yinda ishtirok etolmasdi, lekin oilasini boqish uchun pul kerak. Kubala shunda shaxsiy futbol klubini tashkil qilishga qaror qiladi. Jamoaga Sharqiy Yevropadan kelgan qochoqlarni taklif etadi. Tarkibning asosiy qismini vengerlar va yugoslavlar tashkil etardi. Oxirgi pullariga jamoa uchun avtobus sotib oladi va Yevropa bo‘ylab sayohatga otlanadi. “Hungariya” (Kubala jamoasini shunday atagan) Avstriya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynaydi va Italiyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. Shundan so‘ng Ispaniyaga yo‘l oladi.

Qanday joyga borib qolayotganimizni sezayotgan bo‘lsangiz kerak.

Muxlislar bilan to‘lgan Sevilya stadionida Kubala jamoasi Ispaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Ladislavning o‘zi o‘sha o‘yinda jarima zarbasidan gol uradi. Kubala ispan grandlari nazariga tushadi. “Real” va “Barselona”dan tushgan takliflar ichidan kataloniyaliklarni tanlaydi. “Nega?” degan savolga yo‘l-yo‘l libos yoqishini aytib o‘tadi.

1950 yilda Kubala Ispaniya fuqaroligini oladi. Ismini Ladislaoga o‘zgartiradi. “Barselona” skautlar rahbari Pep Samiter FIFA ofisiga boradi va futbolchining rasmiy o‘yinlarda qatnashish huquqini qaytarish uchun muzokara o‘tkazadi.

Soatlab davom etgan suhbatdan so‘ng FIFA futbolchining diskvalifikasiyasini 1 yilga qisqartirib beradi va “Barselona”ga shart qo‘yadi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar Vengriya futbol federasiyasiga va “Pro Patrii” jamoasiga (Kubala “Torino”dagi omadsizlikdan so‘ng shu jamoa bilan shartnoma imzolagan edi) pul to‘lab berishi lozim edi.

Kubalaning Kataloniya jamoasidagi ilk ustozi Ferdinand Dauchik bo‘ldi. Dauchik boshchiligida klub 2 marta La Liga va 1 marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Kubala “Barselona” muxlislarining yoqimtoy futbolchisiga aylandi. Uning o‘yinini yana ko‘proq muxlis ko‘rishi uchun kataloniyaliklar yangi stadion qurishni rejalashtiradi. O‘sha stadion dunyoga mashhur “Kamp Nou” edi.

Kubala Kataloniyadagi dastlabki to‘liq mavsumida 19 o‘yinda maydonga tushadi va 26 ta gol urdi. Ulardan 7 tasini bitta o‘yinda “Sporting Xixong” darvozasiga uradi.

Madridda esa boshqa bir vengriyalik futbolchi Ferens Pushkash yetakchiligida super klub tuzilayotgandi. “Barselona” esa bunga ko‘z yumib keta olmasdi. Yangi murabbiy Elenio Errera futbolchilarga alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlab qo‘ydi. Kubala alkogol mahsulotlarini ko‘p ichardi, lekin rahbariyatning so‘zini ikki qilmadi.

Keyingi mavsum og‘ir kechadi. Futbolchi sil sabab juda kam o‘yinda maydonga tusha olmaydi, tuzalganidan keyin esa u jamoasining chempionat, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritishiga yordam bergandi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Kubala “Barselona” murabbiyiga aylanadi. Lekin futbolchilikni qo‘msayverdi. Shuning uchun “Espanyol” jamoasiga o‘ynovchi murabbiy bo‘lib o‘tib ketadi. U yerda Alfred o di Stefano bilan birgalikda to‘p suradi.

Umrining oxirgi yillarida Kubala Parkinson kasalligiga chalinadi. 2002 yil 12 fevralda Barselonadagi shifoxonaga yotqizilgan Ladislav 2002 yil 17 mayda vafot etdi.

1999 yilda “Barselona” o‘zining 100 yilligini nishonladi va muxlislar o‘rtasida “jamoaning eng yaxshi futbolchisi” kimligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Ladislav Kubala eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Futbol tarixidagi afsonaviy futbolchilardan birining hayot yo‘li shunday kechgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:01, 01.01.2024. O'qildi: 4348 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик