Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappedan Grinvudgacha yoxud barcha kutayotgan transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yanvar - transferlar vaqti. Yevropa klublari mavsumning birinchi qismida yuzaga kelgan muammolarni yangi o‘yinchilar taklif qilish orqali hal qilishmoqda. Yoki ular yozda bo‘ladigan bitimlar bo‘yicha kelishib olishmoqda. Quyida barchaning e’tiborini tortayotgan transferlar bilan tanishamiz.

Meyson Grinvud: Manchester Yunayted → Barselona/Atletiko Madrid

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi sevgan qizini kaltaklash ishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli bir yarim yilni maydondan tashqarida o‘tkazib yubordi. Natijada sud jinoiy ishni tugatdi va Meyson futbolga qaytdi. Ammo Grinvudning shubhali harakatlari tufayli uni "Manchester Yunayted"da saqlab qolishmadi va "Xetafe"ga ijaraga yuborishdi. Ispaniyada angliyalik o‘zini zo‘r ekanligini ko‘rsatmoqda: 16 uchrashuvda beshta gol va to‘rtta golli uzatma. Grinvudga bir vaqtning o‘zida ikkita ispan giganti - "Barsa" va "Atletiko Madrid" qiziqish bildirgan. Kataloniyaliklar forvard uchun 46 million yevro berishga tayyor.

Kilian Mbappe: PSJ → Real Madrid

Yozgacha hal qilinishi kerak bo‘lgan transfer dostoni. Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Kilian allaqachon boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, "Real Madrid" kelishuvga erishish uchun so‘nggi urinishni amalga oshiradi. Futbolchi va klub yanvar oyidayoq shartnoma imzolashlari mumkin. Agar Mbappe rad etsa, "Real" "PSJ" forvardi variantiga boshqa qaytmaydi.

Rafael Varan: Manchester Yunayted → Al Ittihod/An-Nasr

2018 yilgi jahon chempioni va "Real" bilan to‘rt karra Chempionlar ligasi g‘olibi hech qachon "Manchester Yunayted"ning yetakchisiga aylana olmadi. Fransuz Erik ten Xag bilan hali ham kelishmovchiliklarga ega. Varan Premyer-ligani tark etishga qarshi emas. Himoyachilardagi jarohatlar tufayli "Real" Rafaelni qaytarish variantini ko‘rib chiqdi, ammo bu amalga oshish ehtimoli juda past. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Varanga Saudiyaning "Al-Ittihod" va "An-Nasr" klublari qiziqish bildirmoqda. Ikkala jamoada ham fransiyalik futbolchining "Real Madrid"dagi sobiq sheriklari harakat qiladi - Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu. Varan kim bilan yana birga o‘ynaydi?

Jeydon Sancho: Manchester Yunayted → Borussiya D

"Manchester Yunayted" vinger Jeydon Sanchoni Dortmundning "Borussiya"siga ijaraga yuboradi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano. 2021 yilda mankunianliklar futbolchini Dortmund klubidan sotib olishgan. "Borussiya" "Manchester Yunayted"ga 3 million yevro to‘laydi va futbolchining maoshini ham ko‘taradi. Bitim yakuniy bosqichda. Dortmundliklar futbolchining tezroq jamoaga qo‘shilishini istamoqda. Sancho 2023 yil avgust oyi oxirida jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan janjallashgach, "Manchester Yunayted" tarkibi va qaydnomasiga kiritilmagan.

Konor Gallaxer: Chelsi → Tottenxem

"Chelsi" tarbiyalanuvchisi klubni tark etadimi? Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, yarim himoyachiga asosiy da’vogar "Tottenxem". "Chelsi" Gallaxerni asosiy raqiblaridan biriga sotishga tayyor, biroq uning uchun kerakli miqdorni to‘lash sharti bilan. "Ko‘klar" 23 yoshli futbolchini 50-55 million yevroga baholamoqda. Ayni paytda futbolchining o‘zi ham klubda qolishni istayapti shekilli, murabbiy esa uni qo‘yib yuborishni istamayapti. Lekin hammasi rahbariyatga bog‘liq.

Leonardo Bonuchchi: Union → Jenoa

"Yuventus" afsonasi 2023 yilning yozida Germaniya klubiga o‘tdi. "Union" Berlin Chempionlar ligasiga chiqdi va kuchli himoyachi bilan shartnoma imzoladi. Biroq Bonuchchi yakunda jamoani kuchaytira olmadi. "Union" yevrokuboklarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Bundesligada jamoa 15-o‘rinni egallab turibdi. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 10ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Bonuchchi A Seriyaga qaytishga yaqin turibdi. Asosiy da’vogar - "Jenoa". Leonardo Italiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2024ga chiqish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.

Kelvin Fillips: Manchester Siti → Nyukasl

Angliyalik yarim himoyachi 2022 yilning yozida 49 million yevro evaziga "Lids"dan "Manchester Siti"ga o‘tdi. Ammo Fillips hech qachon "shaharliklar"ning muhim o‘yinchisi bo‘la olmadi va kamdan-kam hollarda maydonga tushdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, "Nyukasl" yarim himoyachini ijaraga olmoqchi. "Qarg‘alar" shartnomani iloji boricha tezroq yakunlamoqchi, chunki Fillips uchun yana bir qancha klublar da’vogarlik qilmoqda: "Yuventus", "PSJ", "Everton" va "Kristal Pelas". "Nyukasl" ko‘p sonli jarohatlar tufayli kadrlar tanqisligini boshdan kechirmoqda, shuning uchun ingliz futbolchisi albatta yangi jamoada o‘yin vaqtini oladi. Barcha tomonlar uchun yaxshi shartnoma.

Artyom Dovbik: Jirona → Barselona/Atletiko Madrid

"Barselona" va "Atletiko Madrid" nafaqat Meyson Grinvud uchun kurashadi. Jamoalar e’tiborini shov-shuv ko‘tarayotgan "Jirona" hujumchisiga qaratdi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, Artyom Dovbikga kataloniyaliklar va madridliklar qiziqmoqda. 26 yoshli ukrainalik futbolchi uchun nomi oshkor etilmagan Premyer-liga klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Joriy mavsumda Dovbik “Jirona” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Kataloniyaliklar esa "Real" bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. To‘g‘ri, Artyom joriy mavsum yangi klubida o‘ynay olmaydi - u allaqachon ikki jamoada o‘ynagan. Shunday qilib, agar o‘tish hozir kelishilsa ham, u faqat yozda amalga oshiriladi.

Seru Girassi: Shtutgart → Bavariya/Manchester Yunayted

"Bavariya" Xarri Keyn uchun hujum chizig‘ida sherik qidirmoqda. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, myunxenliklar “Shtutgart” hujumchisi Seru Girassiga qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Kelishuv qishda ham, yozda ham, Girassini 20 million yevroga sotib olish varianti faollashganda amalga oshishi mumkin. Joriy mavsumda 27 yoshli Seru Bundesligada 14ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi! "Shtutgart" hujumchisi Germaniya chempionatining ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi. Faqat uning yangi klubidagi sherigi bo‘lishi kutilayotgan Keyn (21) undan ko‘p gol urdi. Ayni vaqtda hujumchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, jamoada bir nechta variant bor - Girassidan tashqari, klub Timo Verner va Tomas Myullerga ham e’tibor qaratmoqda.

Jan-Kler Todibo: Nissa → Chelsi/Tottenxem/Manchester Yunayted

Ilgari "Barselona"ga tegishli bo‘lgan "Nissa" himoyachisiga Premyer-liganing top klublari qiziqish bildirmoqda. Footmercato xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari sotib olmoqchi. "Ko‘klar" Todibo bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan va himoyachini yanvarda sotib olmoqchi. "Tottenxem" esa ijara taklifi bilan chiqqan. Futbolchi "shporlar" loyihasiga qiziqish bildirmoqda, ammo klublar kelishuvga erisha olishmayapti. "Manchester Yunayted" vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Todibo qayerda paydo bo‘lishi noma’lum.

Abduburxon tarjimasi

Manba: Championat.com
Kiritildi: 22:23, 04.01.2024. O'qildi: 4337 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик