Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Masharipov: «Kamida kuchli to‘rttalikka kirishimiz kerak»

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Guruh bahslari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Jaloliddin Masharipov Suriyaga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Osiyo kubogida ikkinchi marotaba ishtirok etayotganimdan juda xursandman. Umid qilamizki bu yerda yaxshi natijalar qayd etamiz. O‘zbekistondan anchagina muxlislar bu yerga bizni qo‘llab-quvvatlagani yetib keldi.

Oldigi Osiyo kubogidagi terma jamoa tarkibidan Eldorning jarohati sabab hozirda faqat ikki kishi qoldik. Hozirgi terma jamoamizda avvalgisiga qaraganda ko‘proq o‘yin uslubi va ishonch bor. Oldigi termadagi futbolchilarda nomlar bizdan yaxshiroq bo‘lishi mumkin, lekin hozir bizda birdamlik kuchliroq.

Osiyo kubogidagi birinchi ishtirokim ham yomon bo‘lmagandi, guruhdan chiqqanimizdan so‘ng pley-offda Avstraliyaga mag‘lub bo‘lgandik. O‘ylaymanki, hozir bizda juda yaxshi terma shakllangan. Buni Eronga qarshi JCH saralash o‘yinida ko‘rsatdik. Bu turnir biz va muxlislarimiz uchun juda omadli o‘tishini kutyapman. Barchada ishonch yuqori, kamida kuchli to‘rttalikka kirishimiz kerak.

Oldin terma jamoada bir yoki ikkita lider bo‘lardi. Qiyin uchrashuvlarda ularning o‘yini chiqmasa, yutqazib qo‘yardik. Hozir boshqacha, ba’zida bizda asosiy tarkibda tushgan futbolchidan ko‘ra zaxirdan tushgan o‘yinchi ko‘proq samarali harakat qilgandek ko‘rinadi. Bu degani hozirgi terma juda yaxshi shakllanganidan xabar beradi. Hozir biz o‘zimizdagi kuchli ishonch tufayli ham yutib ketamiz deb o‘ylayman.

Osiyo kubogida ilk bor ishtirok etadigan bir qancha futbolchilar allaqachon katta o‘yinlarda maydonga tushish tajribasiga ega. O‘ylaymanki, bu debyut yosh futbolchilarimizga qiyin bo‘lmaydi deb umid qilaman", - deb fikrini yakunladi Masharipov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:50, 12.01.2024. O'qildi: 2876 marta. Fikrlar: 34 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик