Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Reyting: Huriliqolar va Viktoriya!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Viktoriya iborasi g‘alaba ma’nosini anglatishi ko‘pchilikka ma’lum, albatta.

Qarangki, Devid Bekxemning hamxonasi - Viktoriya Adams ko‘p jihatlarda aynan g‘oliblar qatorida. Deylik, mashhur Spice Girl guruhining sobiq xonandasi hozir ham futbol olami mashhurlarining eng badavlat juftlari reytingini boshqarib bormoqda. Britaniyalik xonimning umumiy boyligi 55 million funtga baholanmoqda. Viktoriyaning eng yaqin ta’qibchilari - Pilar Rubio (47 mln. funt) va Anna Levandovska (36 mln. funt).

№ 1. Viktoriya BEKXEM (Devid Bekxem hamxonasi) - 55 million funt sterling. Vaqtida mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan Spice Girl rok-guruhi sobiq xonandasi o‘tgan asrning 90-yillaridayoq millionlab shinavandalar qalbini zabt etgandi. Hozirda Viktoriya xonim biznes yo‘nalishida muvaffaqiyat bilan odimlamoqda. U shaxsiy kiyim-kechaklar brendi sohibasidir.

№ 2. Pilar RUBIO (Serxio Ramos hamxonasi) - 47 million funt sterling. Ispaniyalik taniqli teleboshlovchi. Pilar xonim o‘z mamlakatida ichki kiyimlar brendlari modeli sifatida ham boylik orttirgan. Ispaniya reklama bozorida Serxio Ramosning rafiqasiga hamon talaba katta. 

№ 3. Anna LEVANDOVSKA (Robert Levandovski hamxonasi) - 36 million funt sterling. Polshalik go‘zal xonim karate bilan shug‘ullanib, milliy va jahon miqyosida ko‘p karra chempionlikka erishgan. Lekin Robert Levandovski umr yo‘ldoshining asosiy daromad manbai - Foods by Ann brendi. Aniqroq aytsak, u sog‘lom yengil taomlar va parhez mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Anna yana bu yo‘nalishlarda pullik kurslarni ham yo‘lga qo‘ygan.

№ 4. Ann-Katrin GYOTSE (Mario Gyotse hamxonasi) - 28 million funt sterling. «Germaniya top-modellari» tanlovining ishtirokchisi. Ann-Ketrin bunda eng yaxshi 50 nafar model reytingiga kirgan. Qolaversa, Mario Gyotsening tanlagani GQ va FHM kabi jurnallar muqovasini zabt etgan. Xonim asosan kosmetika mahsulotlarini reklama qiladi.

№ 5. Antonella ROKUSSO (Lionel Messi hamxonasi) - 16 million funt sterling. Adidas, Alo Yoga va Ricky Sarkany kabi yirik brendlar bilan shaxsiy shart­nomaga ega xonim. Lionel Messi qalbining sohibasi shuningdek, UNICEF elchisi hisoblanadi. Antonella xayriya ishlarida ham faol. 

№ 6. Kolin RUNI (Ueyn Runi hamxonasi) - 15 million funt sterling. Ueyn Runi bilan sevgi qissasi tufayli juda erta tanilgan xonim. Kolin jumladan, Disney uchun suratga olingan The Real Wagatha Story filmida o‘z tarixini batafsil bayon etish ortidan katta gonorar olgan. U vaqtida jurnallarda ham alohida rukn yuritgan va fitnes-mashg‘ulotlar to‘plami yozilgan DVD disklar sotuvidan binoyidek pul ishlagan.

№ 7. Ana IVANOVICH (Bas­tian Shvaynshtayger hamxonasi) - 13 million funt sterling. 2008 yili jahonning birinchi raqamli raketkasi maqomiga erishgan professional tennischi. Ana Ivanovich aynan o‘sha yili Roland Garros turnirida g‘olib chiqqan. Keyinchalik Bastian Shvaynshtayger bilan turmush qurgan xonimning boyligida tennis turnirlari sov­rin jamg‘armasi ulushi katta.

№ 8. Jorjina RODRIGES (Krishtianu Ronaldu hamxonasi) - 9 million funt sterling. Ijtimoiy tarmoqlar qirolichasi. Har holda, Krishtianu Ronalduning mahbubasi naq 53 million obunachiga ega. Rodriges xonimning boyligi Netflix tomonidan yo‘lga qo‘yilgan  «Men - Jorjina» shousi tufayli oshib ketgan. U yana Guess brendi reklama kampaniyasining faol ijrochisidir.

№ 9. Perri EDVARDS (Aleks Oksleyd-CHemberlen hamxonasi) - 7 million funt sterling. Pop-yulduz. Perri - Little Mix guruhi xonandasi. Gap barcha platformalarda 15 milliarddan ortiq ting­lov to‘plagan ijodiy «banda» haqida ketmoqda. Umuman, Little Mix albomlari jahonda eng ko‘p sotilgan ayollar guruhlari qatorida.

№ 10. Rebekka VARDI (Jeymi Vardi hamxonasi) - 3 million funt sterling. «Lester»ning shov-shuvli chempionlik marrasida katta rol o‘ynagan Jeymi Vardining turmush o‘rtog‘i «kamtarona» jamg‘armasini asta-sekinlik bilan to‘plagan. Misol uchun, 2017 yili «Men mashhurman» realiti-shousida suratga tushgan Rebekka xonim orada biroz tanaffus olgan. U faqat 2021 yilga kelib, yana katta sahnada ko‘rinish berdi - bu safar «Muz ustida raqs» shousida.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:53, 16.01.2024. O'qildi: 3644 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик