Italiya chempionatining 21-turi doirasida «Milan» safarda «Udineze» klubi mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi.
Bahsnin 31-daqiqasida "rossoneri" Loftus-CHik tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar muvozanatni tiklashdi.
62-daqiqada esa "Udineze" oldingi o‘tib oldi. "Milan" so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasi tomon bosimni kuchaytirib, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Yovich 83-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Okafor g‘alaba to‘pini kiritdi.
"Milan" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 45 taga yetkazib, o‘zi egallab turgan 3-pog‘onani mustahkamladi.