Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • 6:0
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:3
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • 3:2
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • AFC U-23
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • 0:4
      • Yaponiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 21 51
2 Barselona 20 49
3 Atletiko 20 41
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Osasuna 21 25
9 Elche 21 24
10 Real Sosyedad 20 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Rayo Valyekano 21 22
16 Malyorka 20 21
17 Xetafe 20 21
18 Alaves 20 19
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maosh miqdori – 1 yevro

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

yoxud Kalinichning Qadrdon klubi - «Xayduk»ka go‘zal munosabati

Xorvatiya futbolidan ta’sirli voqea: mamlakat milliy jamoasi sobiq hujumchisi Nikola Kalinich 6 oydan ke­yin «Xayduk» safiga qaytdi. Diqqat qiling, 35 yoshli faxriy oyiga atigi 1 yevro miqdorida maosh oladi. Ha, bunda nechtadir «0» tushirib qoldirilmadi. Kalinich aynan 1 yevrolik ramziy maoshga rozi bo‘ldi. Vaholanki, u yarim yilcha avval qadrdon klubi rahbariyati bilan maosh masalasida kelisholmay, shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgandi. Endi esa... «Faoliyatim mobaynida eng oson kelishuvga erishdik», - deya xursandligini yashirmadi xorvatiyalik faxriy shartnoma ostiga imzo chekkanidan so‘ng. «Nikola bitta maqsad bilan qaytdi. U «Xayduk»ka chempionlik kurashida yordam bermoqchi» - bunisi Split klubi prezidenti Mindaugas Nikolisius izohi.

«Xayduk» Xorvatiyada birinchi, «Dinamo»chi?

Chindan ham, Nikola Kalinich «Xayduk»ka imkon qadar yordam berishi kerak, har holda, klub uzoq yillardan buyon ilk marta chempion bo‘lish uchun yaxshigina imkoniyat hosil qilib turibdi. O‘zi Zagreb «Dinamo»si xorvat ligasi bosh sovriniga asosiy da’vogar emasligiga ishonish ham qiyin. Ayni payt turnir jadvalining yuqorisida «Xayduk» bormoqda. Eng yaqin ta’qibchi «Riye­ka» esa naq 6 ochkolik farq bilan orqada. To‘g‘ri, chempionat masofasining yarmi hali oldinda. Aytish o‘rinli, «Xayduk»ning oxirgi chempionlik tantanasiga naq 19 yil bo‘ldi. O‘sha vaqt jamoa tarkibida Niko Kranchar kabi futbolchilar to‘p surishgandi. Zagreb «Dinamo»si esa hozircha atigi 3-o‘rinda. Xorvatiya futbolida chinakam gegemoniya o‘rnatgan bu jamoaning oxirgi 18ta mavsumdan 17tasida «oltin» yutganini hisobga olsak, «Xayduk» ayni imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanishi shart. Tarixga nazar solsak, zagrebliklar 2016|2017 yillar mavsumi bosh sovrinni «RiYE-ka»ga berib qo‘yishganidan keyin yana chempionlik relsiga tushib olishdi. Umuman, «Dinamo»ning g‘olibona yurishi Kalinich kattalar futbolida debyutini nishonlagan mavsum boshlangan edi. Xullas, Nikolaning butun faoliyati davomida poytaxt klubi gegemoniyasi tom ma’noda davom etmoqda, hisob. To‘g‘ri, «Dinamo» o‘tgan yil yozgi bozordagi sotuvlar partiyasidan keyin vajohatini biroz yo‘qotdi. Poytaxtliklar jumladan, darvozabon Dominik Livakovichni «Fenerbaxche», himoyachi Yosip Shutaloni «Ayaks», vinger Luka Ivanushesni esa «Feyenoord»ga pullashdi. Boz ustiga, mavsum boshlanishi arafasida jamoa bosh murabbiyi ham o‘zgardi: Saudiya Arabistonining «Ash-SHabab» klubi tomonidan «pul vasvasasiga solingan» Igor Bishchan o‘rnida Sergey Yakirovich ish boshladi.

Kalinich xarakterli, u JCH-2018 medalidan bosh tortgandi...

Nikola Kalinich Xorvatiya milliy jamoasining 50ta o‘yi­nida ishtirok etgan. U yoshligidan mamlakat futbolining kelajak umidi sanalgan. Deylik, «Valensiya» va «Sevilya» kabi klublardan taklif olgan vaqti Nikola hali voyaga ham yetmagandi. Iqtidorli yigit shunga qaramay, ispan klublari bilan aloqa o‘rnatadi, tabiiyki, bu ishi «Xayduk»ni g‘azablantiradi. Yakunda xorvatiyaliklar sudga murojaat qilish asnosida yosh hujumchiga qaratilgan «ov»ni to‘xtatib qolishadi. Kalinich shu tariqa 19 yoshida «Xayduk»ning boshlan­g‘ich tarkibilan joy oladi va 2009 yili 7 million yevro evaziga «Blekbern» (Angliya)ga o‘tadi. O‘z o‘rnida ma’lumot: Nikola ushbu klub tarixidagi uchinchi qimmatbaho futbolchidir. Blekbernliklar faqat Nikola Vlashich uchun «Everton»ga ko‘proq (10,8 million) to‘lashgan. Ular shuningdek, 2025 yilning yozida Luka Vushkovich uchun «Tottenxem»ga 13,8 million yevro berish borasida kelishib olishgan - bo‘lajak transfer. Kalinichga qaytsak, iste’dodli hujumchi Angliyada o‘zini ko‘rsatolmadi - 2 yil davomida atigi 7ta gol. 2011 yilga kelib, Nikola «Dnepr» safiga qo‘shildi va bu jamoada Yevgeniy Konoplyanka qatori asosiy yulduzlar qatoriga kirdi. 2015 yili esa xorvat Ukrai­nadan ketishni xohladi va fao­liyatini «Fiorentina»da davom ettirdi. Muhimi, Kalinich Italiyada yo‘qolib qolmadi. Har holda, 2 yil davomida 33ta gol to‘pladi. Ushbu mahsuldorligi ortidan 2017 yili «Milan»ga ko‘tarildi. Ammo «rossonerlar» safida xorvatiyalikning ishlari uncha yurishmadi, garchi asosiy tarkibda o‘ynagan bo‘lsada. Boz ustiga, «Milan» rahbariyati transferdan atigi 1 oy o‘tgach, Nikolani sotishga urindi. Gap shundaki, Xitoyning «Guanjou Evergrand» klubi xorvat uchun 45 million yevro taklif qilgandi. Lekin Nikola Osiyoda o‘ynashni istamadi. Klub esa oxirigacha uni ko‘ndirishga harakat qildi. Kalinich yakunda xitoyliklar bilan uchrashib, shart­noma bandlarini muhokama etishga rozi bo‘ldi ham, ammo to‘satdan xastalanib qoldi. Shu tariqa kelishuv amalga oshmadi.

Kalinich faoliyatida yana «Atletiko» «Roma» va «Verona» klublari ham bor. U «matraschilar» bilan hattoki, YELda g‘olib chiqqan. Ammo hujumchining futbol yo‘lidagi asosiy voqelik - bu JCH-2018. Xorvatiya termasi o‘sha mundialda finalga chiqdi, biroq Kalinich guruh bosqichidan so‘ng safdan chetlashtirilgandi. Aniqroq aytsak, futbolchi Nigeriya termasiga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgach, bosh murabbiy Zlatko Dalich undan voz kechib qo‘ya qoldi. 2 oydan so‘ng jamoa futbolchilari Kalinichga ham JCH kumush medalini yuborishga qaror qilishdi, ammo futbolchi bunday marhamatni qabul qilgani yo‘q: «Medal uchun rahmat, lekin Rossiyada o‘ynamadim...». Aytgancha, Nikola va Dalich keyinchalik yarashishdi, ammo hujumchi o‘sha voqeadan buyon terma jamoaga biror marta chaqirilmadi.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:00, 27.01.2024. O'qildi: 2554 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Бетис Kucho Ernandes 8
8 Валенсия Ugo Duro 7
9 Барселона Rafinya 7
10 Атлетико Xulian Alvares 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.