Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Union» haqiqati: YECHLdan Bundesligada jon saqlashgacha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

YECHL guruh bosqichining so‘nggi turida «Union» klubining chexiyalik yarim himoyachisi Aleks Kral 85-daqiqada «Real» darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tiklagandi va...

Va stadiondagi 70 000dan ortiq muxlislarda nufuzli turnirdagi ilk g‘alabaga umid uyg‘ongandi. Biroq Dani Sebalyosning 89-daqiqadagi goli mehmonlar g‘alabasini ta’minladi.

«Olimpiashtadion»ni to‘ldirib o‘tirgan muxlislar sevimli jamoalari 6ta o‘yinda atigi 2 ochko olganidan ranjigan bo‘lsalarda, o‘yinchilar va murabbiylarni tanqid qilmadilar. To‘g‘ri, yevrokuboklar turnirini barvaqt tark etish - futbolning bir bo‘lagi. Lekin u avvalgi mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan va yanada yuksak marralarni ko‘zlayotgan «Union»da qandaydir g‘ayritabiiy o‘zgarishlar yuz berganidan dalolat beradi. Atigi 6 oy avval shiddatli parvozning, jumladan, bosh murabbiy Urs Fisherning to‘satdan g‘oyib bo‘lishi o‘ta ajablanarli hodisa edi. Biroq startdagi 14 o‘yinli g‘alabasiz seriya, qatorasiga 12ta mag‘lubiyat murabbiyning iste’fosi tashqari, jamoa kelajagini ham shubha ostida qoldirgandi.

«Union»ning 2-divizion vakili maqomidan Bundesliganing qudratli jamoasiga aylanishi Fisher bosh qahramon rolini o‘ynagandi. Shveysariya­lik mutaxassis Berlin klubiga aqlli pressing va vertikal hujumga asoslangan o‘ziga xos uslubni singdirgandi. Lekin sentyabrda bo‘y ko‘rsata boshlagan xavotirli pasayish davrida murabbiy jamoaga o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytara olmaydigandek tuyuldi. Ayni pallada Robin Gozens va Leonardo Bonuchchining transferlari «Union»ning ishtahasiga moy quydi. Endi jamoa 5 yil avvalgi autsayderga umuman o‘xshamasdi. Qishda nemis matbuoti sahifalari «Union»ning Iskoga xaridor bo‘lganligi haqidagi xabarlarga to‘lib ketdi. «Real»ning sobiq o‘yinchisi hatto Berlinga uchib kelgan bo‘lsada, tomonlar bir to‘xtamga kela olishmadi. Shunga qaramasdan, «Union» taniqli o‘yinchilar ortidan quvishni davom ettirdi, Bonuchchi, Gozens kabi bir qator o‘yinchilarning kelishi uni 5 yil ichida izzattalab jamoa­lar safiga olib chiqdi. Shu tariqa sharqiy Berlin klubi yangi davrga qadam qo‘ydi.

Biroq yangi bosqichda jamoani navbatdagi yorqin parvoz emas, 2018 yilda boshlangan Fisher davrining ayanchli intihosi qarshi oldi. Noyabr­da murabbiy jamoani tark etgach, ma’lum muddat Raulga umid bog‘lashdi. Biroq «Real» afsonasi yoshlar jamoasida ishlashni afzal ko‘rdi. Berlinliklar esa Nenad Byelisa nomzodiga qiziqishdi.

52 yoshli xorvatiyalik mutaxassis nemis futboli uchun begona emas: 2000-yillarda u 3 mavsum «Kayzerslautern»da to‘p surdi. Murabbiylik faoliyatini esa «Volfsberg» klubida boshlab, ke­yin «Austriya»ni boshqardi. Keyinchalik murabbiy Italiyada «Spesiya», Polshada «Lex» klublarida ishladi. Shundan keyin o‘z vataniga qaytib, Xorvatiyaning eng nufuzli klubi - Zagreb «Dinamo»sini o‘z tasarrufiga oldi. Byelisa poytaxt klubi bilan 2 marta shohsupani zabt etdi. Bundan tashqari, uning «Dinamo»si xalqaro arenada ham risoladagidek o‘yin ko‘rsatdi. Keyinchalik murabbiy Turkiyaning «Trabzonspor» klubini qabul qildi. Lekin 6 oydan keyin jamoani tark etdi.

Byelisa taniqli taktik murabbiylari toifasidan emas, lekin o‘ziga xos uslubdagi malakasi bilan nom qozongan. Xorvatiyalik mutaxassis o‘z shogirdlarining o‘yinga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, yo‘qotib qo‘ygan ishonchlarini qaytara oladi. Fisher faoliyatining oxirgi kunlarida «Union»dan nafaqat taktika bobidagi muammolar, balki futbolchilardagi umidsizlik illatiga qarshi kurashish ham talab etilardi. Hatto jamoaning eng sadoqatli muxlislari ham suyukli jamoalariga turtki bera olmadilar. «Union» natija bobida ham, o‘yin saviyasi bo‘yicha ham o‘ta ayanchli holatga tushib qoldi.

Byelisa jamoa boshqaruvini o‘z izmiga olganidan keyin, undan shogirdlarini «Braga»ga qarshi YECHL guruh bosqichidagi bellashuvga tayyorlash talab etilardi. Boz ustiga, «Union»ning «Bavariya»ga qarshi ichki chempionatdagi uchrashuvi kuchli qor yog‘ishi munosabati bilan kechiktirilgandi. Portugaliya klubi bilan bo‘lgan o‘yinda yangi murabbiy o‘tmishdoshining 3-5-2 taktik sxemasidan voz kechib, 4 nafar himoyachini maydonga tushirdi. Bonuchchi esa zaxira o‘rindig‘idan joy oldi. Tarkibda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramasdan, jamoa mazkur o‘yinda g‘ayrat,shijoat bilan to‘p surdi, deya olmaymiz. Hatto portugaliyaliklar himoyachisi Siku Niakate qizil kartochka olib maydonni tark etgan, Gozens esa gol urib, «Union»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, jamoa ruhiyati ko‘tarilmadi va tanaffusdan keyin jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

Cho‘ka boshlagan jamoani g‘arq bo‘lishdan saqlab qola oladigan xaloskor aynan Byelisa bo‘lishi mumkinligi xususidagi alomat «Union» «Braga»ga qarshi uchrashuvdan qaytib kelganidan bir necha kun keyin yuz berdi. O‘shanda jamoa barcha turnirlardagi 16ta mag‘lubiyatdan keyin ilk bor Menxengladbaxning «Borussiya»sini 3:1 hisobida mahv etgandi. Mazkur uchrashuv hujumchi Benedikt Xollerbax uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan, «Visbaden»­dan oliy divizionga ko‘tarilgan futbolchi ilk golini nishonlagandi.

«Real» bilan jangovar durangga imzo chekish jamoaga ko‘tarinki kayfiyatni hadya etishi aniq edi. Biroq Madrid grandidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin, jamoa bundesliga doirasida «Boxum»ga ham yirik hisobdagi g‘alabani sovg‘a qildi. To‘g‘ri, 16-turda Xollerbax «Kyoln» darvozasiga ham gol urdi, «Union» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va autsayderlar guruhini tark etdi. Biroq berlinliklar mavsumning shu zaylda o‘tishini xayollariga ham keltirishmagandi. Muxlislar va klub mutasaddilari Fisherdan uzoq va samarali faoliyatni kutishgandi. Afsuski, «Union»ning pastga sho‘ng‘ishi elitaga ko‘tarilishga nisbatan juda tez va og‘riqli bo‘ldi. Endi Byelisa oldida tezroq ochkolarni jamg‘arish va xavfli hududdan imkon qadar uzoqlashish vazifasi turibdi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 28.01.2024. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик