Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
      • 05.11.2025 22:45
      • Pafos
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 05.11.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:2
      • Chelsi
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • Elit OCHL
      • 05.11.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Ulsan Xyonde
      • 05.11.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:1
      • Shanghai Shenhua
  • OChL-2
      • 05.11.2025 17:15
      • Istern
      • 0:7
      • Ratchaburi
      • 05.11.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 0:1
      • Gamba Osaka
      • 05.11.2025 18:45
      • Al-Vasl
      • 2:2
      • Al-Muharraq
      • 05.11.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 1:1
      • Al-Ahli Doha
      • 05.11.2025 21:00
      • Xolidiya
      • 0:0
      • Andijon
      • 05.11.2025 21:00
      • Az-Zavra
      • 2:1
      • Istiqlol Dushanbe
      • 05.11.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 4:0
      • Goa
      • 05.11.2025 23:15
      • Al-Vihdat
      • 1:1
      • Istiqlol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9020 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2970 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rekordmayster yana safda!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Zenit» hamda Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat yana o‘z faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

76 yoshli mutaxassis uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Kyurasao milliy terma jamoasi tizginini o‘z qo‘liga oldi.

Advokat odatda, yana qaytib kelish uchun xayrlashadi. Dik bir necha marta o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, keyin ishga qaytishi hech kimni ajablantirmaydi. Aftidan, hissiyotli murabbiy hurmat-ehtirom bilan o‘tadigan xayrlashuvlarni juda xush ko‘radi.

Advokatning Kyurasao terma jamoasidagi murabbiylar shtabidan uning ayrim eski qadrdonlari ham joy oladilar. Jumladan, unga «Zenit»­da assistent bo‘lgan va hozirda ishsiz yurgan 72 yoshli Kor Pot ham.

Niderlandiyalik mutaxassis Kyurasao FFning taklifini qabul qilishga shoshilmadi. Sababi, u yangi ish joyidagi shart-sharoitlar, tashkiliy masalalar holatidan bexabar edi. Biroq federasiyaning yangi texnik direktori Xolid Sinux hammasi talab darajasida ekanligiga murabbiyni ishontirdi.

Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi xususida shunday dedi: «U yerda tashkiliy masalalar bo‘yicha doimiy muammolar mavjud. Mehmonxonalar, samolyotlar, safarlar... Futbolchilar sharoitlar qay darajada ekanligini bilishlari muhim ahamiyatga ega. Bir vaqtlar men Belgiyada bu masalada kelishib olganman. Biroq ularda pul yetarli, Kyurasaoda esa ko‘p emas».

Kyurasao Advokatning murabbiylik faoliyatidagi 8-terma jamoa. Bungacha Dik Rossiya termasidan tashqari, Serbiya, BAA, Janubiy Koreya, Belgiya, Iroq va Niderlandiya (3 marta) terma jamoalarini boshqargan, vatandoshlari bilan Yevro-2004 turnirida bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

Muxlislar auditoriyasiga yaxshi tanish bo‘lmagan Kyurasao terma jamoasi bir qarashda jiddiy emasdek tuyulsada, FIFA reytingida dastlabki yuztalikdan (90) joy olgan. Yevropalik jamoalardan Lyuksemburg (83) va Armaniston (93) uning eng yaqin qo‘shnilari. Xullas, Kyurasaodagilar Advokat tashrifidan avval ham to‘p bilan yaxshi tanish bo‘lishgan. Albatta, Kyurasao hech qachon jahon chempionatlarida ishtirok etmagan, aynan shu topshiriqni JCH-2026 turnirining saralash bosqichida ado etish niderlandiyalik mutaxassis zimmasiga yuklatildi.

Hozircha FIFA tomonidan KONKAKAF uchun ajratilgan mundial yo‘llanmalarining 3tasi o‘z sohiblarini topib ulgurdi. Bular AQSH, Kanada va Meksika - musobaqada mezbon maqomida maydonga tushadigan terma jamoalar. Konfederasiyaning qolgan terma jamoalari saralash bosqichidagi natijalarga ko‘ra 3ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok huquqini beradigan va 2ta pley-off to‘qnashuvida aniqlanadigan yo‘llanmalar uchun kuch sinashadilar.

Kyurasao terma jamoasi uchun saralash bosqichi bellashuvlari shu yilning yozida start oladi. Avval dastlabki guruh bosqichi (5ta jamoa 1 davra - 4ta o‘yin) o‘tkaziladi. Unda 1-2-o‘rinni egallaganlar 2025 yilda hal qiluvchi bosqichga yo‘l oladilar. Unda 8ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda, ikki davrada kuch sinashadilar. O‘z guruhida g‘olib chiqqan 2 jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Kyurasaodagilar bo‘lajak raqiblarini aniqlab beradigan qur’ani kutishmoqda. Lekin asosiy raqobatchilar ma’lum - Panama, Kosta-Rika, Yamayka, Gonduras, Saalvador, Gaiti va Trinidad-Tobago.

Kyurasao oroli futbol olamiga bir qator taniqli o‘yinchilarni yetkazib berdi. Jumladan, PSV, «Ayntraxt» va «Nyukasl» jamoalarida to‘p surgan Yetro Villems, Yurgen Lokadiya (PSV, «Brayton», «Xoffenxaym»), Vurnon Anita («Ayaks») va Taxit Chong («MYU»)larni. To‘g‘ri, bu futbolchilar Niderlandiya terma jamoasida to‘p surishga qaror qilishgandi. Biroq 2021 yilda 32 yoshli Anita terma jamoani o‘zgartirish huquqidan foydalanib, Kyurasao terma jamoasi safiga o‘tdi. Hozirda Vurnon Saudiya Arabistonida «Al-Aruba» klubi sharafini himoya qilmoqda 

O‘tgan yili 30 yoshli Yurgen Lokadiya ham Anitaning tashabbusini takrorlab, vataniga qaytdi. Kyurasao terma jamoasidagi debyutidan ke­yin Xitoyning «Sanchjou Mayti Layons» klubi bilan shartnomaga imzo chekdi. «Transfermarkt» Anitani 300 000 yevroga, Lokadiyani esa 1,2 mln. yevroga baholagan.

Kyurasao terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi - «Birmingem»dagi Juninyo Bakuna. 26 yoshli markaziy himoyachining transfer bahosi 4,5 mln. yevro. Joriy mavsumda Juninyo Chempionshipdagi 26 uchrashuvda 4ta gol va 5ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Umuman, Kyurasao terma jamoasi o‘zagini Niderlandiyaning turli divizionlarida to‘p suradigan futbolchilar tashkil etishgan. Yevropaning boshqa chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar ham bor. Terma jamoaning yulduzi sifatida Juninyoning akasi Lendroni e’tirof etish o‘rinli. 32 yoshli markaziy himoyachi o‘z faoliyatini «Aston Villa», «Reding», «Kardiff Siti» va «Uotford» klublarida o‘tkazgan, hozir Niderlandiya 2-divizionida «Groningen» klubining sardori.

Kyurasao terma jamoasining eng yuksak natijasi - 2017 yilda bo‘lib o‘tgan Karib Kubogi turniri g‘olibligi. O‘shanda jamoa Yamayka terma jamoasini 2:1 hisobida taslim etgandi. Xullas, orol davlati federasiyasining muzeyidan ozmi-ko‘pmi sovrinlarni topish mumkin.

Advokat xuddi Rossiya terma jamoasidagi kabi, Kyurasaoda ham mashhur vatandoshi bo‘lmish Gus Xiddink izidan bormoqda. Orolliklar 2020 yil sentyabrida Xiddinkni terma jamoaga olib kelishgandi. Biroq murabbiy milliy terma jamoa bilan atigi 2ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi: Kuba terma jamoasi 2:0, Sent-Vinsent va Grenada 5:0 hisoblarida mahv etildi. Koronavirus pandemiyasi davrida kasallikka chalingach, Gus orolni tark etdi. 2021 yil mayidan shu paytgacha Kyurasao terma jamoasida 5 marta murabbiy almashdi. Arvokat Kyurasaoda o‘zini uydagidek his etishiga shubha yo‘q. Niderlandiya qirolligi tarkibidagi mustaqil respublika nufuzli sayyohlik yo‘nalishida joylashgan. Dik esa yoqimli muhitni foydali faoliyatga aylantira oladi. Ehtimol, tez orada shu jajji saltanat jamoasini final bosqichiga olib chiqib, uzoq yillik faoliyatida navbatdagi yorqin sahifani ochar.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:19, 02.02.2024. O'qildi: 2200 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.