Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Proliga ishtirokchilari masalasi ko‘rib chiqildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

Assosiasiya hamda Liga rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Proliganing 2024 yilgi mavsumida ishtirok etuvchi klublar masalasi ko‘rib chiqildi. Bunda jamoalarning 2023 yilgi mavsumdagi ishtiroki to‘liq tahil qilindi. Shuningdek, professional futbol klublarining yanvar oyidan boshlangan OFK lisenziyalash jarayoni uchun holati muhokama qilindi.

Sir emaski, Liga 2022 yilgi mavsum yakunida musobaqalar o‘tkazish reglamentini ikki qismga ajratgandi:

•  Superliga va Proliga reglamenti

•  Birinchi liga reglamenti.

Bugunga kelib nafaqat Superliga, balki Proliga klublari ham OFK lisenziyasiga ega chiqa oladi. Rejaga ko‘ra, Superliga va Proliga o‘rtasidagi farq faqatgina U21 jamoasi faoliyati bilangina farqlanishi lozim. Lisenziyalash talablaridan kelib chiqib, Liga Proliganing ayrim jamoalarini so‘nggi ikki mavsumdan buyon musobaqaga shartli ravishda qo‘shib keladi. Biroq mavsum yakunida berilgan imkoniyatdan oqilona foydalana olmagan jamoa Proliga bilan xayrlashadi. Jumladan, 2023 yilgi mavsum oldidan Zomin hamda Yangiyer jamoalari shunday sabab bilan Proligadan tushib qolgandi. Joriy mavsumda «Turon», Navbahor-farm, «Yunired», «G‘ijduvon» jamoalari lisenziyalash talablarini bajara olmadi. Sport printsiplariga ko‘ra Birinchilikni peshqadam sifatida yakunlagan Yangiyer esa xuddi avvalgi mavsumda bo‘lgani kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi va qatorasiga ikkinchi yil ham Proliga ishtirokchilari safiga qo‘shila olmadi.

«Yangiyer quruvchi»

«Yangiyer quruvchi» 2023 yilgi mavsumni Proligada o‘tkazishi lozim edi. Biroq lisenziyalash talablarini o‘z vaqtida bajara olmaganidan kelib chiqib, jamoa Birinchi ligaga tushirildi. Liga qo‘ygan talabga ko‘ra, Yangiyer mavsum davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarini bartaraf etib borishi hamda Proliga uchun munosib ekanligini isbotlashi kerak edi. Ammo «Yangiyer quruvchi» faqatgina sport prinsipiga ko‘ra Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Biroq lisenziyalash talablarini lozim darajada bajara olmadi.

«Birinchi liga reglamenti»ning 9.2, 9.3, 9.4 va 9.5-bandlari bilan tanishib chiqish orqali Yangiyer jamoasining nima sababdan Proligaga qo‘yilmayotganini tushunish mumkin. «Yangiyer quruvchi» jamoasining Proligada ishtirok etishdan birlamchi maqsadi professional futbol klubi maqomiga ega chiqish ekanligi Ligaga ma’lum. Ya’ni, klub ta’sischilari professional futbol klubi uchun berilgan imtiyozdan foydalanishni birlamchi maqsad qilgani holda, futbol infratuzilmasi va faoliyatini belgilangan talablar asosida shakllantirish masalasiga e’tibor qaratmaydi.

Shuningdek, «Yangiyer quruvchi» sobiq futbolchisi Sekuba Diatta oldidagi qarzdorlik oqibatida FIFA tomonidan qo‘yilgan sanksiya yuzasidan hozirga qadar biror amaliy ish amalga oshirmadi. Bu kabi jamoaning Proligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

«G‘ijduvon»

Jamoa 2023 yilgi mavsumni Proligada shartli ravishda o‘tkazishi belgilangan edi. Ammo jamoa lisenziyalash talablarini bajarish ustida ishlamadi. Klub Assosiasiyaning joriy yil 10 yanvar sanasiga qadar barcha qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan qo‘ygan talabiga bepisand munosabatda bo‘ldi hamda Ligaga hech qanday hujjat taqdim etmadi. Shuningdek:

• Liga yuridik organi xulosasiga ko‘ra, «G‘ijduvon» jamoasi ta’sis hujjatlariga o‘zgarish kiritilgan, biroq «Superliga va Proliga reglamenti» talabidan kelib chiqib, Liga bundan xabardor qilinmagan;

• Liga musobaqalar o‘tkazish bo‘limi xulosasiga ko‘ra, «G‘ijduvon» MyLeague onlayn platformasi bilan ishlash va talab etilgan hujjatlarni taqdim etish masalasi bilan hozirga qadar shug‘ullanmagan;

• Liga lisenziyalash bo‘limi xulosasiga ko‘ra, «G‘ijduvon» jamoasi ma’muriy boshqaruv tizimi talabga mutlaqo javob bermaydi;

• Liganing stadionlar bilan ishlash mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, «G‘ijduvon» jamoasi moddiy-texnik bazani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratmagan va jamoaning bu borada bir necha yillik rejasi mavjud emas.

«G‘ijduvon» bilan bog‘liq e’tiborga molik yana bir masala mavjud bo‘lib, Liga barcha tafsilotlar to‘liq o‘rganib chiqilguniga qadar bu haqda ma’lumot taqdim etmaydi. Yuqorida sanalgan holatlarning o‘zi jamoaning Proligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarlicha hisoblanadi.

«Yunired»

«Yunired» jamoasi bolalar futboliga e’tibor qaratayotgani, o‘z futbol maktabiga ega ekani, futbol maktabi uchun sun’iy qoplamali maydon barpo qilayotgani, klub ta’sischilari o‘z hamkorlari bilan xususiy xalqaro universitet tashkil qilib, kelajakda o‘z talabalari bilan Liga musobaqalarida ishtirok etishni nazarda tutadigan besh yillik reja asosida faoliyat olib borayotgani sabab shartli ravishda Proliga ishtirokchisiga aylangandi. Biroq klub kutilmaganda moliyaviy qiyinchiliklar sabab o‘z faoliyatini davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, futbolga bog‘liq bo‘lmagan holat tufayli Unired Redbridge universitetni tashkil etish masalasi ortga surildi va o‘z-o‘zidan talaba yoshlarni futbolga jalb etish rejasi ishdan chiqdi. Bolalar futboli uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan sun’iy maydon esa Samarqand shahrida ishga tushirildi. Unda klub ta’sischilari egalik qiluvchi xususiy maktab tarbiyalanuvchilari futbol bilan shug‘ullanishda davom etadi.

«Turon»

«Turon» klubda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sabab Proligada ishtirok eta olmasligini, biroq Farg‘ona viloyat hokimligi ko‘magi bilan Birinchi ligada to‘p surishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda «Turon» futbol klubi o‘tgan davr davomida barpo qilgan infratuzilmani saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi. Viloyat futbol assosiasiyasi rahbariyatiga mazkur vazifa topshirilgan.

«Navbahor farm»

«Navbahor farm» jamoasi bir yil avval sport prinsiplari asosida Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Biroq klub rahbariyati tomonidan farm jamoa yuzasidan berilgan kafolat bajarilmadi. «Superliga va Proliga reglamenti»ning 14.9-bandidan kelib chiqib, «Navbahor farm» jamoasi Proliga ishtirokchilari safidan chiqarildi. Ya’ni, «Navbahor» futbol klubining boshqa tashkilotlar hamda o‘z rasmiylari oldida mavjud bo‘lgan qarzdorligi bunga sabab bo‘ldi.

Proliga qatnashchilari va musobaqa formati bir necha daqiqadan keyin taqdim etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:38, 08.02.2024. O'qildi: 2306 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик