Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasida sensasiya qayd etgan jamoalar

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Jamoalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi eng katta syurpriz “Kopengagen”ning unda ishtiroki bo‘ldi. Albatta, hech kim Daniya klubi Yevropaning eng yaxshi 16 klubi ro‘yxatidan joy olishini kutmagandi. Kelgusi mavsumdan boshlab Chempionlar ligasida guruh bosqichi formati o‘zgaradi, bu esa, "kichik" jamoalar uchun pley-off yo‘lini qiyinlashtiradi. Bunday his-tuyg‘ular kamroq bo‘ladi. Keling, 21-asrda shunga o‘xshash sensasiya qayd etgan kichik jamoalarning qahramonliklarini eslaymiz.

"Lion", 2019/2020 yilgi mavsum

To‘rt yil avval “Lion” 2000 yillarning birinchi yarmidagidek kuchli emas edi, o‘shanda u Fransiya chempionligini ketma-ket yetti yil qo‘lga kiritgandi. 2019/2020 yilgi mavsumda jamoa 1-liganing o‘rta jamoasiga aylandi. Chempionlar ligasida esa “Lion” “RB Leypsig”, “Benfika” va “Zenit” bilan guruhdan zo‘rg‘a chiqdi. Mavsum davomida Rudi Garsiya bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingina “to‘quvchilar” o‘ziga kela boshladi.

“Lion” fevral oyida pley-offni o‘z uyida “Yuventus” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan. Javob o‘yini koronavirus pandemiyasi tufayli faqat avgust oyida bo‘lib o‘tdi: fransuzlar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mehmondagi gol qoidasi evaziga keying bosqichga chiqdi. O‘sha yili chorak final bitta o‘yindan iborat edi: "Lion" "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi sensasiyani yaratdi. Yarim finalda Garsiya shogirdlarini faqatgina “Bavariya” to‘xtata oldi: nemislar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi – 3:0.

"Ayaks", 2018/2019 yilgi mavsum

Bundan bir yil avval “Ayaks” Chempionlar ligasida shu qadar baland ovozda shovshuv ko‘tardiki, u haligacha unutilmagan. Niderlandiya futboli gigantlari muntazam ravishda Chempionlar Ligasida o‘ynaydi, ammo 2019 yilda hech kim Amsterdam jamoasining yarim finalga chiqishini kutmagandi.

Hozirda "Manchester Yunayted"da qiynalayotgan Erik ten Xag "Bavariya", "Benfika" va AEK bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda "Ayaks" oldingi uchta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan "Real Madrid" bilan to‘qnash keldi. Dastlabki o‘yinda o‘z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan “Ayaks” javob uchrashuvida “Real”ni mag‘lub etdi – 4:1.

Chorak finalda Ten Xag jamoasi Ronaldu endigina ko‘chib o‘tgan "Yuventus" bilan o‘ynadi. Krishtianu har ikki uchrashuvda gol urdi, ammo bu turinliklarga yordam bermadi. Niderlandiyada o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan bo‘lsa, Italiyada "Ayaks" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Boz ustiga, niderlandlar yarim finalda “Tottenxem”dan o‘tib ketishga yaqin turgandi. Angliyada 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, o‘z uyida birinchi bo‘limdan keyin oldinda borishdi - 2:0. Ammo, aftidan, ular juda erta xursand bo‘lishdi. Yakunda "shporlar" mo‘’jiza ko‘rsatdi: Lukas Mouraning xet-triki ularga g‘alaba keltirdi - 3:2.

APOEL, 2011/2012 yilgi mavsum

21 asrdagi Chempionlar Ligasidagi eng katta sensasiya. Kipr jamoalariga doim past nazar bilan qarashgan, APOEL esa “Zenit”, “Portu” va “Shaxtyor” bilan kvartetda autsayderdek ko‘rinardi. Serbiyalik murabbiy Ivan Yovanovich jamoasi esa guruhda g‘alaba qozondi! Olti turda ular so‘nggi o‘yinda faqat bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.

APOEL mo‘’jizalari pley-offda ham davom etdi. 1/8 finalda kiprliklar “Lion” bilan to‘qnash kelishdi. Mehmonda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, o‘z uyida shu hisobda g‘alaba qozonishdi. Hammasini penaltilar seriyasi hal qildi, bunda Yovanovich jamoasi aniqroq edi. Va faqat chorak finalda hech kimdan qo‘rqmagan bu “telbalar”ni buyuk “Real Madrid” to‘xtatdi. Bu yerda imkoniyat yo‘q edi - uyda 0:3 va mehmonda 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatlar.

PSV, 2004/2005 mavsum

2004/2005 yilgi mavsumda Yevropani Gus Xiddinkning PSV jamoasini hayratga solgandi. O‘shanda Niderlandiya chempioni bo‘lmagan jamoa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgandi. Guruh bosqichida Eyndxoven jamoasi "Arsenal", "Panatinaikos" va "Rusenborg" bilan kvartetda ikkinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda qur’a ularni “Monako” bilan birlashtirdi. PSV ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozondi - o‘z maydonida 1:0 va safarda 2:0.

Chorak finalda Xiddink shogirdlari Fransiya chempionatining yana bir klubi “Lion”ni qabul qildi. "To‘quvchilar" ga qarshi kurash qiyinroq bo‘ldi. Har ikki o‘yin ham 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga PSV yanada oldinga chiqib oldi. Yarim finalda niderlandlar “Milan”ga qarshi maydonga tushdi. "San-Siro"da mag‘lubiyat kuzatildi - 0:2. Eyndxovenda esa ular "Liverpul" keyinchalik finalda uddalagan mo‘’jizani deyarli yaratdilar. Xiddink shogirdlari ikkita gol urdi, ammo baribir g‘alaba qozona olmadi. Qo‘shib berilgan vaqtda milanliklar hal qiluvchi zarbani berishdi. PSV javob qaytardi, ammo bu yetarli emas edi: italiyaliklar mehmondagi gol qoidasi evaziga g‘alaba qozonishdi. Bunday o‘yindan so‘ng, PSVning 2006/2007 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishi endi ajablanarli emas edi.

"Portu", 2003/2004 yilgi mavsum

20 yil muqaddam biz Mourinyoning karyerasi ko‘tarilganiga guvoh bo‘ldik. O‘shanda Joze hali mashhur emas edi, lekin u 2002/2003 yilgi mavsumda "Portu" bilan UEFA kubogini yutib, Yevropani hayratda qoldirgan edi. Vaholanki, portugaliyalik Chempionlar ligasini nishonga oladi, deb hech kim o‘ylamagan edi.

Guruh bosqichida "Portu" "Real", "Marsel" va "Partizan" bilan kvartetda ikkinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda “ajdarlar” “Manchester Yunayted” bilan to‘qnash kelishdi. “Portu”da mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Old Trafford”da kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Chorak finalda Mourinyo shogirdlari “Lion” bilan o‘ynadi. Portugaliyaliklar o‘z maydonida fransuzlarni mag‘lub etishdi – 2:0, javob uchrashuvida esa 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Yarim finalda “Portu”ning raqibi “Deportivo” bo‘ldi. Qarama-qarshilik natijasini Ispaniyadagi ikkinchi uchrashuvda kiritilgan yagona gol hal qildi. 60-daqiqada Derley penaltini golga aylantirdi. Finalda esa Mourino shogirdlari Didye Desham boshqaruvidagi “Monako”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:0. Shu tariqa Mourinyo top-murabbiyga aylandi.

"Galatasaroy", 2000/2001 yilgi mavsum

2001 yilda “Galatasaroy” Turkiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib bordi. Guruhda “Shturm”, “Reynjers” va “Monako” bilan kvartetda ikkinchi o‘rinni egalladi. Keyingi bosqichda ular "Deportivo", "Milan" va "PSJ" bilan to‘rtlikda ikkinchi o‘rinni egalladi. Chorak finaldagi qur’a natijasiga ko‘ra "Galatasaroy" "Real"ga qarshi maydonga tushdi.

Istanbuldagi birinchi o‘yin natijasi barchani hayratda qoldirdi. Turklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Lekin Madridda “Real” “Galatasaroy”ni o‘z o‘rniga qo‘ydi. Raulning dubli va Ivan Xelguyeraning goli “Los Blankos”ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi – 3:0.

Kiritildi: 12:14, 14.02.2024. O'qildi: 5046 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик