Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • -:-
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 3 7
3 Nasaf 3 7
4 Buxoro 3 7
5 Navbahor 3 6
6 Paxtakor 3 6
7 Qizilqum 3 6
8 Dinamo 3 4
9 Bunyodkor 3 4
10 Xorazm 3 4
11 Andijon 3 3
12 OKMK 3 1
13 Qo‘qon-1912 3 1
14 Surxon 3 1
15 So‘g‘diyona 3 1
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Neftchi 3-0 Andijon
3-тур Mash’al 0-2 Qizilqum
3-тур Paxtakor 0-2 Navbahor
3-тур Surxon 0-0 Bunyodkor
3-тур Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
3-тур Buxoro 1-1 Xorazm
3-тур OKMK 2-2 So‘g‘diyona
3-тур Dinamo 1-1 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

18/03/26 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03/26 Xorazm - Bunyodkor
18/03/26 Qizilqum - OKMK
19/03/26 Andijon - Mash’al
19/03/26 Buxoro - Dinamo
20/03/26 Neftchi - Lokomotiv
20/03/26 Nasaf - Surxon
20/03/26 So‘g‘diyona - Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yurgen Klopp: «Liverpul»da kelajak uchun yaxshi poydevor allaqachon mavjud»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Intervyular
A A A

Bilasiz, yaqinda «Liverpul» muxlisu-xo‘jayinlari qalbidan chuqur o‘rin olgan nemis mutaxassisi Yurgen Klopp mavsum tugashi bilan jamoadan ketishini e’lon qildi.

Bunday kutilmagan chiqishi butun futbol jamoatchiligini hayratda qoldirgani haqiqat. Xo‘sh, «qizillar» ustozi nima sababdan bu qarorga keldi? Quyida uning «Liverpul» klubi rasmiy saytiga bergan intervyusini e’tiboringizga havola qilamiz va Siz barcha savollarga javob olasiz, degan umiddamiz.

— Yurgen, bilamiz, sizda «Liverpul» muxlislariga tushuntirib beradigan xabar bor. Uni baham ko‘rasizmi?

— Ha, albatta. Mavsum oxirida klubni tark etaman. Bu yangilik ko‘pchilikni hayratda qoldirayotganini tushunaman, lekin men hamma narsani tushuntirib bera olaman yoki hech bo‘lmaganda harakat qilaman. Men bu klubdagi hamma narsani yaxshi ko‘raman, shaharni, muxlislarimizni yaxshi ko‘raman, jamoani yaxshi ko‘raman, klub xodimlarini yaxshi ko‘raman. Ammo bu qarorni qabul qilayotganim shuni ko‘rsatadiki, men buni qilishim kerak edi. Gap shundaki, buni qanday aytishim kerak, xullas, energiya tugadi. Hozir hech qanday muammo yo‘q, albatta, men anchadan beri bu haqda e’lon qilishim kerakligini bilardim, lekin hozir juda yaxshi holatdaman. Men bu ishni qayta-qayta qila olmasligimni bilardim. Ko‘p yillar davomida birga bo‘lganimizdan, birga o‘tkazgan vaqtimizdan va birga boshdan kechirganimizdan so‘ng, sizga bo‘lgan hurmat o‘sdi, sevgi kuchaydi va men qila oladigan eng kam narsa bu sizga haqiqatni aytishdir — va bu ayni haqiqatdir.

— O‘ylaymanki, muxlislar sizga nimadir bo‘lgan, degan xavotirga borishlari mumkin.

— Men yaxshiman, sog‘lomman. Xavotirlanadigan hech narsa yo‘q. Noyabr oyida klubga ayt­dim... bu yerda men odamlarga qanday ish bilan shug‘ullanayotganimni biroz tushuntirishim kerak. Odamlar hamma narsani tashqaridan ko‘rishadi, lekin mavsum boshlanadi va siz ko‘p narsani rejalashtirasiz. Biz yozda potensial transferlarni, qayerga borishimiz mumkinligini va hokazolarni birgalikda muhokama qildik. Va bu jarayon boshlanganida, men bu yerda bo‘lishimga ishonchim komil emas, deb o‘yladim. Bu fikr meni hayratda qoldirdi, shundan keyin bu haqda o‘ylay boshladim. Bu boshlanishi edi. O‘tgan mavsum juda qiyin bo‘ldi va ehtimol boshqa har qanday klubda murabbiyga: «hammasi uchun katta rahmat, lekin endi tugataylik», deyishadi. Xayriyatki, bu holatga men tushmadim. Jamoani kurashga qaytarish men uchun juda muhim edi va fikru-xayolim faqat shunda edi. Va bizning ixtiyorimizda ulkan salohiyatga ega jamoa borligini anglaganimda, juda tez o‘zimizga kelib oldik. Keyin o‘zim haqimda o‘ylashni boshladim va buni to‘g‘ri deb bilaman.

— Mavsum tugashiga hali ancha vaqt bor. Qaroringizni hozir aytayotganingizning sababi bormi?

— Ideal dunyoda mavsum oxirigacha hech kimga hech narsa demagan bo‘lardim. G‘alabaga erishib, keyin ketayotganimni aytardim. Ammo bizning dunyomizda bunday narsalarni sir saqlash mumkin emas. Ko‘p narsalar ta’sir qildi va birinchi navbatda shaxsiy ahvolim. Odamlar, jamoa, klub — hamma bu haqda oldindan bilishi kerak. Chunki ular biror narsani rejalashtirishlari uchun vaqt kerak. Ishonchim komilki, agar siz shunday qaror qabul qilsangiz buni oldindan qilganingiz ma’qul. Agar yangi mavsumda — sentyabrda endi davom ettirolmasligimni tushunganimda edi, bundan ham battarroq bo‘lardi. Bu klub, biz birgalikda qurgan narsa, agar men noto‘g‘ri qaror qabul qilsam yoki uni noto‘g‘ri vaqtda qilsam, juda yomon bo‘lishi mumkin edi. Shunday ekan, qarorimni iloji boricha erta aytishim muhim edi.

— Sizning qaroringiz jamoaga mavsumning so‘ng­gi oylariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

— Bu savolni tushunaman. Ammo barchasi bizga bog‘liq. Men Dortmundda ham xuddi shunday vaziyatga duch keldim, inkor eta olmayman. Bizning natijalarimiz faqat bizga bog‘liq. Ehtimol, ushbu chiqishdan keyin biz matbuot anjumani o‘tkazarmiz, ammo keyin men mavsumga yuz foiz sho‘ng‘iyman. Bizda kurashish uchun ko‘p narsa bor. Men har doim gapirganman va ayniqsa hozir buni takrorlash juda muhim: men tufayli hech narsa bo‘lmaydi. Biz bir-birimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, men shu yerdaman. So‘nggi oylarda hech kim biron bir o‘zgarishni sezmagan, deb o‘ylayman va bu qarorga kelganimga ancha bo‘lgan.

— Klub xo‘jayinlari bu yangilikka qanday munosabatda bo‘lishdi?

— Xo‘sh, ular ziyofat qilishmadi! Yillar davomida biz rahbariyat bilan aql bovar qilmaydigan munosabatlarni o‘rnatdik. Ular meni juda yaxshi bilishadi, shuning uchun ular meni ishontirishga harakat qilishlari uchun eshikni biroz ochiq qoldirib, bunday qaror haqida gapiradigan odam emasligimni tushunishadi. Rahbariyat bu qarorni qabul qildi. Hech kim xursand bo‘lmadi, lekin o‘zim ham baxt­li emasman — nima to‘g‘ri ekanligini bilaman. Ammo men o‘yinlarda to‘liq bo‘laman — hozir hech qanday xayrlashuv uchrashuvlari kerak emas, chunki hali mavsum uzoq davom etadi. Ruhiy holatim haqida tashvishlanishga hojat yo‘q, chunki men mutlaqo yaxshiman.

— Sizning qaroringiz klub ichidagilarga qanday ta’sir qildi?

— Hammasi odatdagidek, lekin faqat qayg‘u bilan. Kelajak qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi, lekin yaxshi poydevor allaqachon mavjud. Agar siz 10 yil oldin mendan ushbu jamoani boshqarishimni so‘ragan bo‘lsangiz, men bu yerda bo‘lish uchun boshim bilan g‘isht devorini teshib qo‘ygan bo‘lardim. Ammo, afsuski, bu ishni 24 yildan beri bajaraman va hozir hayot nima ekanligini tushunishni xohlayman. Bu nima ekanligini bilmayman. Hech bo‘lmaganda nima ekanligini bilishga harakat qilishim kerak.

— Va nihoyat, muxlislarga qanday xabaringiz bor?

— Bu qarorimni qabul qilishingizni juda istardim. Keyin mening nomimga qo‘shiq kuylamasligingizni so‘ramoqchiman. Bu kerak emas. Har doim meni emas, jamoani qo‘llab-quvvatlashingizni xohlardim. Menga bo‘lgan munosabatingiz haqida bilaman, hech qanday dalil shart emas. Biz hali xayrlashishga vaqt topamiz. Biz «Liverpul», biz birgalikda qiyin kunlarni boshdan kechirdik va bundan o‘tamiz. Keling, bu mavsumni g‘alabalar bilan tugataylik. Tugataylikki, keyin ortga qaraganimizda tabassum qilish uchun sabab bo‘lsin. Barchangizga rahmat!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:35, 14.02.2024. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
3 Пахтакор Doston Hamdamov 2
4 Пахтакор Piotr Pajishek 2
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
6 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
7 Насаф Sharof Muhitdinov 2
8 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1
10 Нефтчи Anvarjon G‘ofurov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.