Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsonaviy “Portu” tarkibidagilar hozir nima bilan band?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozir Portugaliya jamoasining asosiy yevrokubokda g‘alaba qozonishini tasavvur qilib bo‘lmaydi, ammo 20 yil oldin buni "ajdarlar" amalga oshirgan. O‘shanda jamoaga yosh Joze Mourinyo ustozlik qilgan. Jamoa super sensatsiya yaratib tarixga kirdi. 2004 yil finalida "Monako" ustidan g‘alaba qozongan (3:0) futbolchilarning taqdiri qanday kechgani haqida gaplashamiz.

Vitor Bayya, 53 yosh

Vitor Bayya o‘sha tarkibning asosiy darvozaboni edi. “Ajdarlar” tarbiyalanuvchisi deyarli butun faoliyatini o‘z klubida o‘tkazdi, faqat 90-yillarning ikkinchi yarmida bir necha mavsumga “Barselona”ga yo‘l oldi. Vitor Bayya “Portu” tarkibida 276 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 217 ta gol o‘tkazib yuborgan va 132 ta o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolgan. Darvozabon jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi: 10ta liga chempionligi, beshta Portugaliya kubogi va sakkizta Superkubok. Va eng muhimi UEFA kubogi va Chempionlar ligasi. Vitor Bayya 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. So‘nggi yillarda u teleboshlovchi bo‘lib ishlagan va “Portu”ga vise-prezident sifatida qaytgan.

Paulo Ferreyra, 45 yosh

Paulo Ferreyra o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi. U "Portu"da ko‘p vaqt o‘tkazmadi. 2002 yilda u “Vitoriya Setubal”dan 2 million yevroga ko‘chib o‘tdi va 2004 yilda muvaffaqiyatli Yevropa kampaniyasidan so‘ng "Chelsi"ga 20 million yevroga sotildi. "Ajdarlar" tarkibida u ikkita Primera oltin medalini qo‘lga kiritdi. Portugaliya kubogi va bitta superkubok, UEFA kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Ammo Paulo Ferreyra 2013 yilda nafaqaga chiqqunga qadar 9 yil davomida “Chelsi’da qoldi. Londonda u murabbiylik faoliyatini boshlagan, hozir esa Fransiyaning “Lill” klubida Paulo Fonsekaning yordamchisi.

Xorxe Koshta, 52 yosh

Xorxe Koshta markaziy himoyachi sifatida o‘ynadi va Mourino jamoasida sardorlik qildi. U ham deyarli butun faoliyatini o‘z klubida o‘tkazgan "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yoshligida bir necha mavsumga ijaraga, 2001 yilda esa olti oyga “Charlton”ga borgan. Xorxe Koshta “Portu” bilan sakkizta chempionlik, beshta Portugaliya kubogi va sakkizta Superkubokni qo‘lga kiritdi. Ikkita yevrokubokda g‘alaba qozongan. 2006 yilda himoyachi faoliyatini yakunladi. U zudlik bilan murabbiylik faoliyatini boshladi va tezda “Braga”da yordamchilikdan asosiyga aylandi. O‘shandan beri u turli mamlakatlarda o‘nlab klublarni almashtirgan, hatto Gabon terma jamoasini ham boshqargan.

Rikardo Karvalyu, 45 yosh

Rikardo Karvalyu Xorxe Koshtaning markaziy himoyadagi sherigi edi. U 17 yoshida "ajdarlar" tizimiga kirib, professional faoliyatini "Portu"da boshlagan va 2004 yilgacha jamoada o‘ynagan. Chempionlar ligasida g‘alaba qozongach, Mourinyo va Paulo Ferreyra bilan birga "Chelsi"ga yo‘l oldi. Portugaliyani tark etishdan oldin Rikardu Karvalyu “Portu” bilan uchta chempionlik, bittadan Portugaliya kubogi va bittadan Superkubok, shuningdek, ikki marta yevrokuboklarni qo‘lga kiritgan. U “Chelsi”da olti yil o‘ynagan, so‘ngra “Real”, “Monako” va Xitoyning “Shanxay SIPG” klublarida o‘ynagan. 2018 yilda butsasini mixga ilgan. U “Marsel”da Andre Villash-Boashga, 2023 yildan beri esa Portugaliya terma jamoasida Roberto Martinesga yordam berib kelmoqda.

Nunu Valente, 49 yoshda

Nunu Valente chap qanot himoyasida o‘ynadi. U 2002 yili “Leyriya”dan atigi 550 ming yevro evaziga, 2005 yilda esa 2 million yevro evaziga “Everton”ga yo‘l oldi. U Angliyada yana to‘rt mavsum o‘ynadi, shundan so‘ng u professional o‘yinlardan voz kechishga qaror qildi. "Portu" bilan Nunu Valente ikki marta Primeira oltini, ikkita Superkubok va bir marta Portugaliya kubogi, shuningdek, ikkita yevrokubokni qo‘lga kiritdi. Keyin sobiq himoyachi "Everton" va "Sporting"da skaut bo‘lgan, xuddi shu "Sporting"da ikkinchi murabbiy bo‘lgan va 2017/2018 yilgi mavsumda "Trofense"ni boshqargan. Hozir Nunu Valente "Portu" prezidenti saylovida Villash-Boashni qo‘llab-quvvatlamoqda va qaysidir ma’noda klubga qaytishga tayyor.

Koshtinya, 49 yosh

Yarim himoyachi "Portu"da to‘rt mavsum o‘ynadi. 2001 yilda portugaliyalik erkin agent sifatida "Monako"dan o‘tdi va to‘rt yildan so‘ng u Moskvaning "Dinamo"siga 4 million yevro evaziga sotib yuborildi. Keyinchalik Koshtinya "Atletiko" va "Atalanta"da o‘ynadi. "Portu" bilan u ikki marta chempionat, ikkita Superkubok va bir marta Portugaliya kubogini qo‘lga kiritdi va UEFA kubogi va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. 2010 yilda nafaqaga chiqqanidan so‘ng, sobiq yarim himoyachi “Servett”ning sport direktori, keyin esa murabbiy bo‘ldi. Koshtinya ayni damda ta’tilda.

Pedro Mendesh, 44 yosh

Pedro Mendesh "Portu"da yarim himoyada o‘ynagan. Ammo u jamoada bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazdi. Uni "Gimarayesh"dan noma’lum pulga sotib olishdi va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatidan so‘ng "Tottenxem"ga 3 million yevroga sotildi. Demak, Pedro Mendeshning kolleksiyasida "Portu"dan atigi uchta sovrin bor: Primera oltini, Portugaliya Superkubogi va chempionlar ligasi kubogi. Keyin yarim himoyachi "Tottenxem"dan tashqari "Portsmut", "Reynjers" va "Sporting" klublarida o‘ynagan va 2012 yilda futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagan. Pedro Mendes o‘zining yangi hayotida futbol agentiga aylandi va faxriylar o‘yinlarida formasini saqlab qoldi.

Manishe, 46 yosh

"Portu"da maydon markazini Manishe, Koshtinya va Pedro Mendesh yelkalarida ushlab turishdi. Manishe "ajdarlar"ga 2002 yilda "Benfika"dan kelgan! U erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi va 2005 yilda "Dinamo"ga 16 million yevroga sotildi."Portu" bilan yarim himoyachi ikkita Primera oltin medali, Portugaliya kubogi va Superkubogi, shuningdek, ikkita yevrokubokni qo‘lga kiritdi. Moskvadagi shonli qisqa vaqtdan so‘ng, Manishe "Chelsi"ga jo‘nadi, keyin "Atletiko", "Inter", "Kyoln" va "Sporting"da bo‘ldi va u yerda 2011 yilda faoliyatini yakunladi. Hozirda Manishe Nunu Valente va Xorxe Koshta bilan birga Villash-Boashning saylovoldi shtabiga kirdi va yangi prezident bilan “Portu”ga qaytishga tayyor.

Deku, 46 yosh

Portugaliyalik pleymeyker o‘sha Chempionlar ligasida "Portu"ning yulduzi edi. U klubda 1999 yilda “Salguyeyros”dan 8 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng 2004 yilning yozida 21 million yevroga "Barselona"ga sotilgan."Ajdarlar" bilan Deku uchta chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Portugaliya kubogi va ikkita superkubok, Yevropada esa UEFA kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. "Barselona"dan keyin "Chelsi" va "Fluminense"da o‘ynagan. 2023 yildan esa Kataloniya klubining sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Derli, 48 yosh

Hujumchi 2002 yildan 2005 yilgacha "ajdarlar" safida o‘ynagan. U "Leyriya"dan atigi 450 ming yevroga sotib olingan bo‘lsa, "Dinamo"ga 7,5 million yevroga sotilgan. Qizig‘i, Derli Rossiya klubidan "Benfika"ga ijaraga ham berilgandi. Shundan so‘ng u Lissabon “burgutlari"ning asosiy raqibi "Sporting"da ham o‘ynadi. 2010 yilda faoliyatini yakunlagan futbolchi hozirda futbol agenti bo‘lib ishlaydi.

Karlos Alberto, 39 yosh

"Portu" Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanida Karlos Alberto atigi 19 yoshda edi. Braziliyalik futbolchi o‘sha mavsumda 2004 yilning yanvarida "Fluminense"dan 2,5 million yevroga sotib olingandi. Bir yildan so‘ng esa u "Korintians"ga 10 million yevroga sotib yuborildi. Braziliyalik "Monako" bilan finalda g‘alaba golini urdi, lekin eng hayratlanarlisi shuki, bu uning Chempionlar ligasidagi faoliyatidagi yagona goli edi! Yoshi tufayli Karlos Alberto o‘sha "Portu"ning qolgan yulduzlariga qaraganda kechroq faoliyatini tugatdi.

Dmitriy Alenichev, 51 yosh

"Monako"ga qarshi finalda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilardan faqat Alenichev ko‘p vaqtini maydonda o‘tkazdi. Yarim soat ichida rossiyalik futbolchi Dekuga golli uzatma berdi va gol urdi. Yarim himoyachi 2000 yilda "Roma"dan 3 million yevroga sotib olingan va 2004 yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongach, "Spartak"ga 1 million yevroga sotilgan. Alenichev “Portu” bilan ikki marta chempionat, ikki marta Portugaliya kubogi, bir marta Superkubok va ikki marta yevrokubokni qo‘lga kiritdi. Keyin u "Arsenal” Tula, "Spartak" va "Enisey" klublarini boshqarib, murabbiy bo‘ldi. Ayni paytda klubsiz.

Joze Mourinyo, 61 yosh

O‘sha "Portu" bu Joze Mourinyoning ijodi, shuning uchun bu tanlovda uni eslamaslik mumkin emas. Portugaliyalik 2002 yilning yanvarida jamoani qabul qilib oldi va 2004 yilning yozida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan so‘ng darhol jamoani tark etdi. “Portu” bilan u ikki marta yevrokuboklar, ikki marta chempionlik, Portugaliya kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Mourinyo "Chelsi"ni, "Inter"ni boshqargan, u bilan yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, shuningdek, "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va yaqin vaqtgacha "Roma" klublarini boshqargan. Mourinyo faoliyatida juda ko‘p sovrinlar bor, ammo "Portu" bilan Yevropaning yirik sovrinini qo‘lga kiritish, shubhasiz, eng katta mo‘’jizadir.

Kiritildi: 11:34, 22.02.2024. O'qildi: 4815 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик