Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real"ning eng qimmat transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kilian Mbappe madridliklar bilan shartnoma imzolagan. Bu, albatta, klub muxlislari uchun so‘nggi yillardagi eng uzoq kutilgan transfer, ammo bugun biz "Real Madrid"ning eng qimmat 10 ta xaridini eslaymiz.

Luish Figu, 60 million yevro

Figu "qirollik klubi"ga 2001 yilning yozida "Barselona"dan o‘tgan edi. Florentino Peres agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa va u bilan shartnoma imzolashga va’da berdi. Va’da 60 million yevroga tushdi - o‘sha paytda bu klub tarixidagi eng qimmat transfer edi.

Luka Yovich, 63 million yevro

Madridliklar serbiyalik futbolchini 2019 yilning yozida Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan sotib olgandi. Hujumchi Germaniyada o‘zini ko‘rsatdi, ammo Madriddagi ikki mavsumda atigi 3 ta gol ura oldi.

Kaka, 67 million yevro

Kaka Florentino Peres prezidentlikka qaytganidan so‘ng, "Milan"dan "Real"ga o‘tdi. Braziliyalik futbolchi allaqachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi, ammo yangi klubida o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish eta olmadi, jarohatlar unga xalaqit berdi. Madriddagi to‘rt mavsumdan so‘ng Kaka "Milan"ga bepul transfer orqali qaytdi.

Xames, 75 million yevro

Xames Rodriges JCH-2014dagi ajoyib o‘yinidan so‘ng Madridga keldi. Klub uning uchun "Monako"ga 75 million yevro to‘lagan. Kolumbiyalik futbolchining Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi birinchi mavsumi muvaffaqiyatli o‘tdi, biroq italiyalik ketganidan so‘ng vaziyat pasaya boshladi. Xames "Bavariya"da 2 mavsumni ijarada o‘tkazgan va 2020 yilda "Everton"ga tekinga ketgan.

Zinedin Zidan, 77,5 million yevro

Madridliklar uning uchun "Yuventus"ga 77,5 million to‘lagan - o‘sha paytda Zizu ispanlarning eng qimmat xaridiga aylandi. U jamoaga to‘qqizinchi marta Chempionlar ligasini yutishiga yordam berdi, keyin esa turnirda yana uchta g‘alaba keltirdi, ammo murabbiy sifatida.

Aureliyen Tchuameni, 80 million yevro

Madridliklar 2022 yilning yozida, Kazemiro klubni tark etgandan so‘ng, "Monako"dan Tchuamenini sotib olgan edi. Fransuz afsonaviy braziliyalikning munosib o‘rnini egalladi.

Krishtianu Ronaldu, 94 million yevro

Krishtianu 2009 yilda "Real"ga o‘tgan edi. "Oltin to‘p" sohibi o‘sha paytda klubning eng qimmat futbolchisiga aylandi va 9 mavsum davomida "Los-Blankos" libosida porladi. Bu vaqt ichida Krishtianu 16 ta sovrinni qo‘lga kiritdi va Madrid klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, shuningdek, eng daromadli transfer – ispan klubi uning “Yuventus”ga sotilishidan 117 million yevro ishlab oldi.

Garet Beyl, 101 million yevro

Uelslik futbolchi 2013 yilda "Tottenxem"dan Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan va "Real Madrid"ning rekord transfer narxini yangilagandi. U jamoaga 5 yil ichida 4 marta Chempionlar ligasini yutishda yordam berdi va hujum triosining ajralmas qismiga aylandi.

Jud Bellingem, 103 million yevro

Angliyalik futbolchi o‘tgan yozda "Borussiya"dan madridliklar safiga kelib qo‘shilgandi. U jamoaga tezda moslashib, to‘purarlar orasida yetakchiga aylana oldi.

Eden Azar

Azar Madrid tarixidagi eng qimmat transfer va eng omadsiz transfer. U 2019 yilda «Chelsi»dan 115 million yevro evaziga o‘tgan edi. Belgiyalik futbolchi 4 mavsum davomida 76 uchrashuvda atigi 7 ta gol urgan. Uning klubdagi faoliyati jarohatlar bilan kechgan. 2023-yil oktyabr oyida Azar faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Kiritildi: 20:29, 23.02.2024. O'qildi: 2257 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик