«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasining «Atletiko»ga qarshi dastlabki yarim final uchrashuvi oldidan o‘z kayfiyati bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz oxirgi uch-to‘rt yil davomida yuqori darajadagi qiyin o‘yinlarda ishtirok etdik, shuning uchun bizni nima kutayotganini va qanday bosim bo‘lishini yaxshi bilamiz. Butun mavsum shunday o‘tdi va biz mavsum yakunida ham jarayon mana shunday bo‘lishini istagandik. Biz Chempionlar ligasi yarim finalchisimiz, keling, buni qabul qilamiz, bundan zavqlanamiz va nimalarga qodirligimizni ko‘rsatamiz.
Eberechi Ezening sermahsulligi? Uni aynan shuning uchun ham bu yerga olib kelishgan. Bir necha hafta oldin uning to‘pga zarba berish qobiliyati aql bovar qilmas darajada ekanligini aytgandim. Qanday ajoyib o‘yinchi, qanday ajoyib yigit! U yaqin haftalarda biz uchun juda muhim bo‘ladi. U bizga haqiqatan ham kerak», — deya 27 yoshli ingliz futbolchisining so‘zlarini keltiradi «Arsenal» matbuot xizmati.
«Arsenal» 29 aprel kuni Madridda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (30 aprelga o‘tar kechasi) boshlanadi.