Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappening ukasi "Real"ga kerakmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda Kilian Mbappe Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani va “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan kechki ovqatlandi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hujumchi uchrashuv davomida o‘z kelajagi borasida hali bir qarorga kelmaganini aytgan. Lekin hammaga ma’lumki, barcha yo‘llar Mbappeni Madridga olib boradi.

El Chiringuito TV efirida aytilishicha Kilianning onasi uning 17 yoshli ukasi Etan Mbappeni ham o‘zini bilan olib ketishni so‘ragan. Klub rahbariyati esa bunga ruxsat bergan. Bugun esa Mbappening ukasi “Real”ga qay darajada mos kelishini ko‘rib chiqamiz.

Etan haqiqatan ham iste’dodli. U markaziy va ba’zan tayanch yarim himoyachisi sifatida ham o‘ynaydi. Etan 15 yoshida "PSJ" safida debyut qilgan: u JCH-2022 doirasida parijliklarning o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) zaxiradan maydonga tushgan va hattoki hal qiluvchi golga mualliflik qilgandi.

Etan 53 ming kishilik kichik shaharchada katta bo‘lgan va "Bondi" akademiyasida futbol o‘ynashni boshlagan. Aka-uka Mbappelarning otasi Uilfrid mahalliy klubga 20 yildan ortiq murabbiylik qilgan va ikkala o‘g‘lini bir vaqtning o‘zida u yerga yuborgan.

2017 yilning yozida “PSJ” Kilian uchun 180 million yevroni ayamagandi. O‘shanda uning safiga 11 yoshli Etan ham kiritilgan edi. U 13 yoshlilar jamoasida o‘ynagan va kattalar guruhida o‘ynash tendensiyaga aylangan: 14 yoshida u allaqachon U-17 jamoasida edi va 15 o‘yinda to‘rtta gol urdi, U-19da esa 26 o‘yinda 3+3 natijaga erishgan.

Bu mavsumda kichik Mbappe “PSJ” U-19 tarkibida o‘ynashda davom etmoqda va uning statistikasi yanada quvnoq ko‘rinadi. 22 uchrashuvda 5+4. Lekin asosiysi, u kattalar jamoasi safida ikki marta Fransiya kubogi rasmiy o‘yinlarida maydonga tushdi. Hozircha uning transfer narxi 500 ming yevroni tashkil etadi, ammo yangi klubga o‘tish buni, albatta, yaxshilaydi.

Etan birinchi marta 2022 yil oktyabr oyida asosiy tarkibga jalb qilingan. Bunga sababchi esa Kristof Galtye edi. Uning asosiy xususiyatlari to‘pni a’lo darajada boshqarish, maydonni a’lo darajada ko‘rish va yuqori texnik qobilyatdir.

“Menga Etan va uning mashg‘ulotlari yoqadi. U juda qiziq o‘yinchi, o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu klubning kelajagi. Uning ko‘plab ijobiy fazilatlari va ajoyib futbol zakovati bor”, - dedi Luis Enrike yosh yarim himoyachi haqida.

2021 yilning yozida Etan parijliklar bilan uch yillik yoshlar shartnomasini imzoladi va u tez orada tugaydi. 2023 yil dekabr oyida tomonlar to‘liq kattalar shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borishdi, ammo ular to‘xtab qoldi. Sababi "Real Madrid" bilan bog‘liq variant.

Intervyulardan birida Kilian Ethan unga o‘zining gol nishonlash usulini o‘rgatganini aytgan: "U pleysteyshn o‘ynaganimizda gollarni shunday nishonlar edi. Menga yoqdi bu harakatlar yoqqan va maydonda buni takrorladim. Biz u bilan do‘stmiz, u kelajagi buyuk futbolchi. “Monako”da o‘ynaganimda va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqqanimizda, Etan meni maydonga kuzatib chiqmoqchiligini aytdi. Oxiri rozi bo‘ldim va bu haqda klubdan so‘radim. Bu uning uchun ajoyib, baxtli on edi. O‘shanda “Yuventus”ga yutqazganimiz achinarli”.

Endi esa uka nafaqat akani maydonga yetaklab chiqadi, balki uning yonida oq futbolkada o‘ynaydi. Albatta, u darhol asosiy o‘yinchiga aylanmaydi, lekin u bir necha daqiqalarga ega bo‘lishi aniq. Va familiyani iloji boricha oqlash kerak bo‘ladi, aks holda nepotizm haqida mish-mishlar yana-da barq uradi.

Kiritildi: 16:52, 01.03.2024. O'qildi: 4142 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик