Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Srechko Katanes: «O‘zbekiston Osiyoning eng yaxshilari bilan raqobat qila oladi»

Baho:
+ | -2
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi Gonkong terma jamoasiga qarshi muhim uchrashuvlar oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Ta’kidlash mumkinki, sloveniyalik mutaxassis bu safargi yig‘inga 26 nafar futbolchini jalb etgan bo‘lsa, ularning 20 nafari Qatardagi Osiyo kubogida ham ishtirok etgan.

«Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o‘yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo‘q, chunki bu juda murakkab. Bunday muhim bahslar oldidan bizni kelajakda nimalar kutayotganini bilishimiz zarur. Uzoq parvozlar va qisqa vaqt davomida yetarli darajada mashg‘ulot o‘tkazmagan holda mezbon jamoaga qarshi bahs olib borish, so‘ng parvoz va bir necha kundan so‘ng yana o‘yin o‘tkazish oson bo‘lmaydi», – deydi Katanes.

Quvonarli tomoni shundaki, Milliy jamoa sardori va Italiyaning «Kalyari» klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, yana safga qaytdi.

U Italiya A seriyasining 28-turidan o‘rin olgan «Salernitana»ga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi va jamoasining muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Katanes, shuningdek, Hojiakbar Alijonov bilan bog‘liq vaziyatni ham eslab o‘tdi:

«Alijonov Osiyo kubogigacha bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri edi, u oxirgi bir qancha uchrashuvlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, so‘ng jarohati sababli maydonga tusha olmadi va hozir ham tarkibda emas. Shomurodov safga qaytdi, ammo biz uning jismoniy holatiga e’tibor qaratishimiz kerak».

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasida Turkmanistonni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Eron bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va to‘rt ochko bilan «E» guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Biroq, bosh murabbiy futbolchilar «Mong Kok» stadionida o‘tkazilishi kutilayotgan Gong Kong terma jamoasiga qarshi uchrashuvda raqibni jiddiy qabul qilishlari kerakligi to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi:

«Biz maydonda borimizni berishimiz kerak. Gonkong Osiyo kubogida muvaffaqqiyatsiz ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, ammo ular avvalgi uchrashuvlarga qaraganda yangilangan tarkibga ega bo‘lishlari aniq. Demak, bu bahs oson bo‘lmaydi. Futbolchilarni o‘yinga jiddiy yondashishi kerakligiga ishontirish mening vazifam. Ha, biz raqibga qaraganda ustundek ko‘rinishimiz mumkin, lekin uchrashuvga tayyor bo‘lmasangiz, futbol sizga kutilmagan syurprizlarni taqdim etishi mumkin. Agar oldindagi ikki o‘yinda g‘alaba qozonsak, katta ehtimol bilan, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan bo‘lamiz.

Uchinchi yildirki jamoani qurishda davom etyapmiz. Biz Osiyo kubogida eng yaxshi hujumchisi turnirda ishtirok etmagan yagona jamoa edik. Agar Shomurodov safda bo‘lganida uning eng kamida 4-5 ta gol urishiga ishonchim komil edi».

Srechko Katanes shu vaqtga qadar ham Osiyoda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritgan va Birlashgan Arab Amirliklari (2009-2011) hamda Iroq terma jamoalarini (2018-2021) boshqargan.

Uning fikricha, O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalariga munosib raqib bo‘la oladigan va, ehtimolki, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishga qodir bo‘lgan jamoaga aylandi.

«Eng katta o‘zgarish shuki, jamoa avvalgiga qaraganda umuman boshqa uslubda o‘ynamoqda. Men ba’zi futbolchilarni mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishlari kerakligiga ishontirdim. Ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch ruhi oshgan. Shu sababli, har qanday jamoaga qarshi bahsda yaratilgan imkoniyatlarning aksariyatidan unumli foydalanmoqdamiz. Biroq himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarga qarshi muammolarimiz bor.

Futbolchilar men nimani istayotganimni yaxshi tushunishadi, bu juda muhim, chunki ular bilan har kuni ham birga ishlay olmayman va terma jamoaga jalb etilganlarida, ulardan nima talab qilinayotganini bilishlari muvaffaqqiyat sari katta qadamdir», – deydi Srechko Katanes.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:08, 19.03.2024. O'qildi: 8078 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.