Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Amorim: Mahorat – muvaffaqiyat garovi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hayotda o‘z vazifasini a’lo darajada uddalaydigan kishilar qisqa vaqt ichida ko‘pchilik e’tiborini qozonadilar, nomlari OAVda tez-tez paydo bo‘ladi.

 Hikoyamiz qahramoni bo‘lmish Ruben Amorim yosh, lekin ajoyib natijalarga erishayotgan murabbiylar toifasidan.

Endigina 39ga chiqqan mutaxassisni bir qator grandlar bo‘lajak bosh murabbiy sifatida tasavvur qilmoqdalar. Jumladan, «Liverpul», «Barselona» va «Chelsi» mutasaddilari Amorim nomzodini sinchiklab ko‘rib chiqishayotgani haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Rubenning «Sporting»i hozir «Benfika»dan bitta o‘yinni kam o‘tkazgan holda, 1 ochkolik farq bilan Portugaliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Demak, farqni 4taga yetkazib olish faqat uning o‘ziga bog‘liq. Xullas, «sherlar» Amorim rahbarligidagi 4 yil ichida ikkinchi marta shohsupaga ko‘tarilish niyatidalar.

Ha, bundan 4 yil muqaddam, mart oyining dastlabki kunlarida «Sporting» navqiron mutaxassis rahbarligida ilk bor maydonga tushib, «Avesh»dan 2:0 hisobida ustun kelgandi. Lekin murabbiyning debyuti g‘alaba bilan boshlangan bo‘lsada, jamoaning holati havas qiladigan darajada emasdi. Shu bois, «sherlar»dagi ijobiy o‘zgarishlar Amorimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib yubordi va grandlar murabbiyni qo‘lga kiritishga kirishdilar.

O‘zining nimalarga qodir ekanligini Ruben Amorim «Braga» klubida namoyish eta boshladi. 2019 yil oxirida mutasaddilar Rikardu Sa Pintuni iste’foga chiqarishgach, yoshlar jamoasini boshqarayotgan yosh murabbiyda kattalar jamoasiga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi. Taajjubki, 34 yoshli mutaxassis jamoasi juda qisqa vaqt ichida ochiq va hujumkor o‘yin ko‘rsata boshladi.

17 yanvar -15 fevral oralig‘ida «Braga» «Portu» va «Sporting» bilan 2 martadan, «Benfika» bilan 1 marta kuch sinashdi va ... nima deb, o‘ylaysiz, 5ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Ha, Portugaliya grandlari tiz cho‘ktirdi, jumladan, Kubok finalida «Portu»dan sovrinni tortib oldi! Shu tariqa Amorim murabbiylik faoliyatidagi dast­labki sovrinni qo‘lga kiritdi.

Liganing boshqa jamoalari qatori «Sporting» ham Rubenning o‘ziga xos noyob iqtidor sohibi ekanligiga amin bo‘ldi va martning ilk kunlarida 3 oyga yetmagan vaqt ichida «Braga»da fantastik parvozni namoyish etgan murabbiyni o‘z safiga qo‘shib oldi. Buning uchun poytaxt klubi 10 mln. yevro sarfladi. O‘sha paytda bu murabbiylar o‘rtasidagi uchinchi qiymatli transfer bo‘lsa, Portugaliya ligasi mezonida qimmatbaho kelishuv edi. Lekin boshqa tomondan, klub rahbariyati bilan muxlislar o‘rtasidagi keskin munosabatni inobatga olganda, qaltis qaror edi. Biroq Amorim xaridini asossiz isrofgarchilikka yo‘ygan muxlislar bu gal xato qilishgandi.

Ruben rahbarligidagi 4 yil ichida «Sporting» (324) «Benfika»ni 10 (314) ochkoga ortda qoldirib, «Portu»dan (331) 7 ballga ortda bormoqda. Yangi murabbiy bilan «sherlar» o‘rtacha 2,38 ochko olishmoqda. Ungacha bo‘lib o‘tgan 136ta o‘yindagi o‘rtacha ko‘rsatkich 2,13 ballga teng edi va jamoa «Benfika» (2,51) va «Portu»ni (2,42) oldinga o‘tkazib yuborgandi. 2019|20 yillar mavsumida «Sporting» «Braga»dan ke­yingi 4-o‘rinni egallagandi. To‘g‘ri, eng yaxshi natija emas, lekin rahbariyat yosh murabbiyga ishonchni yo‘qotmagandi.

2020|21 yillar mavsumini «Sporting» 2002 yildan beri chempion bo‘la olmagan holatda boshladi. Portugaliya futbolida «Ulkan uchlik» hukmronlik qiladi. Biroq uning uchinchi jamoasi «Portu» va «Benfika»dan sharmandali darajada ortda qolib ketgan. «Sherlar»ning o‘sha 2002 yildagi chempionligi bilan Amorim rahbarligidagi dastlabki to‘liq mavsum oralig‘ida «Portu» 11 marta, «Benfika» 7 marta shohsupaga ko‘tarildi. Qizig‘i, Ruben «burgutlarning 3ta chempionlik mavsumida shu jamoa tarkibida to‘p surgandi. Endi poytaxtning ikki grandiga bevosita aloqador bo‘lgan Amorimdan «Sporting» muxlislarini o‘z tomoniga og‘dirish talab etilardi. 2020|21 yillar mavsumida «sherlar» g‘olib chiqishdi. Garchi bu murabbiy Rubenning ilk chempionligi bo‘lsada, uning shogirdlari 2ta Liga Kubogi va Portugaliya Superkubogini ham qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, Superkubok bahsida «sherlar» Amorimning sobiq jamoasi - «Braga»ni mahv etdilar.

O‘tgan mavsum Amorimning hafsalasini pir qildi. «Sporting» birorta sovrinni qo‘lga kirita olmay, yetakchi uchlikdan tushib qoldi. Sababi, yetakchi o‘yinchilar - Joau Palinya «Fulxem»ga, Mateus Nunyesh «Vulverxempton»ga o‘tib ketishgandi. «PSJ»dan ijaraga olingan Pablo Sarabiya esa Parijga qaytib ketdi. Lekin omadsiz mavsumdan keyin ham klub murabbiyni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.

Oxirgi 4 mavsumda «Sporting» tarkibida 10dan ko‘p gol urish sanoqli o‘yinchilarga nasib etdi. 2022|23 yillar mavsumida Fransishku Trinkau (10) va Pedru Gonsalvesh (15), 2021|22da Paulinyo (11) va Pablo Sarabiya, 2020|21da faqat Gonsalvesh (23) nisbatan sermahsul o‘yin ko‘rsatishdi. 2019|20da o‘ntalik marra hech kimga nasib etmadi.

Keyin «Koventri»ni deyarli Premyer-ligaga olib chiqqan Viktor Dyekeresh «sherlar» safidan joy oldi. 20 mln. yevroga xarid qilingan shvesiyalik to‘purar o‘tgan mavsumda Chempionshipdagi 46ta o‘yinda 21ta gol urgandi. Hozir u joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda 36ta gol urdi. Viktor to‘purarlik bobida 2017|18 yillar mavsumidagi Bas Dost (34) va 2018|19dagi Brunu Fernandeshdan (32) o‘zib ketdi.

Shunday salohiyatli o‘yinchilari bo‘lgan «Sporting» oldingi chiziqda yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lishiga shubha yo‘q. Bundan tashqari, «sherlar» himoya chizig‘iga ham jiddiy e’tibor qaratadilar. Tarkibda 1000 daqiqadan ko‘proq to‘p surgan 4 nafar markaziy himoyachining 3 nafari - Gonsalu Inasiu (22,1), Mateus Reys (19,7) va Usmon Diomande (19,1) raqib hujumlarini bartaraf etish bo‘yicha top-ligalar beshligida borishmoqda. Agar hozirda peshqadamlik qilayotgan «Sporting» 4 yil ichidagi ikkinchi chempionlikka erishsa, Amorim 1950 yillardagi ang­liyalik Rendolf Gelloueydan keyingi birinchi murabbiy maqomini oladi. Portugaliyada Rubenga katta umid bog‘lashgan, uni Angliyada ham intiqlik bilan kutishmoqda, OAV esa APLda ulkan muvaffaqiyatga erishgan Joze Mourinyoga qiyoslashmoqda. Darhaqiqat, Amorim «sherlar» bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oldi. Ehtimol, tez orada u portugaliyalik yangi «benazir» maqomini olar.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:45, 08.04.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик