Bugun 17 iyun, 2026 yil, chorshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 1:1
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • 2:2
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
      • 18.06.2026 01:00
      • Angliya
      • -:-
      • Xorvatiya
      • 18.06.2026 04:00
      • Gana
      • -:-
      • Panama
      • 18.06.2026 07:00
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Kolumbiya
      • 18.06.2026 21:00
      • Chexiya
      • -:-
      • JAR
      • 18.06.2026 23:59
      • Shveysariya
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 1 1
2 Yangi Zelandiya 1 1
3 Belgiya 1 1
4 Misr 1 1

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Saudiya Arabistoni 1 1
2 Urugvay 1 1
3 Ispaniya 1 1
4 Kabo-Verde 1 1

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
1-тур Belgiya 1-1 Misr
1-тур Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
1-тур Eron 2-2 Yangi Zelandiya

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 17.06.2026

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      10:00 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Бешикташ".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Паранаэнсе" - "Куритиба".
      14:00 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Фенербахче".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Шапекоэнсе".
      18:00 Чемпионат Испании. Итоги сезона.
      20:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Фламенго".
      00:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      04:00 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 17.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Классический лук. Команды.
      12:50 "География спорта". Ногинск.
      13:20 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP Formula 4. Гонка 2.
      14:30 Д/ф "Шахматные партии Холодной войны", 1 с. "Радиоматч СССР - США".
      15:10 "Непобедимый".
      15:40 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Гала-концерт.
      17:50 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:30 "Вопреки всему".
      21:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
      23:10 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Классический лук. Команды.
      01:20 "Непобедимый".
      01:45 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP Formula 4. Гонка 2.
      02:50 "Парусный спорт".
      03:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 17.06.2026

      05:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      06:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      08:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Австрия - Иордания. Прямая трансляция.
      11:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:05 Новости.
      12:10 Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал.
      14:20 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      15:10 Новости.
      15:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:45 Футбол. Чемпионат мира 2026. Аргентина - Алжир.
      17:55 Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия.
      20:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      20:35 Новости.
      20:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Португалия - ДР Конго. Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Англия - Хорватия. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Австрия - Иордания.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 17.06.2026

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Женщины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Велоспорт. "Велошоу".
      08:00 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.
      09:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      11:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.
      12:35 Велоспорт. "Велошоу".
      13:05 LIVE Велоспорт. Женщины. Тур Швейцарии. Этап 1. Прямая трансляция.
      15:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.
      16:30 LIVE Велоспорт. Тур Словении. Этап 1. Прямая трансляция.
      18:45 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 1. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. Тур Швейцарии. Этап 1.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Уэльса в Лландидно, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      23:30 Велоспорт. "Велошоу".
      00:00 Велоспорт. Тур Словении. Этап 1.
      01:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 1.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Шпага. Мужчины. Финал; Сабля. Женщины. Финал.
      04:00 Велоспорт. Тур Словении. Этап 1.
      04:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: Mashhur sulola davomchisi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xyoness familiyasi Germaniyadagi taniqli shariflardan biri, Sebastyan Xyoness esa murabbiy sifatida top-mutaxassislar davrasidagi yangi nom.

Biroq sanoqli oylar ichida uning dovrug‘i mamlakat sarhadlaridan chetga chiqishiga shubha yo‘q. Chunki navqiron murabbiy rahbarligida kamtarin «Shtutgart» Bundesligada sovrindor uchlikda bormoqda, ochkolar bo‘yicha «Bavariya» bilan tenglashib oldi va Yevropa futbol jamoatchiligi e’tiborini qozondi.

Samarali faoliyati tufayli Sebastyan o‘tgan oyda klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi, hanuzgacha bo‘sh qolayotgan «Bavariya»ning bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlari qatoridan joy oldi. Xullas, u qachondir qadrdon shahri va 30 yil amakisi Uli Xyonnessdan saboq olgan klubiga qaytishi ham hech gapmas.

41 yoshli murabbiyning futbolchilik faoliyati amakisi Uli yoki keyinchalik uzoq vaqt «Gerta» va «Volfsburg»da turli lavozimlarda ishlagan otasi Diterning «Bavariya»dagi faoliyati kabi muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Buning o‘rniga kichik Xyonness 27 yoshida yashil maydonni tark etdi va asosiy e’tiborini murabbiylik ilmiga jalb etdi.

Yangi sohadagi ilk qadamlarini Berlinning «Gerta Selendorf» klubida boshlagan Sebastyan keyin «RB Leypsig» yoshlar akademiyasida ishladi va shundan keyin «Bavariya» tizimiga yo‘l oldi.

Kenja Xyonnessning «Bavariya» zaxira jamoasidagi davri omadli bo‘ldi. Uning jamoasi Germaniya chempionatining 3-divizionida g‘oliblikni nishonlab, shu paytgacha biron-bir zaxira jamoa takrorlay olmagan natijani qayd etdi. Biroq qoidaga binoan, zaxira jamoalari 2-Bundesligaga ko‘tarila olmaydilar. Murabbiylik davrida Sebastyan birinchi navbatda yosh iqtidorlarni «Bavariya»ning asosiy tarkibiga tayyorlashga e’tibor qaratdi. Uning shogirdlari esa nisbatan tajribaliroq raqiblariga qarshi munosib to‘p surish bilan murabbiy ishonchini oqladilar.

«Muvozanat juda muhim. Axir biz futbol haqida gapiryapmiz. Emosiya uning bir qismi. Lekin uning yana bir qismi - kerakli paytda vaziyatga to‘g‘ri baho berish, his-tuyg‘ularga berilmasdan, to‘g‘ri qarorga kelish», - degandi Sebastyan o‘sha damlarda. Kenja Xyonness mashhur amakisi kabi «dahanaki jang»­dan kechmaydigan, dilidagini tiliga chiqaradigan dangalchi emas. U o‘zini xotirjam tutgan holda o‘z ishlari va shogirdlarining qobiliyatini tahlil qiladi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan forig‘ bo‘lish tadorikini ko‘radi. Lekin uning vazmin fe’l-atvorida yashirin alanga ham yo‘q emas. Nemis OAV Sebastyanni «O‘zgacha Xyonness» sifatida e’tirof etishadi.

Xyonnesslar oilasining barcha a’zolarida buyuklikka moyillik bor. Ular Bundesligada shunchaki, ishtirok etishni emas, uni boshqarishni istaydilar. Sebastyanning elitadagi murabbiylik deb­yuti uning uchinchi ligadagi ijobiy natijasidan ilhomlangan «Xoffenxaym»da bo‘ldi. Tomonlar uchun bu anchayin qaltis qadam bo‘lsada, yakunda murabbiy hozir ham unga shunday imkoniyatni bergan izzattalab jamoadan minnatdor ekanligini Sebastyan hozir ham takrorlashdan charchamaydi.

2022 yilda «Xoffen-xaym»­ni tark etgan mutaxassis 10 oylik tanaffusdan keyin «Shtutgart»da yangi sahifani ochdi. Ochig‘i, u jadvalning quyi qismidagi jamoani qabul qilgan bo‘lsada, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira oldi. Boz ustiga, «Shtutgart» uch marta Bundesligada g‘olib chiqqan jamoa. Lekin hozir jamoaning avvalgi moliyaviy qudrati yo‘q, qaysidir ma’noda u nemislar «Brayton»iga aylanib qolgan. Bu qiyoslash bejiz emas.

Kenja Xyonnessning e’tiroficha, u «chaykalar» ustozi Roberto De Zerbining o‘yin falsafasi va taktik g‘oyalaridan ilhom oladi, kasbdoshi bilan uchrashgan paytlari ham bo‘lgan.

Darhaqiqat, «Shtutgart»ning himoya chizig‘idagi harakatlari, raqiblar xatosidan foydalanishga urinishlari bilan «Brayton»ning uslubida o‘xshashliklar ko‘p. Jamoa yuqori pressing yordamida raqibini jarima maydonchasiga qisib qo‘yishga intiladi, buning uchun yarim himoyachilar va markaziy himoyachilarni ham jalb etadi.

To‘g‘ri, Bundesligadagi bosh­qa jamoalar kabi «Shtutgart» ham himoyaviy uslubni qo‘llab, tezkor qarshi hujumlardan foydalanishi ham mumkin edi. Biroq bu uslubning salbiy jihatlari «Xaydenxaym»ga qarshi bellashuvda yaqqol namoyon bo‘lgan va 0:2 hisobida ortda qolayotgan raqibning 3:2 hisobidagi ajoyib kambeki isbotlagandi. Lekin Sebastyanning hujumkor futboli tufayli jamoa muvozanatni tiklab, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Xyonness bir yil avval «Shtutgart» boshqaruvini o‘z zimmasiga olgandi. Uning faoliyatiga ijobiy baho berish o‘rinli bo‘ladi. Ayniqsa, jamoaning hozirgi moliyaviy holatini inobatga olganda. «Shtutgart» yozgi transfer darchasida Kostantinos Mavropanos va Vataru Endoni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Boshqa tomondan, Xyonness sport direktori Fabian Volgemut va klub boshqaruvi raisi Aleksandr Verle bilan hamkorlikda yangi o‘yinchilar, birinchi navbatda, hujumchi Deniz Undavani, shuningdek, chap qanot fulbeki Maksimilian Mittelshtadt va yarim himoyachi Anjelo Stillerni tarkibga jalb etdi.

Qizig‘i shundaki, Mittelshtadt ham xuddi jamoaning eng yaxshi to‘purari Siru Girassi kabi o‘z faoliyatining ayrim bosqichlarida omadsiz futbolchilar safida bo‘lgan. Berlinlik futbolchi jonajon shahrining «Gerta» jamoasidagi 9 yillik davrida o‘z salohiyatini to‘liq namo­yish eta olmagandi. Shtutgartdagi 9 oylik ishtirokidan keyin Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanndan chorlov oldi va bo‘lajak Yevro-24 turnirida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Girassi esa Bundesliga doirasidagi 23 uchrashuvda 25ta gol urdi. Hozir u APL grandlari nishonida.

«Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi muddatini 2027 yilgacha uzaytirayotgan pallada, keyin mavsum ancha­yin murakkab bo‘lishini Sebastyan avvaldan his etgan bo‘lsa, ajabmas. Sababi, uning zimmasiga yuklanadigan vazifalar ko‘paydi, shogirdlari esa transfer bozorida xaridorgir futbolchilar qatoridan joy olishdi. Shu nuqtai-nazardan olganda, Xyonness «Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan bir qayiqda ketayotgandek, go‘yo. Chunki aynan shu juftlik yangi mavsumda ishlari rejadagidek ketmasligidan xavotirlanib, manfaatli takliflarni rad etdi.

Biroq bu yuksak talablar Xyonness va uning izzattalab jamoasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha, ma’lum emas. O‘zining intiluvchanligi bilan Sebastyan o‘z vazifasini bekami,ko‘st ado etishda davom etgan holda, klub mutasaddilaridan jamoaning raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun uni va Volgemutni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni talab etishi aniq.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:33, 23.04.2024. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик