Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 01.12.2025 00:45
      • Roma
      • 0:1
      • Napoli
      • 02.12.2025 00:45
      • Bolonya
      • 1:3
      • Cremonese
  • La-liga
      • 01.12.2025 01:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 02.12.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Valensiya
      • 03.12.2025 01:00
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 03.12.2025 23:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 03.12.2025 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Everton
      • 03.12.2025 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 03.12.2025 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 14 34
2 Real Madrid 14 33
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 14 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 14 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xetafe 1-0 Elche
14-тур Malyorka 2-2 Osasuna
14-тур Barselona 3-1 Alaves
14-тур Levante 0-2 Atletik Bilbao
14-тур Atletiko 2-0 Real Ovyedo
14-тур Real Sosyedad 2-3 Vilyarreal
14-тур Sevilya 0-2 Betis
14-тур Selta 0-1 Espanyol
14-тур Jirona 1-1 Real Madrid
14-тур Rayo Valyekano 1-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Duranglar sindromi – xavfli "kasallik"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Durang sindromi jamoa uchun chempionlikka bel bog‘laganda juda xavfli "kasallik" hisoblanadi. Hatto omon qolish uchun kurashayotgan klublar uchun ham bahsning ketma-ket durang natija bilan yakunlanishi salbiyroq omil hisoblanadi. Ko‘rinishidan, siz har bir turda muntazam ravishda ochko to‘playsiz, ammo raqiblaringiz ketma-ket bir nechta o‘yinlarda g‘alaba qozonish orqali sizdan osongina o‘zib ketishlari mumkin.

Bu tezisdagi yagona istisno - Premyer-ligada afsonaviy 2003-2004 yilgi mavsumda bir marta ham mag‘lub bo‘lmagan Londonning "Arsenal" jamoasi bo‘lishi mumkin. Ammo bu yerda ham hamma narsa nisbiy, o‘rtacha hisobda "kanonirlar"ning har 3 o‘yini durang bilan yakunlangan va qisman shu tufayli ligada to‘plangan ochkolar bo‘yicha rekordga erishilmagan.

Bugun Yevropaning top 5 ligasida ushbu "kasallik" bilan kasallangan barcha "bemorlar" xususida so‘z yuritamiz.

APL

Biz uzoqqa bormaymiz. "Nyukasl" o‘sha mavsumda 17 marta durang o‘ynadi, bu "qarg‘alar"ning Chempionlar ligasiga yo‘l olishiga to‘sqinlik qildi va to‘rtinchi o‘rindagi "Liverpul"dan atigi to‘rt ochko ortda qoldi. Kim biladi deysiz, agar "qora-oqlar" kamida ikkita durangni g‘alabaga aylantirganda, aynan ular 2004-2005 yillardagi Chempionlar ligasiga yo‘l olishgan bo‘lardi.

2014-2015 yilgi mavsumda «Sanderlend» 11 yil oldingi jug‘rofiy qo‘shnilari «Nyukasl»ning shubhali yutug‘ini takrorladi va bu yerda «qora mushuklar» uchun duranglar sindromining foydaliligini to‘g‘ri baholash qiyin. Bir tomondan, Angliya shimolidagi klub oxirgidan bitta oldingi «Byornli» (7 tadan) bilan bir qatorda eng kam g‘alabaga erishdi va ochkolarning sekin to‘planilishi omon qolish uchun kurashda yomon ta’sir ko‘rsatdi. Ya’ni faqat durang emas, balki g‘alabalar ham juda kam edi. Boshqa tomondan, pastga tushib ketish zonasidagi farq bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etdi va 18-o‘rindan pastga tushib ketgan «Xall Siti» so‘nggi 4 o‘yinda atigi bir ochko to‘pladi va «Sanderlend»dan yaxshiroq to‘plar farqini saqlab qoldi (Premyer-ligada, ochkolar teng bo‘lgan taqdirda, birinchi navbatda to‘plar farqi hisobga olinadi). Dik Advokat jamoasi uchun 16-o‘rin mavsumning umuman ijobiy natijasidir, biroq agar so‘nggi turlarda raqiblariga omad kulib boqsa, rekord darajadagi duranglar omon qolish uchun kurashda langar bo‘lishi mumkin edi.

Nihoyat, g‘alati rekordning uchinchi egasi 2011-2012 yilgi mavsumda "Aston Villa" bo‘ldi. Xuddi shu 17 durang Birmingem jamoasini Chempionshipga deyarli olib ketgandi. Oxirgi 6 uchrashuvda “sherlar” bor yo‘g‘i 3 ochko (albatta, bir marta ham g‘alaba qozona olmay) qo‘lga kiritib, bu orqali raqiblariga o‘zidan oldinga o‘tish imkoniyatini taqdim etishdi. Ammo eng muhim pallada 18-o‘rindan tushib ketgan "Bolton" ham kutilmaganda "Villa" kasalligiga chalindi va chempionatning so‘nggi 6 o‘yinida to‘rt marta ochko bo‘lishdi. Ajablanarlisi shundaki, "Bolton" butun mavsum davomida bor-yo‘g‘i 6 marta durang o‘ynadi. Natijada, Birmingem jamoasi 16-o‘rinda qoldi. 

La Liga

La Ligada kerakli ikki ochkolarni yo‘qotish bo‘yicha mutlaq chempion 2015-2016 yilgi mavsumda "Deportivo" bo‘lgan. Galisiyaliklar 18 ta durang qayd etishgan va bu o‘sha davrda ularning taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan. La-Korunya klubi uchun yo‘qotilgan 36 ochko mavsumni 15-o‘rinda yakunlashiga to‘sqinlik qilmadi, quyi zonadan 4 ochkolik farq bor. Boz ustiga, 18-o‘rindan tushib ketgan “Rayo Valyekano” galisiyaliklardan bitta o‘yinda ko‘p g‘alaba qozondi, ammo duranglar soni bo‘yicha ancha kam (18 taga qarshi 11) edi. "Deportivo" esa na o‘yin sifati, na resurslar bo‘yicha yuqori o‘rinlarga (masalan, yevrokuboklar uchun kurash) intilmadi.

A Seriya

"Empoli" Apennin orollarida eng do‘stona klub bo‘lib chiqdi, u yerda "ko‘klar" Ispaniyadagi "Deportivo" bilan bir xil natijaga erishgan, faqat ular buni bir mavsum oldin bajargan. Qiziqarli fakt: “Empoli” ham, “Deportivo” ham bir xil ochko jamg‘argan holda o‘z chempionatlarida 15-o‘rinni egallashdi – 42. To‘g‘ri, italiyaliklarning quyi zonadan 8 ochko farqi bor edi, shuning uchun bu holatda durang sindromi yo‘q edi desa ham bo‘ladi. 

Bundesliga

2008-2009 yilgi mavsumdagi "Arminiya" ishi ushbu futbol kasalligining barcha kamchiliklarini ta’kidlaydi. Biyelefeld klubi juda sokin o‘yinlari uchun oxirgi o‘rinni egalladi va Bundesligada 16 marta durang qayd etdi. Yorg Berger shogirdlari eng so‘nggi o‘rinni egalladi va 15-o‘rindagi Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan atigi 3 ochko ortda qoldi xolos va duranglar qurboniga aylandi. Eslatib o‘tamiz, shu yili "Bavariya" chempionlikni qo‘lga kirita olmadi. 

Kiritildi: 18:01, 26.04.2024. O'qildi: 767 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 14
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Мальорка Vedat Muriki 8
4 Барселона Ferran Torres 7
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Эспаньол Pere Milya 5
9 Бетис Kucho Ernandes 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.