Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kichik do‘stlar uchun katta ishlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sport klublari hayvonlarga qanday yordam beradi?

Biz sport faqat kishilar uchun, degan aqidaga ko‘nikib qolganmiz. Biroq o‘zgacha fikrlaydigan klublar va kompaniyalar ham borki, o‘z yondashuvlari bilan yanada ko‘proq muxlislar e’tiborini jalb etadilar. Ularga insonning yaqin do‘sti bo‘lmish jonivorlarga bo‘lgan munosabat ko‘mak beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya aholisining 61 foizi uy hayvonlariga ega. Demak, sport tashkilotlarida jonivorlarga nisbatan ijodiy tashabbus bilan yondashuv orqali millionlab muxlislar qalbini zabt etish imkoniyati bor. Muhimi - jonivorlarga mehr-oqibatli bo‘lish. Bu borada veterinariya klinikasi bosh qa bir qator muassasalar hamkorlik qilishlari mumkin. Quyidagi hikoyamiz har qanday kishi qalbini eritib yuboradigan samarali hamkorliklar haqida.

«Jirona» o‘yinlariga jonivorlar bilan kelish mumkin

Joriy mavsumda Ispaniyaning «Jirona» klubi o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikni lol qoldirmoqda. Bundan ikki yil avval jamoa jonivorlarni parvarish qilishga ixtisoslashgan «Gosbi» kompaniyasi bilan hamkorligi orqali tanilgandi. Misol uchun, «Jirona»ning uy stadionida kuchuk bilan keladigan muxlislarga alohida hudud ajratilgan!

Shuningdek, klub ramzi bo‘lmish qo‘g‘irchoq yonida haqiqiy va o‘ta yoqimtoy tumor - Kanya ismli labrador ham bor. Uzun dumli jonivor jamoaning ko‘plab tadbirlarida ishtirok etadi. Lekin eng asosiysi, «Jirona» - «Gasbi» hamkorligining sezilarli qismi jonivorlar parvarishiga, oziq-ovqat va dori-darmonlarga sarflanadi.

«Ovyedo» klubi esa «Jirona»dagi kasbdoshlaridan o‘rnak olgan holda, veterinariya klinikasi bilan hamkorlikda o‘zining jonivorparvar muxlislari uchun chegirmali dasturni joriy etdi.

Kuchuklar uchun VIP-loja

MLS vakili bo‘lmish «Sent-Luis» klubi «Purina» brendi bilan birgalikda keng ko‘lamli yumushni amalga oshirdi: kuchuksevar ishqibozlar endi o‘yinlarni tomosha qilishayotgan pallada, ularning suyukli jonivorlari maxsus hududda chopib o‘ynashlari, turli yeguliklarni tamaddi qiladilar.

«Ostin»ning har o‘yinida - yangi baroq kuchukcha

Sent-Luisdan ortiqcha uzoqlashmagan holda, Ostinga nazar tashlaymiz. U yerdagi shaharga nomdosh jamoa Austin Pets Alive ko‘magida 61ta kuchukchaga boshpana topdi. O‘z maydonidagi uchrashuvlar arafasida o‘z uyi­ni izlayotgan baroq kuchukcha klub tumori vazifasini ado etadi. Qarang-a, emosiya umidida kelib, uzoq yillik do‘stini topib oldi. Bundan yaxshiroq yana nima bo‘lishi mumkin?!

Kuchuklar tashrif bo‘yicha  rekordlarni yangilashmoqda

«Klivlend Monsterz»ning o‘yiniga 505ta kuchuklar kelganiga nima deysiz? Biz ham u yerda o‘tirgan ishqibozlar uchun maydonda kechgan bellashuvda nimalar yuz berganining umuman ahamiyati yo‘q, degan qarorga keldik: ularning butun diqqat-e’tiborini tribunalardagi baroq jonivorlar band etishgandi.

Argentinada kuchuklar uchun tanishuv xizmati tashkil etildi

Argentina Primerasida barcha klublar ishtirokidagi antiqa tadbir - jonivorlar bilan yuruvchi muxlislarning tanishuv marosimi o‘tkazildi. Unda yangi do‘stlarga ega bo‘lishadi va hayvonlarga mo‘ljallangan tadbirlarda ishtirok etadilar. Bundan tash­qari, har bir jonivor sevimli klubining ramzi tushirilgan bo‘yinbog‘ bilan taqdirlanadi.

Xokkeydagi jarima daqiqalari  +10 kg. ozuqa

E’tiborli jihati shundaki, Rossiya sportida jonivorlar parvarishiga ko‘mak ko‘rsatish va klublarning xayrixohlik tadbirlaridagi ishtiroki tobora faollashib bormoqda. Masalan, «Traktor» xokkey klubi o‘z o‘yinchilarining o‘yindan chetlatilgan har bir daqiqasi uchun 10 kg.dan ozuqa ajratib, jonivorlar pitomnigiga jo‘natadi. Raqib darvozasiga imkon qadar ko‘proq shayba urish istagidan voz kechib, maydondan chetlatishlarini kutish - kamdan-kam uchraydigan holat. Biroq uy hayvonlariga ko‘rsatilayotgan muruvvatni inobatga olganda, Chelyabinsk klubiga doimo faqat g‘alaba tilash mumkin.

Kuchukchalar xokkeyda

Jonivorlarga muruvvat ko‘rsatishda «Sibir» xokkey klubi ham befarq emas. Uning «Amur»ga qarshi bellashuvi 4 oyoqli muxlislari guvohligida o‘tdi. Xokkeychilar ular bilan suratlarga tushib, erkalab ardoqlashdi.

Basketbolda ozuqa jamg‘arish udumi

«Runa» basketbol klubi Viking («Viking» - jamoa laqabi) laqabli kuchukchani o‘z qaramog‘iga olgan va uy uchrashuvlari arafasida u uchun ozuqa yig‘ardi. Tez orada muxlislar ham tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga kirishdilar: bitta o‘yinda to‘plangan yemish 100 kg.dan oshib ketdi. Klub esa ularni «Xaski xelp» nomli hayvonlar pitomnigiga topshirishga odatlandi.

«Kuchuklarga uyda mazza»: «Zenit»ning xayriya tadbiri

«Zenit» klubi tomonidan namoyish etilgan tadbir Rossiya sportidagi eng yorqin tashabbus sifatida e’tirof etildi. Unda futbolchilar maydonga kuchukchalarni ko‘tarib olgan holda chiqib, muxlislar e’tiborini boshpanasiz jonivorlarga jalb etdilar. Tadbirning ovozasi qariyb butun dunyoni zabt etdi: 433 va ESPNdan tortib, ijtimoiy tarmoqlaru Vyetnamning VTV telekanaligacha uni yoritishda bosh-qosh bo‘ldilar.

Zikr etilgan ajoyib voqealar muxlislar auditoriyasini yanada kengaytirish bilan birgalikda, muhim insoniy fazilatni hayotga tatbiq etishga chorlaydi. Majoziy ma’noda aytganda: barchani qutqarishning iloji yo‘q, lekin asrab qolishning doimo iloji bor!

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:47, 26.04.2024. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик