Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"MYU"da "non topa olmaganlar" uyga qaytish yo‘lida mehnat qilmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida "Manchester Yunayted" futbolchilarining ijara asosida boshqa klublarda qanday o‘ynayotganlari haqida so‘z yuritamiz.

Meyson Grinvud

Klub: "Xetafe"
Mavsumdagi o‘yinlar: 31
O‘rtacha daqiqalar: 79
Gollar: 10
Asist: 6

Meyson Ispaniyada juda yaxshi mavsum o‘tkazmoqda. Ammo dastlab Grinvud bilan yuz bergan vaziyat futbolchining butun kelajakdagi faoliyatini barbod qilishi mumkindek tuyuldi. Hujumchining “Yunayted”ga qaytishini istardik, chunki Antoni umidlarni oqlamayapti, Reshford beqaror, hujumda Rasmus Xyoylund yo‘qligida aynna Grinvud jamoaga yordam bera oladi. Angliyalik futbolchi hozirda 15 million yevroga baholanmoqda, biroq klub futbolchini sotishga qaror qilsa, hujumchi uchun bir necha barobar ko‘proq pul so‘raydi va shunga qaramay, men Meysonning klubda qolishini xohlayman.

Jeydon Sancho

Klub: "Borussiya" D
Mavsumdagi ko‘rsatkichlar (bundan keyin "Manchester Yunayted" uchun o‘yinlar bundan mustasno): 19
O‘rtacha daqiqalar: 65
Gollar: 3
Assistlar: 2

Vingerning statistik ma’lumotlari juda ta’sirli bo‘lmasa-da, Jeydon dortmundliklarning hujumiga kreativlik qo‘shdi. Angliyalik futbolchi avvalgi yillardagi formasiga qaytmagan bo‘lsa-da, "Yunayted"dagiga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinmoqda. Katta ehtimol bilan klub hozirda 25 million yevroga baholangan vingerni shu yozda sotishga harakat qiladi. Ingliz uchun 50+ million yevro ishlab olish juda zo‘r bo‘lardi.

Fakundo Pelistri

Klub: "Granada"
Mavsumdagi o‘yinlar: 10
O‘rtacha daqiqalar: 80
Gollar: 2
Assistlar: 2

O‘ng qanot himoyachisi Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynadi, ammo baribir tarkibdagi o‘rin uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi. Shuning uchun qishda u Ispaniyaga ijaraga o‘tdi va u yerda doimiy ravishda o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 10 million yevroga baholangan.

Brandon Uilyams

Klub: "Ipsvich"
Mavsumdagi o‘yinlar: 17
O‘rtacha daqiqalar: 56
Gollar: 2

Chap qanot himoyachisi chempionshipda o‘ynaydi. Menimcha, jamoaga hozir Brendon kerak bo‘lardi, ammo keyingi mavsumda "Yunayted"da o‘ynash imkoniyati kam. Himoyachi 2,5 million yevroga baholanmoqda.

Donni Van De Bek

Klub: "Ayntraxt Frankfurt"
Mavsumdagi o‘yinlar: 8
O‘rtacha daqiqalar: 45

Bundesligada ham niderlandiyalik uchun hech qanday unumli kunlar kelmadi. Joriy yilning yanvar oyida ijaraga olingan futbolchi katta ehtimol bilan, yozda kam pulga sotiladi. U 7 million yevroga baholangan.

Alvaro Fernandes

Klub: "Granada" va "Benfika"

Mavsumdagi o‘yinlar: 14+13
O‘rtacha daqiqalar: 40+37
Gollar: 1

Mavsumning birinchi yarmida u Ispaniyada, endi esa Portugaliyada ijarada o‘ynaydi. Agar chap qanot himoyachisi hozir "MYU"da bo‘lganida, u albatta o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritardi. U 7 million yevroga baholangan.

Daniel Gor

Klub: "Port Veyl"
Bu mavsumdagi o‘yinlari: 1
O‘rtacha daqiqalar: 54

Denielni mavsumoldi o‘yinlarida Ten Xag sinab ko‘rdi. Markaziy yarim himoyachi yetarlicha ishonchli ko‘rindi, ammo baza uchun biroz xom deb topildi. Yigit endigina 19 yoshda, ammo uning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida. Bu qishdan beri ijaraga olingan futbolchi 900 ming yevroga baholangan.

Gannibal Mejbri

Klub: "Sevilya"

Mavsumdagi o‘yinlar: 4

O‘rtacha daqiqalar: 22

Yanvar oyida hujumkor yarim himoyachi Ispaniyaga jo‘nab ketdi, ammo o‘yinlarda deyarli ko‘rinmadi. Uning keyingi mavsumda jamoada bo‘lish bo‘lmasligi hozircha noma’lum. U 12 million yevroga baholangan.

Uill Fish

Klub: "Xibernian"
Mavsumdagi o‘yinlar: 44
O‘rtacha daqiqalar: 86
Gollar: 1
Assistlar: 2

Markaziy himoyachi Shotlandiya chempionatida ijara asosida o‘ynaydi. U "Xibernian" uchun muhim futbolchi. 550 ming yevroga baholangan.

Radek Vitek

Klub: "Akrington"
Mavsumdagi o‘yinlar: 18
O‘rtacha daqiqalar: 90
O‘tkazib yuborilgan gollar: 30
"Quruq" o‘yinlar: 4

Darvozabon yanvar oyidan beri Angliyaning ikkinchi ligasida to‘p tepmoqda. 300 ming yevroga baholangan.

Jo Xyugill

Klub: "Berton Albion"

Mavsumdagi o‘yinlar: 18
O‘rtacha daqiqalar: 54
Gollar: 1
Assistlar: 3

Hujumchi yanvar oyidan beri Angliyaning ikkinchi ligasida to‘p tepmoqda. Hujumchiga yoshlar jamoalarida o‘ynaganida katta umidlar bo‘lgandi, ammo hozir u kamtarin "Berton"da unchalik foydali ish qilmayapti. U 200 ming yevroga baholangan.

Ris Bennet

Klub: "Stokport Kaunti"
Bu mavsumdagi o‘yinlari: 1
O‘rtacha daqiqalar: 90

Markaziy himoyachi yaxshi o‘sish ko‘rsatdi. Ten Xag futbolchini juda maqtagan, uni o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushirgan va himoyachi xizmatlaridan kubok o‘yinlarida foydalanmoqchi bo‘lgan, ammo jarohatlar va o‘yin formasini yo‘qotish bunga imkon bermagan.

***

Bu futbolchilardan qaysi biri ayni damda jamoaga yordam berar edi?

Kiritildi: 12:27, 03.05.2024. O'qildi: 3502 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.