Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • 0:0
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • 1:1
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 1:1
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • 2:2
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 1 1
2 Yangi Zelandiya 1 1
3 Belgiya 1 1
4 Misr 1 1

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Saudiya Arabistoni 1 1
2 Urugvay 1 1
3 Ispaniya 1 1
4 Kabo-Verde 1 1

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
1-тур Belgiya 1-1 Misr
1-тур Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
1-тур Eron 2-2 Yangi Zelandiya

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.06.2026

      06:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      08:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Ботафого".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Минейро".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      13:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      17:45 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия. Прямая трансляция.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      01:10 "Непобедимый".
      01:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      02:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      03:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.06.2026

      05:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия. Прямая трансляция.
      08:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Саудовская Аравия - Уругвай.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. German Masters в Берлине. Финал. Сессия 2.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 Велоспорт. Женщины. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      19:30 Велоспорт. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      20:30 Велоспорт. "Велошоу".
      21:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Друскининкае, Литва. День 1. Прямая трансляция.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 3. "Desafio Ruta 40 YPF" в Аргентине. Обзор.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Рапира. Женщины. Финал; Сабля. Мужчины. Финал.
      04:00 Велоспорт. "Велошоу".
      04:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandar Pavlovich: "O‘z ishimni sifatli bajarsam, bas"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Aleksandar Pavlovich so‘nggi oylar yosh iste’dod maqomidan Germaniya rekordchisi - «Bavariya»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

Myunxenlik 19 yoshli futbolchi oktyabr oyi oxiridan buyon professional darajada 17ta o‘yin o‘tkazdi, shundan 10tasida boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Mart oyida esa Pavlovich ilk marta Germaniya milliy jamoasi yig‘iniga chaqirildi, to‘g‘ri, betobligi tufayli debyuti kechiktirildi. Muhimi, iqtidorli yarim himoyachi safga qaytgach, darhol «Bavariya»ning «Kyoln»ga qarshi o‘yinida maydonga tushdi. Myunxen superklubi rasmiy sayti esa umidli futbolchini maxsus suhbatga chorlab, u bilan hayotining eng qizg‘in davri, milliy jamoaga nomzod ekanligi va maqsadlari yuzasidan gurunglashdi.

«Bavariya» rahbariyati Aleksandar Pavlovich o‘yi­nidan mamnun. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Germaniya grandi futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim taklif etishga tayyor. Pavlovich va «Bavariya» o‘rtasidagi ayni shartnoma esa 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Yosh yarim himoyachi joriy mavsum Myunxen jamoasining 17ta o‘yinida qatnashib, 2tadan gol va uzatma rasmiylashtirdi.

- Salom Aleks, xavotirli betoblikdan keyin maydonga xotirjam qaytdingiz. Hozir ahvolingiz qanday?

- Mutlaqo yaxshiman! Mana, «Kyoln»ga qarshi bahsda maydonga qaytdim va bundan benihoya xursandman. Endi o‘z ustimda qattiq ishlashda davom etaman, albatta. Muhimi, bemalol shug‘ullanishga xalaqit beradigan qandaydir muammoni sezmayapman.

- Tabiiyki, xastaliklikdan keyin asosiy maqsadingiz tayin - imkon qadar sport formasini tiklash. Umuman, «Bavariya»dagi rolingizni qanday ko‘ryapsiz?

- Ha, bosh vazifam - har doim jamoaga imkon qadar sifatli tarzda yordam berish. Qaysi pozisiyada o‘ynashim, maydonda yoki tashqarida bo‘lishimdan qat’iy nazar, bu yondashuv o‘zgarmaydi. Xullas, kamolot sari yurishda bor kuchimni sarflayman. «Bava­riya»ning boshlang‘ich tarkibidan muqim joy olishning boshqa yo‘li yo‘q.

- Agar kutilmagan xastalik xalaqit bermaganida, katta ehtimolki, mart oyida Germaniya milliy jamoasidagi debyutingizni nishonlardingiz. Yulian Nagelsmann chorlovini qanday qabul qildingiz? Salomatlikka bog‘liq muammo tufayli debyutingiz kechikkanidan siqilmadingizmi?

- Germaniya terma jamoasiga nomzod futbolchilar qatoriga kirishning o‘zi katta sharaf hisoblanadi. Janob Nagelsmann men bilan bog‘langanida, ochig‘i, o‘zgacha g‘urur hissini tuydim. O‘sha holatimni to‘liq tasvirlolmayman. Ehtimolki, hech qachon o‘zimni bundan yaxshiroq his qilmagandirman. Asosiysi, murabbiy bilan samimiy suhbatlashdik va aytishim mumkinki, bir-birimizni yetarlicha yaxshi bilib oldik. Binobarin, mavsumoldi yig‘inlarida Yulianning qo‘l ostida bir necha marta mashg‘ulot o‘tagandim. Tushunarliki, xal­qaro yig‘inga borish imkoniyati topilmaganidan qattiq asabiylashdim, biroz achchiqlandim ham. Zero, jomadonni tayyorlab qo‘ygan va o‘zimni ko‘rsatishdan umidvor edim. Xullas, ancha qiynaldim, lekin keyinchalik bor diqqatni imkon qadar tezroq tiklanish va qaytishga qaratish zarurligini teran angladim. Hozir esa xotirjamman, bor e’tiborim «Bavariya» bilan oldimizda turgan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Mavsum finishida o‘zimni ko‘rsatish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilishim o‘z-o‘zidan tayin.

- Terma jamoa nomzodlari qatoriga kirish - bu so‘ng­gi bir necha oy davomidagi mehnatingiz uchun o‘ziga xos mukofot. Zero, dekabr oyi o‘rtalaridan e’tiboran muntazam ravishda boshlan­g‘ich tarkibda maydonga tushdingiz, bu orada gollaringiz hisobini ochishga ulgurdingiz, yana CHL 1/8 finalida ishtirok etdingiz. Hayotingizning eng hayajonli va qaynoq nuqtasi shumi?

- Nafaqat qaynoq va hayajonli, balki eng ajoyib davr ham. Hozir klubdagi har bir daqiqadan boricha zavqlanyapman. Axir o‘zim sevgan klubdaman, ajoyib jamoadoshlar bilan maydonda birga bo‘lish - juda qiziqarli va yoqimli.

- Ortga nazar tashlasak, taxminan 1 yilcha oldin Mintaqaviy ligada, ya’ni havaskorlar darajasida debyut qilgandingiz. Hammasi shu qadar tez rivojlanishi mumkinligini hech o‘ylab ko‘rganmidingiz?

- To‘g‘risi, bunday tezlikni anglash qiyin. Axir atigi 1 yil oldin «Gryunvalder» stadionida ilk marta maydonga tushgandim, endi esa «Bavariya»dek jamoaning 17ta o‘yinida qatnashishga ulgurdim. Bunaqasini aqlga sig‘dirish oson emas. Qisqasi, faoliyatim shunday rivojlanishini sira o‘ylamagandim. O‘zi tabiatan o‘yin­dan o‘yinga qadam bosishga mo­yilman. Ya’ni kelajakka ko‘p ham qarayvermayman.

- Havaskorlar ligasidagi sobiq jamoadoshlaringiz va murabbiylaringiz bilan aloqa saqlanib qolganmi yoki...?

- Hozirgacha sobiq jamoamning barcha o‘yinlarini imkon doirasida kuzatishga harakat qilaman. Ekran qarshisida bo‘ladimi yoki «Gryunvalder» arenasida - buning farqi yo‘q. Masalan, haligacha yigitlardan Matteo Peres Vinlyof bilan muntazam gaplashib turibman. Shuningdek, yordamchi murabbiy Teshke va fizioterapevtlar bilan ham tez-tez aloqaga chiqib turibman. Zebenerda uchrashib qolsak yoki telefonda aloqa o‘rnatsak, har doim yoqimli suhbat ketadi. O‘zaro biroz hazillashamiz ham.

- Mavsum davomida professional futbolga ko‘nikish jarayonida aynan qaysi jamoadoshlaringizga ko‘proq e’tibor qaratdingiz?

- Hammaga, chunki tarkibdagi barcha yigitlar jahon darajasidagi futbolchilar hisoblanishadi. Bunday yuqori aqliy va texnik saviya ichida hali ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak. Umuman, jamoada barcha yigitlar va murabbiylar meni juda yaxshi qabul qilishdi, o‘z yordamlarini ayashmadi.

- O‘yin uslubingizni qanday tavsiflaysiz, eng kuchli tomoningiz qaysi?

- Odatda yarim himoya markazida o‘ynashni afzal ko‘raman, chunki kurash doirasida bo‘lishni yoqtiraman. Kuchli jihatim haqida esa boshqalar gapirishgani ma’qulroq.

- Kattalar futbolida tajribangiz ko‘p emas. Qiziq, bunday xotirjamlik, erkinlikni qayerdan olasiz?

- Shunchaki, futbolni yaxshi ko‘raman va tashqi sharoitlar ta’siriga yo‘l qo‘ymayman. Maydonda o‘z ishimni sifatli bajarsam, bas.

- «Bavariya» muxlislari yanvar va fevral oylarida sizni jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishdi. Ushbu e’tirof nimani anglatadi?

- O‘yinim muxlislar tomonidan qadrlanayotganidan minnatdorman. Bu o‘z navbatida mas’uliyatni oshiradi. Umid qilamanki, kelajakda yanada tez-tez oy laureati bo‘laman.

- Mavsumning qolgan qismi uchun aniq shaxsiy maqsadingiz bormi? Jumladan, Germaniya milliy jamoasiga qayta chaqirilishni o‘ylayapsizmi?

- Qaytaraman, terma jamoa­ga nomzod bo‘lishning o‘zi ajoyib his-tuyg‘ularni taqdim etdi. Ammo hozirgi holatda to‘liq e’tiborim «Bavariya» bilan oldinda turgan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Qisqasi, klubga iloji boricha yordam berishni xohlayman. Agar buni uddalasam, ya’ni barqaror ravishda yaxshi o‘ynab tursam, o‘z-o‘zidan Nagelsmann nazariga tushaman ertami-kech.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:38, 05.05.2024. O'qildi: 810 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик