Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Globe Soccer Awards va Abdulrazzoq Hamdalla

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Al-Nasr»ning bosh yulduzi Krishtianu Ronaldu 2023 yilning bosh to‘purari sifatida Globe Soccer Awards laureatiga aylangan, ya’ni Diyego Maradona sharafiga atalgan sovrin sohibi bo‘lgandi.

G‘alati tomoni shundaki, 2019 yili aynan «Al-Nasr» safida marokashlik hujumchi Abdulrazzoq Hamdalla hammadan ko‘proq gol urgan, ammo sovrinsiz qolgan ekan. Nega?

Globe Soccer Awards - g‘alati taqdimot. Tushunarliki, Ronaldu 2023 yilni o‘ta kuchli o‘tkazdi: Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olgan super­yulduz barqaror ravishda megasamaradorlik qayd etdi - 59ta o‘yinda 54ta gol. Krish shu tariqa Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi to‘p­urariga atalgan sovringa ega chiqdi. Uni yana Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishlariga oz qoldi (ha, so‘rov shartiga ko‘ra, OFK hududida o‘ynaydigan boshqa qit’alar vakillariga ham ovoz berish mumkin). Xullas, yil yakunlari sarhisob qilinadigan va eng yaxshilar taqdirlanadigan Globe Soccer Awards marosimida portugaliyalik yulduzga 2023 yilning eng yaxshi to‘purari sifatida Diyego Maradona sharafiga atalgan maxsus mukofot topshirildi. Biroq buni hamma birdek qabul qilgani yo‘q. Xususan, arab futboli muxlislarlari kutilmaganda, ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr»da o‘ynagan yana bir legioner - marokashlik Abdulrazzoq Hamdalla natijasini eslab qolishdi. Arab matbuotida yozilishicha, u 2019 yili naq 57ta gol urgan, biroq alohida mukofot olmagan. Ma’lumot uchun, 2019 yilning rasmiy bosh to‘purari Robert Levandovski 54ta gol urgan. Xo‘sh, bu ma’lumot to‘g‘rimi? Unchalik emas. 

Deylik, transfermarkt portalida keltirilishicha, Hamdalla 2019 yili 57ta esa 54ta gol urgan. Ya’ni polshalik goleador bilan teng natija ko‘rsatgan. Barchasi qayta va sinchkovlik bilan hisoblab chiqilgach, transfermarkt talqini to‘g‘ri chiqdi: darhaqiqat, Hamdalla ham, Levandovski ham yilni 54tadan gol bilan yakunlagan. Ammo marokashlik to‘purar polshalikka nisbatan naq 23ta kam o‘yin sarflagan o‘sha natija yo‘lida! Biroq uni nega yilning bosh to‘purari sifatida e’tirof etishmagani tushunarsiz holat. To‘g‘ri, Globe Soccer Awards marokashlikni 2019 yilning eng yaxshi arab futbolchisi sifatida e’tirof etgandi. 

O‘zi Hamdalla kim? Marokash milliy jamoasining JCH-2022dagi kutilmagan muvaffaqiyati ishtirokchisi! Hozirda «Al-Ittihod»da to‘p surayotgan Hamdalla endi har jihatdan yangi klubdoshi Karim Benzemadan nusxa ko‘chirishi bilan ham mashhur. Deylik, u fransiyalik yulduz kabi qo‘lini bog‘lab oladi va quloqchin bilan yuradi. Umuman, Hamdalla g‘ayrioddiy faoliyat sohibidir. Barchasini o‘z vatanida boshlagan hujumchi keyin kutilmaganda, Norvegiya chempionatiga yo‘l oladi va u yerda 1 mavsum o‘ynaydi. Abdulrazzoq shundan so‘ng Osiyo mamlakatlari yo‘nalishida harakatlandi: Xitoy - Qatar - Saudiya Arabistoni. Hamdalla hozir Saudiya futbolida chin yulduz maqomida. Deylik, oxirgi 4ta mavsumda 3 marta mahalliy chempionatning bosh to‘purari bo‘ldi. Qolaversa, mavsum-2018/2019 yakunida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi. «Al-Nasr» libosidagi 108ta o‘yinda 112ta gol (!) urgani va klub tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda ekanligini alohida aytish kerak. 

Hamdallaning Marokash termasidagi faoliyatiga kelsak, 2012 yili debyutini nishonlagan hujumchi ortda qolgan vaqt mobaynida atigi 24ta o‘yinda qatnashgan. U 2019 yili milliy jamoada boshqa o‘ynamasligini ham e’lon qilgandi. O‘shanda mahalliy OAVda hujumchining murabbiylar shtabi bilan mojaroga borgani haqida xabarlar chiqqandi. Shundan bir necha oy o‘tgach, matbuot anjumanida bosh murabbiydan Hamdallani ortga qaytishi ehtimoli yuzasidan so‘rashganida, u jimgina hujumchining «Ins­tagram»da endi hech qachon milliy jamoa libosini kiymasligi to‘g‘risida yozgan pos­ti nusxasini ko‘rsatdi. Darvoqe, Abdulrazzoq  ushbu ijtimoiy tarmoqda 1 milliondan ko‘p obunachiga ega. Muhimi, Hamdalla Marokash termasi futbolkasini qayta kiydi. Ya’ni 3 yildan keyin, JCH-2022 arafasida jamoa tarkibiga kiritildi. Qatarda esa odatdagidek, asosan ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va hech qanday samarali harakatni amalga oshirmadi. Faqat Fransiya termasiga qarshi kechgan yarim final o‘yi­ni oxirida, hisob 0:1 bo‘lib turgan pallada yaxshi vaziyatni yo‘qqa chiqargani bilan esda qoldi. Yakunda Hamdallah yil boshida o‘tkazilgan Afrika kubogi-2023dan chetda qoldi.

2022 yili «Al-Nasr»ni «Al-Ittihod»ga almashtirgan marokashlik darhol Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi. Yozda jamoa safiga Karim Benzema qo‘shildi va klub Hamdalladan 9-raqamni fransiyalikka berishni so‘radi. Marokashlik bunga ko‘ndi va «99»ni oldi. «Jamoamizga kelgan har qanday futbolchini iliq qarshi olamiz. Axir biz professional futbolchilarmiz va ham tashqi, ham ichki raqobatga ko‘nikib ulgurganmiz», - degandi Hamdalla o‘sha payt. Mahalliy jurnalistlarning yozishlaricha esa, marokashlik hujumchi ilk kundanoq fransiyalik mashhur ampluadoshiga bog‘lanib qolgan. U endi har narsada Benzemaga taqlid qilmoqda: bir xil kiyim va naushnik, yurish-turish... Aytishlaricha, Abdulrazzoq oxirgi vaqtlar hattoki, Benzema sartaroshi xizmatidan foydalanmoqda. Marokashlik yana xuddi fransiyalik kabi o‘ng qo‘lini bog‘lab olishni ham odatga aylantirdi. Diqqatga sazovor jihati, Benzemaning uslubi yordam bermoqda: u joriy mavsum yangi kumiridan ancha ko‘p gol urmoqda.

Globe Soccer Awards 2010 yili Yevropa klublar va futbol agentlari assosiasiyasi tomonidan ko‘plab yirik homiylar yordamida ta’sis etilgan. Taqdirlash marosimi hamisha Dubayda bo‘ladi. Laureatlar muxlislar va mutaxassislar ishtirokidagi so‘rov vositasida aniqlanadi. Masalan, 2023 yili so‘rovga Franchesko Totti, Iker Kasilyas, Jennaro Gattuzo, Luish Figu, Antonio Konte va Fabio Kapello kabi mashhurlar taklif qilindi. Mish-mishlarga qaraganda, mukofot ta’sischilari qatorida Ronalduning sobiq agenti Xorxe Mendesh ham bor. Aytish kerak, Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha aynan Krish hammadan ko‘p yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan - 6 marta. Taqqoslash uchun, Lionel Messi faqat 2015 yili g‘alaba qozongan. Shuningdek, 14 yil davomida eng yaxshi futbol agentiga topshiriladigan mukofot asosan Mendeshga berildi (12 marta). 2020 yili esa Globe Soccer Awards Ronalduni asr futbolchisi, Mendeshni asr agenti sifatida tan olgandi. To‘g‘ri, qavs ichida mukofot 2001-2020 yillar uchun topshirilgani qayd etilgan. Hamdalla 54ta gol urgan vaqt Maradona sharafiga atalgan sovrin mavjud emasdi. Bu Ronaldu uchun o‘ylab topilmagan, albatta. Zero, sovrin ilk marta 2021 yili berilgan va uni Levandovski olgan. Qiziq, 2022 yili eng yaxshi to‘purar Globe Soccer Awards tomonidan negadir taqdirlanmagandi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:04, 14.05.2024. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.