Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shtefan Rayter: "Butun Avstriya nomidan o‘ynash - sharaf!"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Arsenal» CHLdagi ishtirokini chorak final raundida to‘xtatganidan so‘ng «RB Zalsburg» kelasi yili AQSH maydonlarida yangi format asosida o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, Yevropa jamoalariga ajratilgan 12ta yo‘llanmadan oxirgisi UYEFA reytingi bo‘yicha aynan Avstriya grandiga nasib etdi. FIFA rasmiy sayti vakillari shu bahona klub bosh direktori Shtefan Rayterni suhbatga chorlab, undan tarixiy voqelik taassurotlarini so‘radi. Shu tariqa taniqli funksioner «RB Zalsburg»dagi umumiy holat haqida gapirdi, yana Avstriya milliy jamoasiga ham to‘xtaldi.

— Ma’lumki, kelasi yili Klublar o‘rtasidagi JCHda 32ta jamoa ishtirok etadi. «RB Zalsburg»ning bo‘lajak turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani Avstriyada qanday reaksiya keltirib chiqardi?
— Albatta, jamoamizning Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l olgani butun mamlakatga katta quvonch bag‘ishladi. Axir keyingi yili dunyoning eng kuchli jamoalari bilan yuzma-yuz kelamiz. Boshqacha aytganda, AQSHda Avstriya futboli nomidan o‘ynaymiz. Tabiiyki, bu — katta sharaf! O‘ylaymanki, turnir chiptasini haqli ravishda oldik. Zero, «RB Zalsburg» so‘nggi yillar CHLning doimiy ishtirokchilari qatoriga kirdi. Asosiysi, muntazam ravishda Yevropaning eng yirik klublari bilan uchrashyapmiz, o‘z yurishimiz bilan dahshatli raqiblarga ham muammo tug‘dira olishimizni ko‘rsatyapmiz. Klublar o‘rtasidagi JCH yo‘llanmasi — bu «Zalsburg» oilasiga aloqador har bir kishining mehnati uchun munosib mukofot.

— Klubingizning bo‘lajak turnirdagi imkoniyati qanday, muxlislar sizlardan nima kutishmoqda?
— Hozir bu masalada dangal gapirishim qiyin. Bir tomondan, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati biz uchun hali o‘rganilmagan turnir hisoblanadi. Boshqa jihatdan qarasak, AQSH geografik jihatdan Avstriyadan juda uzoq. Shunga qaramay, umidvormizki, muxlislarimiz okean ortida ham bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydilar. Qolaversa, ular o‘yinlarimizni televizor orqali qoldirmay tomosha qilishlarini bilamiz va bu ham jamoamizga ruhiy kuch bag‘ishlaydi. Umuman, yangi turnirga hozirdan qiziqish katta va o‘ylaymanki, turnir starti yaqinlashgani sari e’tibor darajasi ortib boraveradi.

— AQSHda UYEFAning eng yaxshi klublaridan tashqari, boshqa konfederasiyalar vakillari to‘planishadi. Oddiy aytganda, turli futbol maktablari to‘qnashuvi kuzatiladi. Aytingchi, «RB Zalsburg» bo‘lajak musobaqada aynan qaysi jamoa bilan kuch sinashishini ko‘proq xohlardingiz...
— Gap jahon miqyosidagi katta turnir haqida ketmoqda va qaysi raqib bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar, maydonda chinakam jang borishi ta­yin. To‘g‘ri, xilma-xillik nuqtai nazaridan qarasak, bosh­qa qit’alar jamoalariga qarshi o‘ynash nisbatan qiziqarliroq. Har holda, «Zals­burg» o‘z tarixida hech qachon bunday darajadagi rasmiy o‘yinda ishtirok etgan emas.

— Umuman, Avstriya futboli taraqqiyotiga qanday baho berasiz?
— Avstriyada klub futboli so‘nggi yillar ancha yaxshilandi. Ha, milliy ligada biz yetakchilik qilyapmiz, lekin LASK, «Rapid» va «Shturm» klublari ham xalqaro maydonda chakki ko‘rinmayapti. Hozirgi rivojlanish sur’atini pasaytirmaslik juda muhim, chunki boshqa mamlakatlarda ham klub futboli oldinga dadil qadam tashlamoqda.

— Hozirda Avstriya milliy jamoasi ham yaxshi holatda. Sizningcha, mamlakat termasini 28 yillik tanaffusdan keyin nihoyat, JCHda ko‘ramizmi?
— Avvalo, qo‘shni Germaniyada o‘tkaziladigan Yevro-2024da munosib qatnashishimiz kerak — turnirda shov-shuv ko‘tarishni xohlaymiz. Mana, Ralf Rang­nik terma jamoa bosh murabbiyi rolida qoladigan bo‘ldi. Fikrimcha, bu qaror 2026 yilgi mundial oldidan hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shaxsan men Rangnikning qolishi Avstriya futboliga o‘zgacha turtki berishiga ishonaman.

— Xo‘sh, Avstriya termasi Yevro-2024da qanday karomat ko‘rsatadi, sizningcha?
— Jamoamiz juda murakkab guruhga tushganini hisobga olsak, futbolchilarimiz oldida qiyin vazifa turibdi. Hozirgi holatda qit’a chempionatida «pley-off»ga chiqish Avstriya futboli uchun ajo­yib natija bo‘ladi, menimcha.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 15.05.2024. O'qildi: 567 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик