"Real"ning sobiq hujumchisi va PSV sobiq bosh murabbiyi Rud van Nistelroy "qirollik klubi"da Karlo Anchelotti bilan amaliyot o‘tashi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Anchelotti? Juda yaxshi, juda ochiq inson. U menga futbolda hech qanday sir yo‘qligini aytdi va barcha yig‘in va mashg‘ulotlarda ishtirok etishimni mamnuniyat bilan qabul qildi. U va uning murabbiylar shtabi juda ochiq va buning uchun ularga rahmat aytaman. “Rayo” o‘yinidan bir hafta oldin ular bilan birga bo‘ldim, “Barselona”ga qarshi “Klassiko”dan keyin tiklanish va keyingi La Liga o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini boshidan o‘tkazdim va u bilan suhbatlashish juda ta’sirli bo‘ldi.
Men u bilan PSVda men bilan nima sodir bo‘lganligi, men va menejerlar o‘rtasidagi ishonch yo‘qligi haqida gaplashdim va u menga qanday yashashni, qanday kurashishni tushunishga yordam berdi... Karlo bilan muloqot menga katta yordam berdi", - dedi van Nistelroy.
Joriy mavsumda Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelotti boshchiligida Ispaniya chempioni bo‘ldi, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.