Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldagi firiblar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ruminiya o‘zining serviqor tog‘lari, ulkan ko‘rshapalaklari va g‘ayritabiiy hodisalari bilan tanilgan, ko‘pchilik tasavvuriga nisbatan anchayin rivojlangan zamonaviy o‘lka.

Biroq mahalliy futboli badavlat emas, Georgi Hadjidan keyingi eng yorqin yulduzi bo‘lmish Adrian Mutu esa maydon tashqarisidagi aysh-ishratlari, narkotik moddalarga o‘chligi va kriminal olamining yetakchisining qiziga uylangani bilan mashhur.

Mutu Ruminiyaning nomdor klubi - Buxarestning «Dinamo» klubida to‘p surgan. Hozirda jamoa jiddiy mojaroni boshdan kechirmoqda - aql bovar qilmaydigan yolg‘onchi futbolchini qo‘lga olindi.

Uch oy muqaddam «qizil ko‘ppaklar» 30 yoshli himoyachi Edgarni xarid qilishgandi. Portugaliya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyro-2016 Olimpiadasida to‘p surgan futbolchi Gvineya-Bisauda tug‘ilgan, o‘tgan yildan beri shu mamlakat sharafini himoya qilmoqda. Biroq aslida kim o‘ynagan?

Edgar IYE iqtidorli yigit edi. O‘smirlik chog‘ida u «Sporting» maktabida tahsil olgan, keyin «Barselona»ga o‘tib, Ispaniya Kubogi bahsida Jeremi Matyo o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. Ispaniyada ishlari yurishmagach, Portugaliyaga qaytdi va Yevropa bo‘ylab sayohatga otlandi, Fransiya, Turkiya, Niderlandiya jamoalarida to‘p surdi. Start chakki bo‘lmadi, lekin taraqqiyot borasida sezilarli o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan keyin futbolchi ajdodlari yurtiga yo‘l oldi.

Buxarestning «Dinamo»sida paydo bo‘lgan qahramonimiz endi mojaro markazida. O‘zini Edgar deb tanishtirgan futbolchi gvineyalik kasbdoshi Edelinoning egizagi bo‘lishi mumkin. Akasidan farqli ravishda, u vinger. Farqi - nisbatan, bir oz zaifroq. «Sporting» maktabidan keyin saboq olishni to‘xtatdi, erkin agent maqomida klubdan klubga ko‘chib yurdi, o‘tgan yili Polshada talab darajasida to‘p sura olmay, ishsiz qoldi.

Hammasi to‘g‘ri chiqmoqda. Edgar «Dinamo» bilan kontraktga imzo chekdi, egizagi esa ishsiz. Biroq Xo‘sh, IYEning o‘zi qayerda? Raqamlar olamidagi dahshatli hodisa. Ispaniya va Fransiyada to‘p surgan futbolchi u yerdagi xalqlar tilida birorta so‘zni bilmasligi ruminiyaliklarni ajablantirib qo‘ydi. Shuningdek, o‘zini Edgar deb tanishtirgan shaxs buning isboti sifatida haydovchilik guvohnomasi yoki boshqa birorta rasmiy hujjatni ko‘rsatishdan bosh tortganligi shubhani kuchaytirib yubordi. Endi undan DNK testini talab qilishmoqda.

Agar Edelino egizak ukasining o‘rniga o‘ynagan bo‘lsa, uning ishtirokidagi barcha uchrashuvlarda busiz ham autsayderlar guruhida turgan «Dinamo»ga texnik mag‘lubiyat e’lon qilinadi. Yangi xaridning klubga keltirgan «manfaati» hozircha shu.

«Edgar» juda yomon o‘ynadi, dastlabki sabab - nima uchun uning «Barselona» maktabi va Portugaliya o‘smirlar terma jamoasidan kelganiga ishonmaganliklari. Endi undan maydonga saviyasi past akasi tushmaganligini isbotlash talab etiladi.

Egizaklar tomosha ko‘rsatishni yoqtirishadi

O‘xshash egizaklar atrofdagilar bilan hazillashishni xush ko‘radilar. Avvaliga ular ota-onalariga o‘zlarini Hasan o‘rniga Husan yoki Fotima o‘rniga Zuhra bo‘lib ko‘rinishga urinadilar. Biroq bu aldovni fosh etish qiyin emas, ota yoki ona o‘z zurriyotini juda oson va aniq farq­lay oladi. Maktabning yo‘rig‘i boshqa, u yerda hazil kutilgan samarani berishi mumkin. Tarixda egizaklar o‘z o‘qituvchilarini aldagan holatlar yo‘q emas. Hatto turmush o‘rtoqlari bilan hazillashadiganlar ham uchrab turadi. Bular kundalik turmush uchun yangilik bo‘lmasada, katta futbol uchun noodatiy hodisa. Notanishlar bilan hazillashish yanada osonroq. Chunki ularni bir necha yildan beri biladigan yaqinlari ham ba’zan adashib qoladilar. Hatto pachoq bo‘lgan burun ham muxlislarga Vasiliy Berezuskiyni ukasi Alekseydan farqlab olishlarida ko‘mak bera olmaydi. Bir paytlar Vasiliy Utkin ularning barmen bo‘lib ishlaydigan Ivan ismli ukasi borligini to‘qib chiqarganida, teletomoshabinlar bunga ishonishgan, Berezuskiylar yaqinlari esa nima uchun ular ukalarini yashirib yurganliklari haqida savol yo‘llagandilar.

Niderlandiyalik de Burlarni ajratib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sababi, ularning yuz tuzilishlari bir-biriga o‘xshamaydi. Lekin bir paytlar «MYU»da to‘p surgan Fabio va Rafael da Silvalarni farqlab olishning deyarli iloji yo‘q. Ularning ko‘rinishi ham, vazni ham, hatto keksalik alomatlari ham deyarli bir xil.

Aka-uka Miranchuklarni farqlay olmaydigan muxlislar ham juda ko‘p. Umid qilamizki, Italiya Kubogining finalida firibgarlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Aka-uka Oltintoplarda Xalilning bichimi Hamidnikidan nozikroq bo‘lsada, murabbiylar va jamoa­doshlari ko‘pincha ularni farqlashda yanglishadilar.

Ha, egizaklar nasibasi shunaqa. Biroq ayrim muxlislar futbolchining egizi borligidan tamoman bexabar bo‘ladilar masalan, bir paytlar «Real» va «Napoli»da o‘ynagan ispaniyalik Xose Kalyexonni yaxshi biladilar. Lekin u bilan bir kunda tug‘ilgan Xuanmini tanimaydilar. «Granada» hujumchisining egizi «Real» saviyasiga ko‘tarila olmay, kamtarin klublarda to‘p surdi, hozir 3- divizion jamoasida o‘ynamoqda.

JCH-1966dagi almashib olish

Futbolchilarning almashib olishlariga oid eng shov-shuvli voqea Angliya mezbonligida o‘tgan JCH-1966 turnirida kuzatilgan. O‘shanda Shimoliy Koreya terma jamoasi Italiya­ga qarshi maydonga tushgan, barcha muxlislar nomdor yevropaliklar Osiyo vakillarini osonlikcha mahv etishlarini taxmin qilishgandi. Biroq bellashuv yaqqol autsayderning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgandi. O‘yindan keyin italiyaliklar koreyaliklarni tanaffusda ikki nafar o‘yinchini yangi futbolchi bilan almashtirganlikda ayblashgandi.

U davrda JCHning final bosqichida hozirgidek o‘yinchi almashtirishlar yo‘q edi. Agar osiyoliklar chindan ham fokus ishlatgan bo‘lsalar, u o‘yin natijasiga ta’sir etishi lozim edi. Biroq bu muxlislar o‘rtasida 10 yillar davomida takrorlanib yurgan cho‘pchak, xolos. Shimoliy koreyalik futbolchilar uyga qaytganlaridan keyin muammolarga duch kelishgani esa - haqiqat. Ularni yoppasiga o‘lim lageriga jo‘natishgani esa o‘sha davrga xos bo‘lgan uydirma.

Pley-off bosqichida Shimoliy Koreya Portugaliyadan mag‘lubiyatga uchragach, qahramonlik unvonidan mahrum bo‘ldi. Lekin Italiyani yenggani va Portugaliyani 3 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur etgani tarixiy fakt bo‘lib qoldi. to‘g‘ri, keyin afsonaviy Eysebio ishga kirishib, uning jamoasi 5ta gol urdi. Shimoliy Koreya o‘yinchi almashtirgan bo‘lsa ham, baribir mag‘lub bo‘ldi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 28.05.2024. O'qildi: 2098 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.