Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempion bo‘lolmagan afsonalar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jamoaviy sport sanalmish futbolda ba’zan eng oliy unvonga loyiq iqtidor sohiblari biror marta bo‘lsada chempionlik gashtini sura olmay, faoliyatlarini yakunlashgan.

Sokrates, Bobbi Mur va Stenli Metyuz kabi allomalarni katta yoshdagi muxlislar hanuzgacha hurmat bilan tilga oladilar. Zamonaviy futbolda esa ayrim tanlab olingan klublar 2-o‘rinni o‘z monopoliyalariga aylantirib, noyob iqtidorlarni jamoaga to‘plash an’anaga aylangan. Lekin hozir ham chempionlik abadiy orzu bo‘lib qolgan g‘ayrioddiy iqtidor sohiblarini ko‘rish mumkin. Quyidagi hikoya 1992 yildan keyin faoliyat yuritgan va biron-bir chempionatda g‘olib chiqa olmagan top-futbolchilar haqida. Shuni ham ta’kidlash joizki, ular orasida yoshlik davrida 2- yoki 3-ligalarda shohsupaga ko‘tarilgan o‘yinchilar ham bo‘lishi mumkin.

10-o‘rin. Jimmi Floyd XASSELBAYNK

Ha, albatta, balki siz uchun Xasselbaynk jahon miqyosidagi superyulduz emasdir. Biroq u hozir APLning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 16-o‘rinda bormoqda. Jimmi Didye Drogba, Ian Rayt va Krishtianu Ronaldudek afsonalardan oldinda. Shuningdek, ikki karra APLning eng yaxshi to‘purari maqomida «Oltin butsa» sovrindori. Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi «Lids», «Atletiko» va «Chelsi» klublarida to‘p surgan. Lekin qo‘lga kiritgan sovrinlari chempionlik o‘rnini bosa olmaydi: Angliya Kubogi, Portugaliya Kubogi va Superkubogi.

9-o‘rin. Jeymi KARRAGER

Xuddi Stiven Jerrard kabi Jeymi Karrager ham «Liverpul»ning 2005 yilda qayd etgan YECHLdagi zafarining xonaki qahramonlari. Biroq APL shohsupasini zabt etish na unga, na Stiviga nasib etdi. Intervyularining birida Jeymi shunday degandi: «Klubdagi davrimda chempionlik unvoniga ega bo‘lmaganimiz hujjatlarda qayd etilgan. Menimcha, murabbiylar «Liverpul»ga manfaat keltirmagan transferlar xususida obdan o‘ylashib olishlari kerak». Darhaqiqat, «Karra» haq. Jamoa faqat 2020 yilda, tarkibini Virjil van Deyk, Alisson va Muhammad Saloh kabi iqtidorli o‘yinchilar ko‘magida APLda g‘olib chiqdi. «Qizillar» uning davridagi 17 yillik omadsizlikni esa «Aberto Akvilani va el-Hoji Diuflarlarning xarid qilingani bilan izohladi.

8-o‘rin. Juzeppe SINYORI

Futboldagi faoliyatini 1984 yilda nishonlagan italiyalik hujumchi «hozirgi davr» tushunchasini bir oz kengaytirib yuborgan bo‘lishi mumkin. Biroq o‘zining eng yorqin davrini 1990-yillarda «Lasio»da o‘tkazgan. O‘shanda «Beppe» «A» seriyasidagi 152ta o‘yinda 107ta gol urgan, 3 marta liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Italiyalik futbolchilar uchun oltin davr bo‘lgan 1993 yilda esa mahalliy jurnal mukofotini, liganing eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Lekin Sinyorining kabinetida chempionlik sovrini yo‘q - g‘oliblikni u «V» seriyasida, «Pyachensa» va «Fodja» safida nishonlagan.

7-o‘rin. Robbi FAULER

Robbi to‘p surgan 5 jamoaning 4tasi - «Lids», «Liverpul», «Blekbern» va «Manchester Siti» 1990 yildan keyin chempion bo‘lgan. Biroq APLda 163ta gol urgan merganga kerakli pallada kerakli jamoada to‘p surish nasib etmadi.

6-o‘rin. Jey-Jey OKOCHA

Nigeriyalik futbolchi ingliz futbolida risoladagidek to‘p surdi. Ayniqsa, hech qachon sovrinlarga da’vo qilmagan «Katta Sem» Ellardaysning «Bolton»ida. Lekin undan avval turli sovrinlarga bemalol da’vogarlik qila oladigan «Fenerbaxche» va «PSJ»dek bir qator nomdor jamoalarda ham chempionlik maqomiga erishish nasib etmadi.

5-o‘rin. Marko ROYS

Albatta, Yurgen Klopp rahbarligida birorta yirik sovringa sazovor bo‘lmagan eng yaxshi futbolchi 2012 yilda «Borussiya Dortmund» bilan shartnoma imzolagandi. O‘shanda jamoa o‘z chempionligini nishonlagan, Roys esa «Borussiya M.» safida Bundesiliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. Marko «Dortmund»dagi 121ta o‘yinda 53ta gol va 44ta assistni qayd etdi. Biroq uning debyut mavsumida «Bavariya» treblga erishdi va o‘zining qatorasiga 11ta chempionlik seriyasini boshladi. 34 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda shohsupa ostonasida turgandi, lekin «Dortmund» so‘nggi turda «Mayns»ni yenga olmay (2:2), chempionlikni boy berdi. Bu yog‘iga Roys yana shunaqa imkoniyatga ega bo‘lishi juda qiyin.

4-o‘rin. Fernando TORRES

Jahon chempioni, YECHL g‘olibi, 200ta gol muallifi. Xullas, «Atletiko», «Liverpul», «Chelsi» va «Milan» klublarining erkatoyi. Lekin shu nomdor jamoalarda ham shohsupaga ko‘tarilish Fernandoga nasib etmadi. Hatto xayrlashuv qo‘shig‘ini ijro etish uchun sahna bo‘lgan Yaponiya Jey-Ligasida ham futbolchi ikki mavsumni elitada qolish uchun kurashayotgan «Sagan Tosu» klubida o‘tkazdi.

3-o‘rin. Antuan GRIZMANN

2018 yilda Fransiya Rossiyada ikkinchi marta chempionlikka erishganida, Antuan «uch ranglilar»ning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgandi. Taajjubki, o‘shanda u «Oltin to‘p» sovrini reytingida 3-o‘rinni egallagan, sovrin esa xorvatiyalik Luka Modrichga berilgandi. Vaholanki, fransiyaliklar mundial finalida aynan Modrichning terma jamoasini 4:2 hisobida tiz cho‘ktirishgandi. Grizmann Qatar mundialida ham yuksak salohiyatini namo­yish etdi va finalgacha yetib bordi. Ayni pallada fransiyalik hujumchi «Atletiko» tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomida to‘p surmoqda va tabiiyki, rekord ko‘rsatkichini yanada yuqoriroqqa ko‘tarmoqda. Qizig‘i, Diyego Simeone 2020-21 yillar mavsumida shohsupani zabt etganida, hujumchi «Kamp-Nou»da «Barselona» sharafini himoya qilardi. O‘smirlik davrida «Real Sosyedad» bilan Segunda g‘olibi bo‘lganini hisobga olmaganda, Antuanda chempion bo‘lish imkoniyati bor. Masalan, u MLSda zafar quchishi mumkin. Lekin «Real»dek dahshatli raqobatchi sovrinni tortib olish 33 yoshli faxriy uchun og‘irlik qiladi.

2-o‘rin. Stiven JERRARD

«Eng yaxshisi, erishayotganlaring, eng yaxshisi, erishganlaring... va eng yaxshisi, qachondir erishadiganlaring». «Enfild»dagi xayriya bellashuvidan keyin Fernando Torres o‘zining azaliy qadrdoniga ijtimoiy tarmoqlar orqali shunday murojaat qilgandi. «El-Ninyo» aynan shunday o‘ylaganligi ajablanarli emas. U boqiy dunyoda ham «Liverpul»ning afsonaviy sardori bilan yashil maydondagi hamkorlikdan zavq olishini bayon etgandi. Bu qandaydir yordam so‘rash hayqirig‘i emas, axir Jerrard hamon «qizillar» tarixidagi eng yaxshi futbolchi maqomida. 19 marta chempionlikka erishgan buyuk jamoaning sardori hisobida birorta oltin medalning yo‘qligi o‘ta achinarli, albatta. Ayniqsa, 2008/09 va 2013/14 yillar mavsumida «Liverpul» deyarli shohsupada, Stivi esa Torres va Luis Suaresdek tog‘ni talqon qila oladigan yordamchilarga ega edi.

1-o‘rin. Garri KEYN

Hikoyamizdagi ko‘pchilik qahramonlardan farqli ravishda, Garrining faoliyati davom etmoqda. 30 yoshgacha birorta sovringa ega bo‘lmagan holda Angliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari maqomini qo‘lga kiritish binoyidek ko‘rsatkich. Lekin shu o‘rinda «Uch sherlar» va «Tottenxem»ning ayrim jihatlari e’tiborli: terma jamoa so‘nggi chempionlikni 1966 yilda erishgan, «taqachilar» esa 1961 yilda. Keynning davrida esa ikkala jamoa ham shohsupaga juda yaqin kelishdi. Joriy mavsumni «Bavariya»da o‘tkazayotgan hujumchi nafaqat Bundesliga, balki top-chempionatlar beshligida ham yetakchi to‘purar maqomida to‘p surmoqda. Klopp va uning «Borussiya»si endi yo‘q, lekin «Bayer» kutilmaganda mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, chempionlikni naqd qilib qo‘ydi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 03.06.2024. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик