Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Livan milliy jamoasi bilan chiroyli xayrlashuv, faqat...

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Livan milliy jamoasi JCH-2026 saralashi uchinchi bosqichiga chiqish yo‘lida qattiq kurash olib bordi.

Biroq livanliklar yakunda «I» kvartetida Avstraliya va Falastin termalaridan keyin 3-o‘rin bilan cheklanishdi va navbatdagi mundialga borishdan umid uzishdi. Vaholanki, mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy va siyosiy muammolarga qaramay, muxlislar jamoa sardori Hasan Matukning ajoyib xalqaro faoliyati yorqin g‘alaba va uchinchi raund yo‘llanmasining qo‘lga kiritilishi bilan xotima topishidan umidvor edilar. Ha, Livan futboli afsonasi milliy jamoa safidagi oxirgi o‘yinida Bangladesh termasi darvozasiga 3ta gol urdi, ammo 4:0 hisobli g‘alaba guruhda 2-pog‘onaga ko‘tarilish uchun kamlik qildi. Livanliklar aslida imkoniyatni Falastin termasiga qarshi bahs (0:0)da qo‘ldan chiqarishgandi. Agar ular 5-tur bahsida g‘alaba qozonishganida, marraga yetishardi, biroq... Matukning o‘zi shu o‘yinlardan oldin FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, jamoaning saralash dovonidagi istiqbolini chamalagan va o‘yin sifati pasaygani sababiga to‘xtalgandi. U shuning barobarida Bangladesh termasiga qarshi o‘yin o‘zi uchun xalqaro darajadagi oxirgisi bo‘lishini yashirmagandi.

- Mana, JCH-2026 saralashi ikkinchi raundi eng muhim pallaga yetdi, Livan termasi holati esa uncha yaxshi emas. Bunday vaziyatda jamoaning ruhiyati qanday? Umuman, hal qiluvchi bahslarga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘ri ketyaptimi?

- Tushunarliki, Falastin termasiga qarshi o‘yinimiz o‘ta muhim. Unda g‘alaba qozonishimiz shart, hozir butun e’tiborni shu uchrashuvga qaratganmiz. Navbatdagi bos­qichga chiqish imkoni yo‘q emas ekan, bor kuchimizni sarflashga harakat qilamiz. Asosiysi, taqdirimiz hamon o‘z qo‘limizda, bu jamoamizga yaxshigina motivasiya beradi. Falastin milliy jamoasi sezilarli darajada kuchaygan bo‘lsa-da, bu raqibni yenga olishimizga ishonaman. Umuman, har qanday arab jamoasi bilan o‘yinda imkoniyatimiz hamisha 50ga 50 ko‘rinishida bo‘ladi. Xullas, yechim bitta - mundial yo‘llanmasi uchun kurashda qolish uchun Falastin termasini mag‘lub etishimiz shart.

- Saralashning birinchi davrasida ham Falastin, ham Bangladesh termasiga qarshi kechgan o‘yinlarda qatnashgandingiz. Raqiblarning ayni holati xususida nima deya olasiz?

- Falastinliklarga qarshi birinchi o‘yinimiz juda og‘ir kechgan va yakunda durang natija bilan cheklangan edik. Yodimda, kerakli darajada o‘ynay olmagan, falastinliklar esa har tomonlama faol to‘p surishgandi. Ular Osiyo kubogida ham chakki taassurot qoldirishgani yo‘q va turnirdan ke­yin ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishdi. Deylik, jamoa tarkibini boshqa mamlakatlarda yashaydigan falastinlik futbolchilar bilan kuchaytirish siyosatini davom ettirishdi. Falastin termasidagi taraqqiyotni nazarda tutsak, bo‘lajak uchrashuv yanada murakkab tus olishi tayin. Albatta, o‘yinning har bir detalini sozlash yo‘lida murabbiylar bilan ko‘p ishladik, chunki natija naqadar muhim ekanligini barchamiz tushunib turibmiz.

- Miodrag Radulovich OK-2023 arafasida bosh murabbiy lavozimiga qaytarildi. Sizningcha, bu qadam jamoa foydasiga ishladimi yoki...? Umuman, 2015-2019 yillar oralig‘ida Livan termasini boshqargan murabbiy qanchalik o‘zgaribdi? Jamoada o‘sish kuzatildimi?

- Radulovichning qaytishi biz - futbolchilar uchun juda muhim edi. Binobarin, Osiyo kubogi boshlanishidan oldin o‘zimiz yaxshi biladigan murabbiy qo‘l ostida ishlashni xohlagandik. Har holda, Miodrag ham Livan futboli nyuanslarini tushunadi, nomzod yigitlarni yaxshi biladi. Yana bir tomoni, u bunga qadar 4 yil davomida juda samarali ish olib borgandi. Qolaversa, shundan so‘ng o‘z vataniga qaytib, Chernogoriya termasini ham yaxshi boshqardi, ijobiy natijalar qayd etdi. Xullas, Radulovichning qaytgani jamoamizga ijobiy turt­-ki bergani - ayni haqiqat.

- Oxirgi qit’a kubogida «pley-off»ga chiqish imkoniyatini hosil qildinglar, ammo guruh bosqichi so‘nggi o‘yinida Tojikiston termasiga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydinglar. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin jamoa muhitida nimalar ro‘y berdi?

- Albatta, juda og‘riqli mag‘lubiyat, axir «pley-off» chiptasi shundoq qo‘limizda turgandi. Boz ustiga, 1:0 hisobida oldinda borgan vaqt ikkinchi golni urishga ham yaqin keldik. Biroq qizil kartochka jamoaga aks ta’sir ko‘rsatdi, o‘yinimizni mutlaqo buzib yubordi. To‘g‘ri, shunda ham iloji boricha qattiq himoyalanishga urindik, ammo 10 kishi bo‘lib o‘ynash oson emasdi. Bu - og‘riqli tajriba. Oxir-oqibat, mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qildik, chunki Qatarda keyingi bos­qichga chiqolmagan bo‘lsakda, bor kuchimizni berdik, bundan qoniqish hissi uyg‘ondi.

- Ha, OK-2023da Livan termasining natijasi o‘xshamadi, lekin yaxshi o‘yini ijobiy taassurot qoldirdi. JCH-2026 saralashida esa o‘sha jonli o‘yindan asar ham ko‘zga tashlangani yo‘q. Jamoa sifat bo‘yicha keskin orqaga ketganini nima bilan izohlaysiz?

- Menimcha, murabbiyning o‘zgarishi ta’sir qildi. Qachonki, barqarorlik ta’minlanmasa, jamoada katta muammolar tug‘iladi. Falastin termasiga qarshi birinchi o‘yinimizda 2 ochko yo‘qotdik, avstraliyaliklar bilan bo‘lgan keyingi bahs­da esa ijobiy natija qayd etish imkoni past edi, ammo 0:5 hisobi yigitlarga og‘ir botdi, baribir. Lekin hozir ortda qolgan o‘yinlarni o‘ylab, afsuslanadigan vaqt emas, yaxshisi, Falastin va Bangladesh termalariga qarshi bo‘lajak bahslarga e’tibor qaratgan ma’qul. Takrorlayman, jamoa­mizda imkoniyat bor ekan, aslo bo‘shashmaymiz. Agar falastinliklarni yengish missiyasini uddalasak, keyingi bosqichga yo‘l olish imkoniyati o‘z-o‘zidan oshib ketadi.

- Livan futbolining chin afsonasi sanalasiz. Deylik, milliy jamoa libosidagi o‘yinlar va gollar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibsiz. Xo‘sh, xalqaro maydondagi natijalaringizdan nechog‘li mamnunsiz? Aytishlaricha, JCH saralashidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatingizga nuqta qo‘yishni rejalashtirayotgan ekansiz...

- O‘z mamlakati sharafini himoya qilish - bu futbolchi uchun alohida yutuq. Men esa naq 18 yil davomida Livan bayrog‘i ostida o‘ynadim. Shunday ekan, xalqaro faoliyatim bilan bemalol faxrlanishim mumkin. O‘z navbatida, Livan futbol assosiasiyasiga o‘z mamlakatim sharafini himoya qilish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoani boshqargan barcha murabbiylarga ham rahmat. O‘yinlar va gollar soni bo‘yicha Livan termasi rekordchisi ekanligim o‘z yo‘liga, asosiysi, jamoa uchun hamisha borimni berdim. Kelajak uchun hali qandaydir rejalar tuzganimcha yo‘q, ammo bangladeshliklar bilan o‘yin men uchun milliy jamoa libosidagi oxirgisi bo‘ladi.

- Terma jamoaga bog‘liq qaysi lahzalar xotirangizga muhrlandi, o‘zingizga yoqadigan muayyan o‘yin ham bormi?

- 2012-2016 yillar oralig‘ida eng yaxshi davrni boshdan kechirdik. O‘sha vaqt jamoada yoshlik shijoati va tajriba ajoyib tarzda uy­g‘unlashgandi. Livan futbol assosiasiyasi ham zo‘r qo‘llab-quvvatlab turdi. Shunga yarasha, yaxshi natijalarga erishdik, deylik, JCH saralashining yakuniy bosqichida o‘ynadik.

- 48ta jamoadan iborat JCHning yangi formati haqida qanday fikrdasiz? Sizningcha, OFK uchun 8,5ta yo‘llanma ajratilgani kelajakda Livan futboliga ham foyda berarmikan?

- Albatta, JCHda ishtirok etadigan jamoalar sonining ortishi yaxshi. Bu nisbatan kuchsiz jamoalarga ko‘proq imkoniyat yaratadi, joylarda mundialga borish ishonchini oshiradi. To‘g‘ri, OFK miqyosida Eron, Yaponiya va J.Koreya termalari hamisha saralash jarayoni favoritlari sanaladi. Saudiya Arabistonida ham mahalliy liga rivojlantirilmoqda, buyuk futbolchilar va murabbiylarning mamlakatda faoliyat yuritishlari milliy jamoani yuqori darajaga olib chiqishda qo‘l keladi. Qolgan yo‘llanmalar uchun esa xohlagan jamoa kurash olib borishi mumkin.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 03:00, 20.06.2024. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.