Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dmitriy Pletnyovning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari qanday?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Xorijiy legionerlar / Cobiq futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

«Surxon»ning Superligada «chaqilmas yong‘oq» darajasiga chiqib olganida mahalliy futbolchilar qatori rossiyalik legionerlarning hissalari ham katta.

Xususan, Dmitriy Pletnyov barqaror harakati bilan ajralib turibdi. Gap 2018 yili «Ze­nit»ni boshqargan italiyalik mashhur Roberto Manchini nazariga tushgan va Sankt-Peterburg jamoasining asosiy tarkibida bir marta ko‘rinish bergan yarim himoyachi haqida ketmoqda. Biroq «Zenit» tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi jonajon klubi safida boshqa maydonga tushgani yo‘q. Vaholanki, unga Rossiya futbolining kelajak umidi sifatida qarashgandi. Qisqasi, Pletnyov jonajon klubida imkoniyatga ega bo‘lmagach, taqdir taqozosi bilan keyinchalik Markaziy Osiyoga keldi. Yaqinda Rossiyaning championat.com sayti muxbiri «Surxon» yarim himoyachisini suhbatga tortib, uning faoliyati xususida gaplashdi. Biz esa Pletnyov intervyusini ba’zi qiziqarli qismlari, xususan, o‘zbek futboliga taalluqli joylarini hukmingizga havola etishni ma’qul ko‘rdik.

*** 

- Dmitriy, «Zenit» tarbiya­lanuvchisi sifatida ayting­-chi, akademiyada raqobat nechog‘li baland edi?

- Ilk qadam - «Smena»ga saralash - normativ topshirish, turli sinovlar... To‘g‘ri, hammasi bolalar darajasida. Xullas, «Zenit»ga yo‘l «Smena»dan boshlanardi. Ke­yinchalik «Smena»ga «Zenit akademiyasi» nomi berildi, Niderlandiya tizimi tatbiq etildi. Ya’ni dargoh bolalarni o‘qitish barobarida shug‘ullantiradigan maxsus maktabga aylantirildi.

- Hozirgi holatingizdan kelib chiqib baho bersangiz, o‘sha vaqt yaxshi o‘qib, shug‘ullanganmisiz?

- Menimcha, yo‘q. Barcha tarbiya­lanuvchilar bir xil darajada bo‘lishgan. To‘g‘ri, ba’zilar qaysidir jihatda yaxshiroq, boshqasida yomonroq. Bolalar keyinchalik o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga yarasha rivojlandilar.

- Akademiyadan asosiy jamoaga o‘tish yo‘lida eng qiyini nima edi?

- Albatta, raqobat. «Zenit» yoshlar jamoasida ham, «Ze-nit-2»­da ham har bir bola asosiy tarkibda o‘ynashga intilardi - sog‘lom raqobat. Bu ruhiy tomondan futbolchi faoliyatining eng murakkab bosqichlaridan biridir. Sen tezroq asosiy jamoaga o‘tishni xohlaysan, lekin yana 20 nafar tengdoshing xuddi shunga intiladi. Qisqasi, yosh futbolchidan har kuni o‘z darajasini ko‘rsatish talab etiladi.

- 2018 yilning qishi. Roberto Manchini sizni asosiy jamoa yig‘iniga jalb etganini kimdan eshitgan va qanday holatga tushgandingiz?

- «Zenit-2» murabbiyi Anatoliy Davidov birinchi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishimni aytganida, tabiiyki, xursand bo‘ldim va darhol ota-onamga qo‘ng‘iroq qildim. Axir bu men uchun katta yangilik va faoliyatimdagi muhim bos­qich edi. Albatta, ruhiy tomondan to‘liq tayyor bo‘lishim kerakligini tushunardim. Binobarin, akademiyaning har bir tarbiyalanuvchisi uchun «Zenit» libosini kiyish katta orzu sanaladi. Shu ma’noda asosiy jamoa yig‘iniga taklif olishning o‘zi - jiddiy yutuq.

- Yig‘in davomida asosiy futbolchilardan qay biri bilan ko‘proq muloqotga kirishdingiz?

- Daler Kuzyayev va Anton Zabolotniy bilan. Ayniqsa, Daler kuchli taassurot qoldirdi, ajoyib yigit, kamtar va samimiy. U doim yordam berishga tayyor turardi.

- Kuzyayevning Fransiyaga yo‘l olganiga qanday qaraysiz?

- Daler - chinakam sportchi. Rossiyada yetarlicha sovrin yutdi va to‘g‘ri qadam tashladi. Uning uchun xursandman, o‘z kuchini Yevropada sinab ko‘rishga haqli edi.

- Yig‘inda Manchini bilan gaplashganmisiz? U sizga umid bog‘laganmidi?

- Yo‘q, yakkama-yakka suhbatlashmaganman, hammasi reja bo‘yicha davom etgan - yig‘indan oldin umumiy tanishuv, keyin amaliy va taktik mashg‘ulotlar.

- Yana bir necha oydan ke­yin «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda debyut qilgansiz. O‘zingiz ertaroq maydonga tushishni o‘ylaganmidingiz?

- Debyutgacha ko‘plab o‘yinlar qaydnomasiga kirganman, ammo barchasi futbolchi emas, murabbiylar shtabi qarashiga bog‘liq. Muhimi, «Zenit» libosida o‘ynash orzum amalga oshdi.

- Umuman, Manchini haqida nima deya olasiz?

- Juda kuchli mutaxassis. Katta klublarda buyuk futbolchilar bilan ishlagani shundoq sezilib turardi. U har bir vaziyatga jiddiy yondashardi, tahliliy ishlarga ko‘p vaqt ajratardi.

- Mavsum yakunida ijara kelishuvi asosida «Tom»ga yo‘l olgansiz. Nega?

- «Zenit»da murabbiy almashdi. Semak ilk uchrashuvdayoq menga o‘yin amaliyoti zarurligini ta’kidladi va shunday qaror qabul qildi.

- Sizningcha, «Zenit»da o‘zingizni ko‘rsatish uchun nega tuzukroq imkoniyatga ega bo‘lmagansiz?

- Ochig‘i, bilmayman, ortga nazar solishga xohish ham yo‘q. Menimcha, barchasi kuchli raqobatga bog‘liq, lekin vahimali joyi yo‘q. 

***

— 2024 yil boshida o‘zingiz uchun yangi mamlakat - O‘zbekiston eshigini ochdingiz. Taassurotlar qanday?

—O‘ziga xos, mehmondo‘stligi yuqori darajadagi ajoyib mamlakat. Shaxsan menga juda yoqdi. Toshkent - yuqori sur’atda rivojlanayotgan zamonaviy va chiroyli shahar. Mahalliy odamlar juda mehribon va samimiy.

— O‘zbekcha taomlar ham yoqqandir...

— O‘zbek paloviga yetadigani yo‘q, albatta.

— Hozir O‘zbekiston futboli ko‘tarilishda. Shundaymi?

— Ha, bu yerda hammasi tez rivojlanyapti, taraqqiyot uchun harakat kuchli. Buni menga O‘zbekiston chempionati haqida   ma’lumot bergan murabbiylar ham e’tirof etishmoqda. Qisqasi, o‘sish sur’ati oshib borayotgani shundoq sezilib turibdi.

— Qiziq, nega aynan O‘zbekiston, xususan, «Surxon»ni tanladingiz?

— Murabbiylar shtabi bilan bog‘lanish imkoniyati tug‘ildi va o‘z haqimda ma’lumot yubordim. Keyin ko‘rib chiqib, qiziqish bildirishdi va jamoaga yo‘l oldim.

— Klubingiz istiqboli va vazifalari qanday?

— Chempionat jadvali juda zich, jamoalar bir-biriga yaqin joylashgan, farq atigi 1-2 ochkoni tashkil qiladi. Oldimizga katta vazifa qo‘yilgan, jamoamiz yosh va intiluvchan. Hozirda qiziqarli futbol ko‘rsatishga intilyapmiz. Deylik, O‘zbekiston kubogi yarim finaliga chiqdik. Chempionatda ham muhim o‘yinlar ko‘p va jadvalda yuqorilash imkoni yo‘q emas.

— Rossiyalik futbolchilar nega O‘zbekiston chempionatiga yo‘l olishlari kerak, sizningcha?

— Bu yerda maydonlar juda yaxshi holatda. Shunga yarasha o‘yin tezligi yuqori, to‘pni past­latib o‘ynash yaxshi darajada, rivojlanish imkoni bor.

— Hozir Abbos Fayzullayev O‘zbekiston futbolining eng mashhur vakilimi?

— Albatta, u haqda ko‘p gapirilyapti. Bu yerda Abbosga yetarlicha qayg‘urishadi, o‘zi ham o‘sishi, o‘zbek futbolini ham rivojlantirishini istashadi. Oddiy aytganda, Fayzullayevni O‘zbekiston sporti timsoli sifatida ko‘rmoqchilar. Yana uning katta klub - grand futbolga tezroq o‘tishidan umidvorlar.

— Rossiyadan tashqari, O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘iston chempionatlarida o‘ynadingiz. Ularni saviya bo‘­yicha sanab bersangiz.

— O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatlari bir-biriga o‘xshash. Qozog‘iston ligasida jismoniy kuchga asoslangan kurashga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Umuman, har ikki chempionat juda yaxshi holatda. Shundan kelib chiqsak, Belarus ligasi 3-o‘rinda.

— Hozir 26 yoshdasiz. Oldinda qanday reja va maqsadlar bor?

— Oldimga uzoq kelajakka qaratilgan maqsadlarni qo‘ymayman. Har kuni kechagiga nisbatan yaxshiroq bo‘lishga intilaman. Asosiy maqsad - maydonda o‘z mahoratimni ko‘rsatish, samarali harakatlar bilan jamoam g‘alabalarini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 03.09.2024. O'qildi: 1354 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.