Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dani Karvaxal: «Prezidentdan hech kim ustun bo‘lmasligi juda muhim»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Dani Karvaxal futbolning eng yuqori darajasida deyarli hamma sovrinlarni qo‘lga kiritgan, lekin hatto shunday holatda ham, joriy yoz uning uchun o‘zgacha keldi.

32 yoshli himoyachi «Real»ning YECHL finaliga chiqishida muhim rol o‘ynadi, so‘ngra «Uembli»da Dortmundning «Borussiya»si bilan yakuniy o‘yinning 74-daqiqasida gol muallifi bo‘ldi, bu esa «Real»ga rekord - 15-«shalpangquloq»ni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Shu voqe’likdan bir oy o‘tmay, Karvaxal endi Berlindagi «Olimpiashtadion»da yana bir finalda Ispaniya termasi bilan Angliyani mag‘lub etib, Yevropa chempioni bo‘ldi. The Athletic nashri Karvaxaldan eksklyuziv intervyu oldi.

- Yevroni yutgan jamoani va xususan Lamin Yamalni qanday baholaysiz?

- Guruhimiz ajoyib edi. Unda eng og‘ir paytlarda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan yaxshi muhit mavjud. Yamal yoshida (iyulda 17 yoshga to‘ldi) u allaqachon «Barselona» kabi klub va milliy terma jamoada yuqori darajada o‘ynashiga aql bovar qilmaydi. U jamoaga juda yaxshi moslashdi. Ammo u hali bola (kuladi), shuning uchun hushyor bo‘lish kerak, lekin u ajoyib yigit.

- Yevro chorak finalidagi Musiala bilan bog‘liq epizod bo‘yicha gapirib bersangiz.

- Bu ko‘proq mem edi. Men Jamolga zarar yetkazishga harakat qilmadim, aksincha qarshi hujumni to‘xtatmoqchi edim. U to‘pni o‘ziga juda yaxshi moslashtirib oldi, meni ortda qoldirdi va oxir-oqibat men uni ushlamoqchi bo‘ldim - bo‘ynidan ushladim, lekin o‘sha vaziyatda boshqacha harakat qilishim ham mumkin edi.

- Angliya terma jamoasiga qarshi finalga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz va ular haqida jamoa sifatida qanday fikrdasiz?

- Tahlil qildik. Ularning kuchli tomonlarini bilamiz: Jud Bellingem chap tomondan ichkariga kiradi, Bukayo Saka qanotga qochadi... Biz yaxshiroq o‘ynadik, ko‘proq imkoniyatlar yaratishga harakat qildik va natijada Mikel Oyyarsabalning o‘sha goli Yevroda g‘alaba keltirdi. Inglizlar aslida juda raqobatbardosh: ular juda iste’dodli va aqlli o‘yinchilarga ega. Ularning so‘nggi ikki Yevro finaliga chiqqani yuqori darajadagi yosh futbolchilarning juda yaxshi avlodiga ega ekanligidan dalolat beradi.

- Madriddagi g‘alabani nishonlash chog‘ida Morata va Rodrining Gibraltar haqidagi qichqirig‘i va u qanday qabul qilinganligi haqida nima deb o‘ylaysiz?

- Ular Ispaniyaning janubiy qirg‘og‘idagi Britaniya hududiga ishora qilib, «U ispanlarniki, Gibraltar - ispanlarniki» deb hayqirishdi. Gibraltar futbol assosiasiyasi UYEFAga «o‘ta provokasion va haqoratli» hatti-harakatlarni keltirib shikoyat qilganidan so‘ng, bosh tashkilot Morata va Rodrini bittadan o‘yinga diskvalifikasiya qildi.

- Mbappe kelganidan keyin «Real» tarkibi sizga qanchalik yoqdi?

- Safimizni Toni Kroos, Nacho va Xoselular tark etishganidan keyin bu muhim o‘zgarish bo‘ldi. Kilianning kelishi bilan murabbiy bizda mavjud bo‘lgan barcha ajoyib o‘yinchilarga moslashishi kerak. «Malyorka» va «Las-Palmas» bilan uchrashuvlarda (ikkala o‘yinda ham 1:1 hisobi qayd etildi) o‘yinimizda biroz izchillik yo‘q edi, ammo unga erishamiz, albatta. Keyin «Betis»ga qarshi o‘yinda (2:0 - g‘alaba) jamoa yaxshi natijaga erishdi, biz juda yaxshi o‘ynadik va xalqaro tanaffusdan so‘ng jumboqning barcha qismlarini birlashtiramiz.

- Jamoada odatda chap qanotda o‘ynaydigan futbolchilarning ko‘pligi bilan bog‘liq muammolar bormi?

- Tushunarliki, uch kishi (Mbappe, Rodrigo va Vinisius) chap tomonda o‘zlarini qulay his qilishadi, lekin o‘tgan yili qanotimda katta bo‘sh hududga ega bo‘ldim va bu hujumdagi o‘yinimni sezilarli darajada kuchaytirdi. Menimcha, bu yil hech qanday muammo bo‘lmaydi. Agar to‘p sizda bo‘lmasa, tartibli bo‘lishingiz kerak, lekin to‘p bo‘lsa, murabbiy bizga ko‘proq erkinlik beradi. Tizim murabbiyga bog‘liq - faqat u qaror qiladi.

- Kroosning 34 yoshida faoliyatini tugatishi sizni ham kelajagingiz haqida o‘ylashga majbur qildimi? Faoliyatingizni «Real»da tugatishni xohlaysizmi?

- Keyingi yozgacha shartnomam bor. Ayni paytda ketish haqida umuman o‘ylamayapman. Men buni oilam bilan muhokama qilaman: har bir o‘yindan, har bir mashg‘ulotdan zavqlanishni xohlayman. Yillar davomida siz har bir daqiqani ko‘proq qadrlashingiz va zavqlanishingiz kerakligini tushunasiz. Klub bilan munosabatlarim a’lo darajada. Agar ikkala tomon ham davom ettirishga rozi bo‘lsa, bu yerda ko‘p yillar qolishdan umidvorman.

- Siz bolaligingizdan «Real»dasiz. Florentino Peresning prezident sifatidagi ishini qanday baholaysiz?

- U eng yaxshi prezident. U sport majmuasini, stadionni takomillashtirdi, yangi futbolchilar olishda moliyaviy barqarorlikka ega, u klubning yetakchisi va shubhasiz xo‘jayini. Hech kim prezidentdan ustun bo‘lmasligi juda muhim va uning «Real Madrid»dagi faoliyati juda ta’sirli.

— Bir nechta muammolardan so‘ng (jarohatlar tufayli Yevro-2016 va Yevro-2020ni o‘tkazib yuborgan), siz bir necha yildan beri jarohatsiz va barqaror o‘yin ko‘rsatyapsiz. Buning kaliti nima bo‘ldi?

— Men mashq qilishni, kardio bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘raman, kikboksingni sinab ko‘rdim, chunki bu menga yugurishdan ko‘ra ko‘proq yoqadi. Ammo haqiqat shundaki, ikki yildan beri jismoniy tayyorgarligim va jarohatlarim ustida tinimsiz ishlayapman va dam olish, ovqatlanish, kundalik hayotda kalit topdim, deb o‘ylayman. Men buni juda kech kashf qilganimdan biroz g‘azablanaman, lekin qiyin damlarni yengib o‘tganimdan faxrlanaman. Yiqilganingizda va ko‘tarilganingizda, narsalar yanada qiziqarli bo‘ladi.

- Agar «Real»ni tark etsangiz...

- Agar men «Real»dan ketishga qaror qilsam, Yevropada o‘ynamayman va alternativalar juda kam bo‘ladi.

- Demak, bu qo‘shma Shtatlar, Qatar yoki Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin.

- Aynan shunday. Shu uchta variantdan biri bo‘ladi.

- Jamoadagi yosh futbolchilaridan qaysi birini ajratib ko‘rsata olasiz?

- Niko Pas (yaqinda «Komo»ga o‘tdi) - ajoyib o‘yinchi, Mario Martin («Valyadolid»ga ijara ketdi) ham, Xakobo Ramon, Joan Martines jarohat olgan, Yusi chap hi-moyachi sifatida juda yaxshi o‘ynaydi. Ularning kelajagi porloq bo‘lishi mumkin.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:24, 17.09.2024. O'qildi: 880 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик