Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tasavvurga sig‘mas futbol faktlari: Jon Terri Inyestadan ko‘proq gol urgan...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvaliga bu shunchaki, hazildek ko‘rindi. Biroq bu haqiqat, buyuk jahon chempioni, pleymeyker Andres Inyesta «Barselona» safida Ispaniya chempionatidagi 442ta o‘yinda 35ta gol urgandi. Mashhur markaziy himoyachi Jon Terri esa APLdagi 492 bellashuvda raqiblari darvozasini 41 marta ishg‘ol etgandi. O‘yinlar soni bo‘yicha farq uncha katta emas. Ya’ni, hujumkor Inyesta Terriga nisbatan kamroq, deyishga asos yo‘q. Jon standart vaziyatlardan ko‘proq foydalangan, Andres esa oldingi chiziqdagi xudbin jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlashga mashg‘ul bo‘lgan.

YECHLdagi xet-triklar bo‘yicha Kurzava Suares va Zidandan ustun

Ha, uning xet-triklari Zayniddin va Luisning umumiy ko‘rsatkichidan ko‘proq. Ro‘yxatga Xavi va Kroosni ham kiritish mumkin. «Barselona» hamda «Real»ning xavbeklariga nufuzli turnirda 3tadan gol urish nasib etmadi. Shuningdek, 10-raqam sohibi Zidan va sermahsul hujumchi Suares ham bunday natijaga erisha olmaganlar.

Ronaldu va Messi o‘g‘illari kabi 869 kunlik farqga ega

Antuan Grizmanning 3 nafar farzandi turli yillarning 8 aprelida dunyoga kelishgan. Sababini bilib bo‘lmaydigan ajabtovur hodisa. Lekin undan-da ajibroq voqealar ham juda ko‘p. Kichik Ronaldu bilan Tyago Messi roppa-rosa 869 kunlik tafovut bilan tavallud topishgan. Buning hayratomuz jihati shundaki, ularni otalari - Krishtianu va Lionelning yoshlari ham aynan 869 kunga farq qiladi. «Mistika». Bolakaylar ham futbolchi bo‘lishadimi? Milliardlik imperiya vorisi bo‘lmish kichik Ronaldu hozirda mashq qilmoqda, Krishtianu esa o‘g‘li bilan bitta jamoada to‘p surish orzusida.

Mour turli ligalarda 9 yil va 1 kunni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan

Ayni paytda Joze «Fenerbaxche»da faoliyat olib bormoqda. Yaqin o‘tmishda u haqiqiy yigit edi, qal’alar qurishga qurbi yetardi. Mourinyo 2002 yildan 2011 yilgacha milliy chempionatlarda mag‘lubiyat nima ekanligini bilmagandi. O‘sha davrda murabbiy «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real»ni boshqargan va qatorasiga 150ta uchrashuvda taslim bo‘lmagandi. Deyarli takrorlashning iloji yo‘q bo‘lgan fantastik seriya! 

«Chelsi»ning APLdagi kuboklaridan quyi ligaga tushib ketishi ko‘proq

Roman Abramovichdek saxiy homiyni o‘z vaqtida topa olmagan jamoaning qismati shunday. 119 yillik faoliyatida «Ko‘klar» 6 marta quyi ligaga tushib ketishgan. Dastlabki pasayish o‘tgan asr avvalida, keyingisi 20-yillarda yuz bergandi. Undan ke­yingi omadsizliklar 62, 75 va 79-yillarda qayd etilgan. So‘nggi marta 1988 yilda elitani tark etgan jamoa bir yildayoq qaytdi va hanuzgacha APLda to‘p surmoqda. Biroq Boeli jamoaning bankrotga uchrashi yoki turli qoida buzishlar tufayli seriyaning uzilishi yo‘lida jon kuydirib ishlamoqda.

Tomas Myuller Yevropa chempionatlarida birorta gol urmagan

Taniqli to‘purar 10ta gol bilan JCH tarixidagi snayperlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egallab turibdi. U Badjo va Eysebiodan bitta golga oldinda. Lekin 4ta qit’a chempionatlarida birorta gol ura olmagan. Har qanday vaziyatdan darvozani bemalol ishg‘ol eta oladigan mergan uchun o‘ta achinarli hol. Yaqinda Tomas Zepp Mayerning rekordini yangiladi. Lekin Yevroda unda ham, darvozabonda ham gol yo‘q.

Messi 3ta turli 10 yilliklarda «Oltin to‘p»ga erishgan

Leo so‘nggi marta 2023 yilda g‘olib chiqdi. 2010 yillarda g‘alabalari ko‘p, lekin dastlabki «Oltin to‘p»ni 2009 yilda qo‘lga kiritgandi. Demak, Messi 3ta 10 yillikda g‘olib chiqqan yagona to‘purar bo‘lib oldi. Aynan shu sababli uni buyuk deyishadi. Leodagi barqarorlik afsonaviy Ronaldo, Maradona va Kroyflar qoyil qolishgan. Ayrim sovrinlar xususida bahs-munozaralar bo‘ldi, juda ko‘p sovrinlarni u halol ishlab topgan.

Koul Palmer bir kunda 2ta uchrashuvda o‘ynagan

Bunday voqea Mark Xyuz faoliyatida ham bo‘lgan. Uels­lik afsona Chexoslovakiyaga qarshi bahsda o‘ynagan. Keyin uni ixcham samolyotda «Bavariya»ning o‘yiniga olib ketishgan. Xyuzni shaxsan Uli Xyoness kutib olib, stadionga olib borgan. Hozir bunaqa fokuslarning iloji yo‘qdek tuyuladi. Biroq Palmer 19 yoshida «Manchester Siti» tarkibida maydonga tushdi, ke­yin yoshlar jamoasida xet-trikka erishdi.

Rafinyaning xet-triklari Ronaldinyonikidan ko‘proq

«Barselona» butun yoz bo‘yi Niko Uilyamsni olib kelishga intilgan bo‘lsada, Flik Rafinya bilan qoldi va evaziga «Valyadolid»ga qarshi bahs­da xet-trik bilan mukofotlandi. Shundan keyin ko‘pchilik Ronaldinyoni esladi. Biroq Dino La Ligada xet-trikka erisha olmagan, Rafinyada esa bor. U endi La Ligada xet-trikka erishgan 3-braziliyalik futbolchiga aylandi. 1-o‘rindagi Evaristo hisobida 8ta, 2-o‘rindagi Romarioda 5ta xet-trik mavjud.

Karrager boshqa raqiblardan ko‘ra «Liverpul»ga ko‘proq gol urgan

Yosh muxlislar uchun Jeymi - TVdagi futbol sharhlovchisi. Biroq u «Liverpul» gvardiyachilari o‘rtasida 2-o‘rinda. Undagi kamyob ko‘rsatkich shuki, Jeymi 7ta avtogolni qayd etgan, «qizillar» uchun esa, atigi 3ta gol urgan. Hatto undan ancha oz maydonga tushgan Lovren hisobida 5ta gol bor.

Kevin De Bryuyne hech qachon APLda «Oy o‘yinchisi» unvoniga sazovor bo‘lmagan 

Ikki marta APLning yil o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan. Bu esa muvaffaqiyatning vaqtinchalik ekanligini anglatadi va barqaror o‘yinchilar buyuklarga aylanishini ko‘rsatadi. Garchi Kevin qisqa masofalarda qahramon bo‘lmasada, olis masofalarga to‘p uzatish bobida APL­dagi yetakchilarning biri.

Fransiyalik Komanning yoshi uning kuboklari sonidan kichik

«Bavariya» bu futbolchini boshqa klubga bermoqchi bo‘lgandi. Yoki ramz sifatida saqlab qolmoqchi edimi? Kingsli haqli ravishda «sovrinlar magniti» maqomini olgandi. Uning hisobida klublar va Fransiya terma jamoasi bilan qo‘lga kiritgan 29ta xilma-xil kuboklar mavjud. Koman 2018 yilda jahon chempioni bo‘lmagan, lekin millatlar Ligasining g‘olibi. Xabi Alonsoning «Bayer»i chempionlikni tortib olgunga qadar milliy ligalarda zafar quchgan. Xullas, Kings­li 28 yoshda, sovrinlari esa bitta ko‘p.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:03, 19.09.2024. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик