Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Fiorentina
  • APL
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Levante
  • ECHL
      • 17.03.2026 22:45
      • Sporting
      • 5:0
      • Bude-Glimt
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pentakampeonlar omadsizlik botqog‘ida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

5 marta jahon futbol tojini qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasi JCH-2026ning saralash bosqichini talabga javob bermaydigan saviyada o‘tkazmoqda.

Ortda qolgan 8ta uchrashuvda jamoa 3ta g‘alaba va 1ta durangga erishdi, qolganlarida mag‘lubiyatini tan oldi. Xayriyatki, Braziliya 8-o‘rinda emas, bu o‘rinni egallagan jamoa mundialdan chetda qoladi. 5-o‘rin sohibi esa JCHning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Biroq Janubiy Amerikadagi saralashdan JCH-2026da to‘p surishga haqqi bo‘lmagan jamoani ko‘rsatadigan bo‘lsak, bu Braziliya terma jamoasi. Ular sotqinlar. Bu na murabbiy Dorivalning, na futbolchilarning ishi. Bu futbol uchun mas’ul bo‘lgan barcha kishilarning qilmishlari.

Amaldorlar va menejerlar sotqinlar. Ular tug‘ma futbolchilar saltanatini bosh­qaradilar. Barcha omillar futbol mashinalarini yaratishga xizmat qiladi. Mahalliy iqlimdan tortib, ijtimoiy xilma-xillikka qadar - Endrik bilan Vinisius futbolga sajda qilguvchi qashshoq oilalar vakillari. Braziliyaliklarning futbolga munosabatlari Yevropanikidan farq qiladi. Deylik, ispanlar yoki fransuzlar yirik turnirlarda g‘olib chiqsalar, ehtiroslari Braziliyanikidek kuchli bo‘lmaydi.

Bu borda ummon orti vakillari juda ilgarilab ketishgan. Agarda Argentina o‘zining bosh murabbiyi Skalonini topgan bo‘lsa va Messisiz g‘alabaga eltuvchi uslubni izlagan bo‘lsa, rejasi to‘liq amalga oshmayapti. Jamoa Kolumbiyadan yengildi. Braziliya esa cho‘kmoqda. Paragvaydan qabul qilgan mag‘lubiyati sensasiya emas. Biroq pentakampeonlar kamtarin raqibidan penaltilar seriyasida emas, asosiy vaqtning o‘zidayoq yengildi. So‘nggi 16 yil ichida ilk bora. Jamoa «Dinamo»dan o‘tgan Balbuene va «Krasnodar»ning sobiq o‘yinchisi Alonsoning jamoasiga teng kela olmadi. Messining «Inter Mayami»dagi jamoadoshi Diyego Gomes qoyilmaqom zarbasi bilan Alissonga imkon qoldirmadi. Golda «Liverpul» posbonining aybi yo‘q. Lekin «Nyukasl»dan kelgan tayanch yarim himoyachisi Gimaraesga savollar bor. Braziliya himoyadagi sustkashligi bilan o‘z muxlislarini ranjitdi. Oldingi chiziqda 3 nafar «Real» hujumchilari to‘p surishadi, himoya taniqli o‘yinchilar zimmasida. Lekin maydon markazi Vendel uslubidagi mohir o‘yinchiga muhtoj. Parag­vayga qarshi bahsda Braziliya butun o‘yin davomida atigi 3 marta aniq zarba yo‘lladi. Nomdor o‘yinchilar bor, afsungarlar yo‘q.

Balki xaloskor Neymarni kutishayotgandir? Biroq vingerda jarohatlar ko‘p va uni qaysi pozisiyaga tushirishadi? Agar Paketa pozisiyasiga «o‘nlik» maqomida bo‘lsa, hujumchilar ko‘payib ketadi. Agar Vinisius Endrik o‘rniga «to‘qqizlik»ka aylansa, bu ahmoqona ish bo‘ladi.

Braziliyaliklar avvaldan taxmin qilish mumkin bo‘lgan uslubda o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bu «selesao» uchun haqoratga teng. Jamoa buyuk an’analarga xos qudratli, ochiq va hukmronlik qiladigan uslubda o‘ynamayapti. Hozir u shunchaki, shoshqaloq jamoa.

Braziliyalik fanatlar til biriktirish nazariyasiga, korrupsiya ta’siriga ishonadilar

Mamlakat klublarining asosiy daromadi - futbolchilar sotuvidan keladigan mablag‘. Ko‘pchilikning fikricha, terma jamoa agentlarning o‘zaro aloqalari, tanish-bilishchilik va oshna-og‘aynigarchilik ta’sirida shakllangan. Biroq bu taxminni inkor etadigan dalil ham bor. Zayavkadan ko‘pincha eng yaxshi futbolchilar joy oladilar. Tarixiy an’analardan voz kechish - omadsizlikning ikkinchi sababchisi. Muxlislar nazdida, klublar yevropalik xaridorlar talabiga ko‘ra ish yuritadilar, bolalarning ijodkorlik yondashuviga imkon bermaydilar.

Hozirgi braziliyaliklar faqat Vinisius va Rodrigolar emas, ular orasida Antoni va Risharlisonlar ham bor. Ular o‘yindan zavq olishni unutib qo‘yishdi, sodda yurishlar ko‘p, ijodkorlik kamayib ketmoqda.

Shuningdek, hozirgi avlod futbolchilari Ronaldo va Ronaldinyolar kabi yashashni, kechki bazmlardan keyin g‘alaba qozonishni bilmaydilar. Pato «Milan»ga kelganida Ronaldo unga Playboy jurnalini ko‘rsatgani va bezorilar yoki Kakaga o‘xshagan taqvodor o‘yinchilar yo‘lini tanlashi kerakligini aytgandi. Lekin u davrda cherkovga qatnaydigan futbolchilar tungi klub ishqibozlari bilan tinch-totuv hayot kechirishardi. Endi faqat o‘zaro e’tirozlar, noroziliklarni ko‘rish mumkin.

Braziliyaliklar chempion bo‘lishni emas, mashhur bo‘lishni istaydilar. Bu ayni haqiqat. «MYU»dagi Antoniga bir qarang, hammasini tushunib olasiz.

Hatto Vinisius ham hozircha sayyoramizning barcha hududiga tanilmagan. Lekin ko‘pgina mojarolarning «guli» bo‘lishga ulgurdi. Endi u «Oltin to‘p» da’vogarlari ro‘yxatida yetakchi. Lekin terma jamoalar bo‘yicha, Vinisiusning Braziliya uchun urgan gollari Yamalning Ispaniyaga hadya etgan gollaridan kam.

Qayta tiklanish uchun JCH-2026 finali juda muhim

Amerika Kubogi turniridagi zafarli yurish bilan avvalgi jangovarlikni tiklashga urinish samara bermadi. Qatarda Xorvatiya tufayli turnirni tark etish Braziliyaning zaifligini tasdiqladi. Jamoa asta-sekin cho‘ka boshlagandi, keyin botqoqqa ko‘nikib qoldi. Hozirgi holat yanada yomon, tiklanishga kafolat yo‘q.

Avvalgi afsonalar aqlli edilar. Romario senator bo‘ldi, Ronaldo ulkan boylik jamg‘ardi. Badavlat oiladan chiqqan Kaka ziyoli, Sokrates shifokor. Tabiiyki, ular atrofidagi o‘yinchilarning hammasi o‘tkir zehnli emasdi. Hozir undan ham yomonroq. Jamoaga Ispaniya termasidagi Rodri kabi futbolchilar kerak.

Neymarning ikki nafar farzandini ikki ayol dunyoga keltirgan, o‘zi kazinoda qimor o‘ynash bilan band. Shu zaylda undan falsafa fanlari doktori chiqishi qiyin. Muvaffaqiyatga erishish uchun jamoaga nafaqat saviya, balki yetuk aqlga ega yigitlar kerak.

Braziliyaliklar ichkilikka, tungi klublarga ruju qo‘yishgan. Pele va Garrincha Shvesiyada «hunar» ko‘rsatishgan, Ronaldo va Romario doimo tungi klubga chopishgan. Hatto o‘ta aqlli Sokrates aynan ichkilik tufayli yorug‘ dunyoni barvaqt tark etgan.

Futbol tarixida ham futbolchi, ham murabbiy maqomida jahon chempioni bo‘lish faqat Zagallo va Bekkenbauerga nasib etgan. Dorival ham JCH-2026ning finali haqida ko‘p gapiradi. Murabbiyning fikricha, «selesao» Nyu-Jersidagi stadionda o‘ynaydi. Biz shubhalanyapmiz. Yevropa jamoalari kuchliroqlar, Kolumbiya qiziqarliroq jamoa. Byelsa makkor Urugvayni shakllantirish bilan band. Argentina uchun unvonni himoya qilish oson bo‘lmaydi, lekin kamdan-kam o‘yinlarda mag‘lub bo‘ladi. Braziliya esa o‘ta achinarli omadsizliklarni namoyish etishga majbur bo‘ldi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:21, 22.09.2024. O'qildi: 1840 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.