Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vladimir Bubanya: «Finalni ko‘tarinki kayfiyat bilan kutyapman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Final
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Kubogi finaliga 4 kun qoldi. Hammaning e’tibori 5 oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Navbahor» – «Andijon» ishtirokidagi tarixiy uchrashuvga qaratilgan.

«Burgutlar»ning bo‘lajak muhim bellashuvga tayyorgarligi reja asosida olib borilmoqda. E’tiborlisi, «Andijon»da to‘p surayotgan serbiyalik legioner Vladimir Bubanya 2018 yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, aynan Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bu ishni uddalagan va u «Andijon»da O‘zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchidir.

Hozirda ushbu o‘yinchi yana bir bor va bu safar «Andijon» bilan birga «Istiqlol» stadionida Kubokni yutishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Vladimir hal qiluvchi bahs oldidan klub matbuot xizmatining bir qator savollarga javob qaytardi.

— Siz «Andijon»dagi O‘zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchisisiz. 2018 yili Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida OKMK tarkibida «Paxtakor»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgansizlar. O‘shanda hamma «Paxtakor»ning g‘alabasiga ishongandi. Oradan 6 yil o‘tib siz yana o‘sha «Istiqlol»da, yana Kubok finalidasiz. Tarix takrorlanyapti...

— Ha, men 2018 yilgi finalda o‘ynagandim. Men uchun bu o‘sha paytdagi eng muhim o‘yin edi. Chunki birinchi marta finalda o‘ynayotgandim. «Paxtakor» o‘shanda nihoyatda kuchli jamoa edi. Lekin o‘shanda hech kim bizning g‘alabamizni kutmagandi. Biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin va biz o‘sha o‘yinni yutgandik.

— «Andijon» bilan bu yil O‘zbekiston Kubogi musobaqasiga ilk bor kirishganinglarda finalgacha yetib kelishingizga qanchalik ishongandingiz?

— Har birimiz futbolda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Shu sababli men ham bunga ishonganman.

— Final oldidan nimalarni o‘ylayapsiz?

— Ishonamanki, stadion muxlislar bilan to‘ladi hamda vodiyda bayram bo‘ladi. Bu o‘yinni juda ko‘tarinki kayfiyat bilan kutyapman.

— «Andijon» ham, «Navbahor» ham chempionatda kerakli natijalarni ko‘rsata olmayaptilar. Balki bu Kubok finalning effektidir...

— Ha, o‘ylaymanki, bizda ham, «Navbahor»da ham muvozanat tushib ketdi. Shuning uchun bir qancha o‘yinlarni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik.

— Kubok finaliga tayyorgarlik ko‘rishda asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti?

— Kubok finalini munosib o‘tkazish, mudofaada mustahkam turish va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz zarur, deb hisoblayman.

— Bu tarixiy hamda unutilmas o‘yin. Maqsad aniq va bunday paytda ortiqcha motivasiya ham kerak bo‘lmasa kerak-a yoki aksinchami?

— Ha, katta motivasiya menimcha hech kimga kerak emas. Shuni aytish mumkinki, bu faqatgina yil o‘yini emas, futbolchining faoliyati uchun ham unutilmas bo‘lib qoladi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 06:43, 01.10.2024. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик