Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Urugvay: Jamoa jonkuyari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Futbol bizga tarixni yangilaydi» iborasini turli shaxslarga tegishli, deb hisoblashadi.

Ular orasida Urugvay terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Oskar Tabares va mamlakatning sobiq prezidenti Xose Muxika ham bor. Ibora ildizini aniqlash anchayin qiyin. Kimdir uni ko‘pchilikka tarqatgan, kimdir ilib olgan, manbani topishning iloji yo‘q.

Fakt shuki, Urugvay - futbolga tamoman o‘zgacha munosabatda bo‘lgan saltanat. 1930 va 1950 yillardagi JCHlarida erishilgan tarixiy g‘alabalar maktab darsliklariga kiritilgan. Shu sababli allaqachon yorug‘ dunyoni tark etgan qahramonlar nomini maktabga qatnagan aholi yaxshi biladi. Rossiyada Pushkin, Suvorov va Gagarin, Fransiyada Napoleon, Janna d~Ark va Dyuma, Britaniyada Shekspir, Cherchill va Lennon mashhur bo‘lishganidek, Urugvayda Ektor Skarone, Xose Sea, bir qo‘lli hujumchi Kastro va 20 yildan keyin ular safiga qo‘shilgan Xuan Skyaffino, Alsides Gidja va urugvayliklar qo‘lga kiritgan jahon Kubogini Braziliyadan yashirincha olib chiqqan Obdulio Varelani hanuzgacha unutishmagan.

Hammasi dongdor va afsonaviy nomlar. Dastlabki 4ta JCHlari hozir faqat og‘zaki rivoyatlarda zikr etiladi. Teleko‘rsatuvlar 1954 yilda kirib kelgan, 1930 va 1950 yillardagi g‘olibona o‘yinlardan esa, faqat kinoxronika lavhalari saqlanib qolgan. Ulardan biron-bir narsani aniqlab bo‘lmaydi. Lekin g‘olib qahramonlarni vatandoshlari unutishgan emas. Hozir ham maktablarda JCHning oltin medallariga sazovor bo‘lgan futbolchilar xususidagi bahs eng muhim mavzu hisoblanadi.

Shu tariqa Urugvayda madaniy-maishiy fenomen yuzaga keldi. U yerda stadionga futbolga qiziqmaydigan kishilar ham boradilar. Xuddi boshqa yurtlarda kinoteatr zallariga faqat kinoshunoslar borishmaganidek. Xullas, stadionda o‘tirgan sevishganlar uchun futbolning qizig‘i yo‘q.

Yana bir e’tiborli jihat shuki, «Nasyonal» klubining arenasi 1930 yilda jahon chempioni bo‘lgan Ektor Skarone nomi bilan yuritiladi. Hozirgi aholi orasida bu futbol afsonasi o‘yinini ko‘rgan kishi yo‘q. Urugvayning «River Pleyt» klubi safida to‘p surayotgan 20 yoshli Augusto Skarone Ektorning qarindoshi bo‘ladi. Ya’ni, Augusto - Ektor ukasining evarasi (abirasi). Aynan shu futbolchi buyuk bobokalonlari haqida 4ta intervyu berdi. Kasbdoshlarimiz yigitchadan ko‘proq Ektor xususida savollar berishdi. Mashhur shaxslar soyasida yurish qiyin emas, yangi yorqin sahifani yaratish qiyin. Luis Suares bu yumushni uddaladi. U JCHlarida g‘olib chiqa olmagan bo‘lsada, shonli davri evaziga «Seleste» tarixidan joy oldi. Kavani, Godin, Muslera yoki Forlan emas, aynan u 2010 yillardagi jasorat ramzi bo‘lib qoldi.

Urugvay futbolidagi tiklanish davri

JCH-2010 - Urugvay futboli tarixidagi buyuk yuksalish davri. Undan avval mamlakat qariyb 20 yillik o‘lik davrni boshdan kechirdi. 1980 yillar oxirida Enso Francheskoli 2ta JCHda va 3ta Amerika Kubogi, jumladan, ikkitasi g‘alabali finallarida ishtirok etib, afsungar maqomini olgandi. Biroq 1990 yildan keyin qurg‘oqchilik boshlandi.

Ha, pasayish o‘ta sezilarli bo‘ldi deyish adolatdan emas. O‘sha yili terma jamoada Rekoba va Fonsekalar to‘p surgan, Kopa Amerika-1995da jamoa zafar quchgan, JCH-2002da ishtirok etgandi. Lekin Urugvay JCH-2006 doirasidagi to‘qnash bellashuvida Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi. Bu Urugvay futbolidagi eng yirik omadsizlik hisoblanadi. Keyin jamoa tizginini o‘z tasarrufiga olgan Oskar Tabares 4 yil ichida shogirdlarini yarim finalga olib chiqdi.

Jamoani mag‘lubiyatdan saqlab qolish maqsadida maydonni tark etdi

JCH-2010 turnirida bosh qaramon rolini Diyego Forlan ijro etdi. Jamoani aynan u olg‘a yetakladi. Biroq Suares ham jasorat uchun imkon topa oldi. Musobaqadagi eng yorqin o‘yin Luis bilan bog‘liq.

Qaysidir qahramon bir gala yovuzlarni qiyratadi. Boshqasi do‘stlarini qutqarish yo‘lida o‘zini qurbon qiladi. Suares ikkinchi qahramon toi­fasidan. U ongli ravishda shunday to‘xtamga keldimi yoki tasodifan shu voqea yuz berdimi, bunisi muhim emas. Lekin bu turnirni barvaqt tark etmaslikning yagona yo‘li edi. Darvozabon aldab o‘tildi, to‘p darvoza tomon ketmoqda, o‘yinning 120-daqiqasi nihoyasiga yetmoqda, ganaliklar bayram qilish taraddudida. Ayni shu lahzada Luis Suares to‘pni qo‘li bilan urib, darvozadan uzoqlashtirgandi. Albatta, u qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi, Urugvay darvozasi tomon penalti belgilandi. Biroq penalti - gol emas... Keyin Suares bilan Messining janjaliga sal qolgan zafarli Amerika Kubogi 2011 turniri bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Luis yarim finalda 2ta, finalda 1ta gol urgandi.

Shuning uchun ham Urugvay Suaresni sevadi. U hech qayerda terma jamoadagidek o‘yin ko‘rsatmagan. «Seleste» uchun u hamma narsaga tayyor. Jarohati bo‘lsa ham maydonga tushgan, o‘yindan chetlatilgan, janjallashgan va asosiysi, o‘ta muhim gollarni hadya etgan. Oxirgi xaloskorlik 2 oy avval ro‘y berdi. Kanadaga qarshi bellashuvda Suares hisobni tenglashtirib, o‘yinni penaltilar seriyasiga olib chiqdi va jamoa bronza medallari sohibiga aylandi.

Xayrlashuv jasorati

Yakuniy natija, Luis Suares - Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Lekin uni faqat shu uchun sevishmaydi. Muxlislarga doimo oxirigacha kurashadigan irodali o‘yinchilar yoqadi. Mag‘lubiyatni tan olgandan ko‘ra, qizil kartochka afzal ko‘radiganlar yoqadi. Faqat gollari bilan emas, o‘yindan chetlatilishi bilan ham g‘alaba keltiradiganlar yoqadi. Shuningdek, ularning noo‘rin baqir-chaqirlari ustidan polisiyaga shikoyat qilmaydiganlar yoqadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 03.10.2024. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик