Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6497 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2635 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maurisio Sarri: "Juntoli "Yuve"ni chempionlik rutbasiga qaytaradi"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

- Afsuski, hatto futboldan tashqarida ham ko‘p chekaman, juda ko‘p. Yangi mavsum boshlanishi bilan futbolga qaytish istagim yanada kuchaydi...

— Bu mart oyida «Lasio» rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarilganidan buyon murabbiylik ishidan chetda yurgan italiyalik Maurisio Sarrining e’tirofi. 200 kundan ortiq futbolsiz yashash har qanday murabbiy uchun katta azob bo‘lsa kerak...

- Maurisio, yangi mavsum poyezdiga kechikdingiz. Qachon yangi jamoa boshqaruvini qo‘lga olishni rejalashtiryapsiz? Balki yanvar oyida qaytarsiz...

- Aslida yanvargachayoq qaytishdan umidvorman. Lekin hammasi umumiy vaziyat, takliflar va ichki motivasiyaga bog‘liq. Qisqasi, hozir adrenalinni kuchaytiradigan qo‘ng‘iroqlarni kutyapman.

- Xo‘sh, so‘nggi «raqs»ni qayerda ko‘rsatishni xohlardingiz?

- Bu haqda ortiqcha bosh qotirayotganim yo‘q. Faqat faol ish jarayoniga tezroq sho‘ng‘ishni istayman. O‘ylaymanki, futbolda hali qo‘limdan ko‘p narsa keladi. Ha, hozir asosan yosh murabbiylar bilan ishlash urfga aylandi. Ammo unutmaslik kerak, o‘tgan mavsum yevrokuboklarda fa-qat katta avlod vakillari kubok yutishdi: CHLda - Anchelotti, YEL - Gasperini va KL - Mendilibar. Qolaversa, ispanlarni Yevropa chempionatida g‘alaba sari yetaklagan de La Fuente ham bizning avlodga mansub.

- Ko‘zlaringizni yumingda ertami-kech yana qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirishni xohlayotganingizni ayting...

- «Boka Xuniors»ni boshqarish - men uchun oxirgi va aqldan ozdiruvchi orzu. Ammo buni amalga oshirish imkoni yuzaga kelish-kelmasligini bilmayman. Xullas, «bomboneralar» boshqaruvidagi bir nechta o‘yin avvalo, o‘zim uchun noyob tajriba bo‘lardi.

- «A» seriyada murabbiylar sexi deyarli butunlay yangilandi. Sizningcha, aynan qaysi mutaxassis o‘z jamoasiga kuchliroq ta’sir o‘tkazadi?

- Yangi murabbiylar endigina ish boshlashdi. Qolaversa, chempionatning transferlar oynasi ochiq vaqtda start olishi chindan ham, biroz g‘ayritabiiy holat. Bu haqda doim gapirganman, hozir ham shuni takrorlayapman. Keling, murabbiylarga baho berish uchun yana bir nechta o‘yin ko‘raylik. Deylik, Yurgen Klopp muayyan murabbiyga o‘z salohiyatini ko‘rsatishi uchun 2 yil ketishi haqida gapirgandi. Uning bu fikrida jon bor, albatta.

- Sakki va Kapello skudetto uchun kurashda «Inter»ni favorit o‘rnida ko‘rishlarini yashirishmadi. Bunga qo‘shilasizmi?

- Ha, birinchi yuzaki taassurotga tayansak, aynan shunday. Ammo jamoalar qanday rivojlanishini ozgina kuzatish kerak. Xususan, Motta tuzgan «Yuventus» nechog‘li o‘zgarishini. Konte «Napoli»da qanday yangiliklarga qo‘l urishini ko‘rish ham qiziq, albatta. 

- Negadir «Milan» haqida gapirmadingiz. Bu mavsum jamoa uchun og‘irroq boshlanganiga bog‘liqmi yoki...?

- «Milan» ham ijobiy turt­ki olishini kutish mumkin, chunki jamoa tarkibi ancha kuchli. Yangi ijrochilar bilan to‘ldirilgan «Roma» haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.

- «Milan» muxlislari qatorida sizni «rossonerlar» bosh murabbiyi rolida ko‘rishga umid bog‘layotganlar ham bor...

- Paulo Fonseka - yaxshi murabbiy va ajoyib inson. U bilan shaxsan uchrashdim, tushuning, murabbiy o‘z sayohatining boshida turibdi va bu vaqtda ozgina sabr, yana xotirjamlik zarur. Ochig‘i, hozir «Milan» haqidagi munozaraga aralashishni xohlamayman.

- «Yuventus» bilan 2020 yili skudetto yutganingizdan keyingi davrni inobatga olsak, Motta tanlovi yangi inqilobga urinish emasmi? 

- Bilmadim, har holda, «Yuventus» boshqaruvini qo‘lga olganimda, klubda hech kim inqilob haqida so‘z ochmagandi. Tushuning, «Yuve» endi yangi sayohatning boshida, to‘g‘ri, hozirdan Motta o‘ziga xos nimadir yaratish ilinjida ekanligini sezyapman.

- Transferlar oynasi vaqti internetda bir hazil­omuz ibora paydo bo‘ldi: «Sarri vaqtida Krishtianu Ronalduni o‘ynatgan, Motta esa Kristiano Juntoli bilan birga». Qiziq, o‘rningizni Motta bilan almashgan bo‘larmidingiz?

- To‘xtang, Ronaldu mening qo‘l ostimda Italiyadagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi: chempionat va kubok turnirlarida 37ta gol! Juntoli bilan esa «Napoli»da 3 yil davomida samarali ishlab, katta muvaffaqiyatlarga erishgandik. Xullas, javobim oddiy: eng maqbul variant - bir vaqtning o‘zida ham  Krishtianu, ham Kristianoga ega bo‘lish.

- Gonsalo Iguain siz uchun eng ideal markaziy hujumchi sanalgan. U haqda biror kulgili voqeani aytib bersangiz...

- «Napoli»da ish boshlaganimda, Gonsalo ketmoqchi ekanligini aytdi. Lekin uni atigi 5 daqiqada fikridan qaytardim. Ya’ni biz yo‘lga qo‘yadigan futbolda juda ko‘p gol urishiga ishontirdim. Har gal ketish mavzusi bo‘yicha tortishuv boshlangach, unga bir gapni takrorlardim: «Gonsalo, muammo nimada ekanligini ochiq ayt, bilaman-ku 3 kundan keyin fikringni o‘zgartirasan, baribir». Iguainga chindan ham, o‘z g‘oyamdagi ideal markaziy hujumchidek qaraganman, lekin u har qanday murabbiyga mos tushardi. Mutlaq yuqori saviya!

- Yozgi inqilobdan keyin Juntoli «Yuventus»ni skudettoni zabt etishga qaytara olarmikan?

- Bunga shubham yo‘q, lekin islohotlar aynan qachon samara keltira boshlashini bilmayman. «Yuve»ning Juntoli bilan qachondir g‘alaba qozonishi tayin. Binobarin, u murabbiy uchun ideal futbolchilar xususiyatlarini tezda tushunadigan rahbardir. Shuningdek, Juntoli jamoa va xodimlarga nimadir bera oladigan katta jasorat egasi hisoblanadi. Shu ma’noda unga nisbatan hurmatim ham, ishonchim ham baland. Shubha yo‘q, Kristiano bunday keskin inqilobga bejiz qo‘l urmagan, buning uchun ma’lum sabablarni payqagan, albatta.

- «Yuventus»ni oxirgi skudettoga yetaklagan murabbiysiz. Aytingchi, bu fao­liyatingizning eng yuqo-ri cho‘qqisimidi?

- Yo‘q, xotiralar bilan yashashni istamayman. To‘g‘ri, butun faoliyatim davomida qo‘lga kiritilgan kuboklar nusxalari, shuningdek, futbolkalar va vimpellarni alohida xonada saqlayman. Shuning barobarida skudettoni qanday yutganimizni tez-tez eslab turaman. Chunki o‘sha g‘alaba qaysidir ma’noda meni chalkashtirib yuborgandi. Darvoqe, vaqtida Buffon ham shunga o‘xshash gap aytgan. Xo‘sh, «Yuve» bilan qo‘lga kiritilgan g‘alabani fao­liyatimning eng yuqori nuqtasi sifatida ko‘ramanmi? Odamlar nazdida futbolda eng muhimi - g‘alaba. Men uchun ham bu juda muhim, ammo yo‘lning o‘zi qadrliroq. Zero, faoliyatimda sovrinsiz yakunlangan ajoyib mavsumlar ham bor.

- Nimadan ko‘proq hayratlanasiz: de Laurentisning so‘nggi paytlar juda kam gapirayotganidanmi yoki yozda transferlarga 100 million yevrodan ko‘proq sarflaganidan?

- To‘g‘risi, Kontega qoyil qolaman. U ajoyib murabbiy bo‘lishdan tashqari, klublar sohiblarini tarkibga sarmoya kiritishga ko‘ndirish qobiliya­tiga ega. «Napoli»da kuchli tarkib shakllandi, ammo Antonio Konte katta sinov oldida turibdi, baribir. Axir «Napoli» bilan darhol g‘alaba qozonadimi yoki yo‘q - bunisi mavhum masala. De Laurentis esa tabiatan kutishni yoqtirmaydi. Lekin tan olish kerak, «Napoli»ni aynan Aurelio qayta tikladi. Menga sevimli jamoamni shug‘ullantirish imkoniyatini bergani uchun undan hamisha minnatdorman. Savolingizga kelsak, de Laurentisni sukut saqlayotgani ko‘proq ajablantirmoqda. Umid qilamanki, bu ham ijobiy o‘zgarishning alomati.

- Korsi, de Laurentis, Abramovich, Anyelli, Lotito... Qay biri futbol bo‘yicha malakaliroq?

- Taktikani tushunish nuqtai nazaridan gapirsak, Fabrisio Korsi.

- Tyon Kopmeyners, Chalxanoglu, Loftus-CHik... Qay biri «A» seriyadagi eng kuchli yarim himoyachi?

- Shaxsan menga Loftus ko‘proq yoqadi, chunki u «Chelsi»da qo‘l ostimda o‘ynagan. Ammo hozir turli fazilatlarga ega ijrochilar haqida gapiryapmiz. Menimcha, ularni o‘zaro taqqoslash va qaysidir birini ustun ko‘rsatish noo‘rin.

- Sarri qaysi futbolchi bilan birga ishlashni xohlardi?

- Berardi va Tonali bilan. Jamoada o‘ziga xos ruhiyat shakllanishi uchun umurtqa pog‘onasini mahalliy futbolchilardan tuzish kerak. 

- Italiya termasini kuzat­yapsizmi? 

- Milliy jamoa Spalletti qo‘l ostidagi Fransiya termasini dog‘da qoldirganidan xursandman, ehtimol, «skuadra adzurra» uchun ham yangi davr boshlanayotgandir. Yevropa chempionatiga to‘xtalsak, menimcha, jamoa Germaniyaga charchoq holatida bordi, buni futbol ichida yurganlar, bevosita maydonda o‘ynaydiganlar yaxshi tushunishadi. Yana Buffonni terma jamoada ko‘rganimdan xursandman: u «Yuve»da menga mislsiz darajada yordam bergandi va milliy jamoada ham shunchaki, jim o‘tirmasligi tayin.

- Futboldagi yo‘lingizga qaraganingizda, kimdandir kechirim so‘rashni istaysizmi?

- Bir necha oy oldin Koverchanoda Kristian Madjo bilan uchrashganimizda, undan oshkora kechirim so‘radim. «Napoli»dagi oxirgi o‘yinim uning jamoa bilan xayrlashuviga to‘g‘ri keldi. Men mavsumni 91 ochko bilan yakunlashni o‘yladim va Madjoni maydonga tushirmadim. Ochiq tan olaman, o‘sha qarorim xato edi va bundan hanuzgacha afsuslanaman. Futbolda ba’zan shunday bo‘ladi: jamoa manfaatini ortga surishingiz talab etiladigan holatda bunga jazm etishingiz mushkul...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 04.10.2024. O'qildi: 943 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.