Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL kengliklariaro yangi "joker"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jon Duran APLda «superzaxirachi» sifatida tobora balandroq ovozda hayqirmoqda

«Aston Villa» hujumchisi 21 sentyabr kuni «Villa Park»da «Vulverxempton»ga qarshi kechgan o‘yinning 62-daqiqasida maydonga tushib, final hushtagi yangrashi arafasi (90+4-daqiqa)da chiroyli zarbasi bilan yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:1. Shu bilan Duranning zaxiradan qo‘shilgan holda gol urgan o‘yinlari soni 4taga yetdi.

Alohida fakt shuki, APLda 2023 yilning fevralida debyut qilgan Jon Duran hozirga qadar chempionatda «Aston Villa» uchun 9ta gol urgan bo‘lsa, shundan 8tasini ««joker» rolida nishonladi. To‘g‘ri, u APL tarixidagi eng sermahsul «joker»lar qatoriga kirishi uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerak. Hozirda Angliya chempionati «superzaxirachilari» reytingini Jermeyn Defo boshqarib turibdi naq 24ta gol bilan. Olivye Jiru esa APLdagi gollaridan 21tasini zaxiradan tushgan holda to‘plagan va bu ikkinchi yuqori natijadir.

APL tarixida zaxiradan maydonga tushgan holda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

1). 24ta gol

Jermeyn Defo

2). 21ta gol

Olivye Jiru

3). 19ta gol

Xavyer Ernandes

4). 17ta gol

Nvankvo Kanu, Ole-Gunnar Sulsher, Daniel Starrij

5). 16ta gol

Piter Krauch

6). 14ta gol

Denni Uelbek

7). 13ta gol

Ture Andre-Flu, Robbi Kin, Maykl Ouen, Endryu Koul, Darren Bent, Viktor Anichebe, Edin Jeko, Markus Reshford

8). 12ta gol

Jeyms Milner, Serxio Aguero, Romelu Lukaku

Yana bir tomoni, Jon Duran chempionatda bu borada muayyan mavsum rekordini yangilashi mumkin. Har holda, hozirga qadar «joker» maqomida raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishga ulgurdi, o‘yinlarning katta qismi esa hali oldinda. Bu statistika bo‘yicha APL rekordi esa mavsum-2012/2013da «Reding» uchun «joker» sifatida 8ta gol urgan Adam Le Fondrega tegishli. Demak, Duran hozirning o‘zida eng yuqori ko‘rsatkichning yarmiga yetdi. Ekspertlarning baholashlaricha, kolumbiyalik hujumchi 12 yildan buyon o‘zgarmayotgan rekordni nafaqat takrorlash, balki yangilashga ham qodir. Faqat «Aston Villa» bosh murabbiyi undan «joker» rolida foydalanishda davom etsa, bas. Kolumbiyalik shuning barobarida zaxiradan tushib urilgan jami gollari soni bo‘yicha Birmingem klubi rekordini ham yangilash imkoniyatiga ega. Ayni payt «Aston Villa» tarixidagi eng yaxshi «joker»lar ro‘yxatida yetakchilik qilayotgan Julian Yoaxim hisobida 10ta gol bor. Duran hozirga qadar bu borada Jon Karyu (6ta), Lyuk Mur (5ta), Marlon Xervud (5ta) va vatandoshi Xuan Pablo Anxel (5ta)dan o‘zib ketishga ulgurdi.

Umuman olganda, Duran APLdagi faoliyatida 719 daqiqaga teng o‘yin vaqtida 9ta gol urdi. Demak, 1ta gol uchun o‘rtacha hisobda 80 daqiqa sarflamoqda. Angliya chempionatida kamida 2ta gol urgan futbolchilar orasida birgina Alohida fakt shuki, APLda 2023 yilning fevralida debyut qilgan Jon Duran hozirga qadar chempionatda «Aston Villa» uchun 9ta gol urgan bo‘lsa, shundan 8tasini ««joker» rolida nishonladi. To‘g‘ri, u APL tarixidagi eng sermahsul «joker»lar qatoriga kirishi uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerak. Hozirda Angliya chempionati «superzaxirachilari» reytingini Jermeyn Defo boshqarib turibdi naq 24ta gol bilan. Olivye Jiru esa APLdagi gollaridan 21tasini zaxiradan tushgan holda to‘plagan va bu ikkinchi yuqori natijadir.

APL tarixida zaxiradan maydonga tushgan holda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

1). 24ta gol

Jermeyn Defo

2). 21ta gol

Olivye Jiru

3). 19ta gol

Xavyer Ernandes

4). 17ta gol

Nvankvo Kanu, Ole-Gunnar Sulsher, Daniel Starrij

5). 16ta gol

Piter Krauch

6). 14ta gol

Denni Uelbek

7). 13ta gol

Ture Andre-Flu, Robbi Kin, Maykl Ouen, Endryu Koul, Darren Bent, Viktor Anichebe, Edin Jeko, Markus Reshford

8). 12ta gol

Jeyms Milner, Serxio Aguero, Romelu Lukaku

Yana bir tomoni, Jon Duran chempionatda bu borada muayyan mavsum rekordini yangilashi mumkin. Har holda, hozirga qadar «joker» maqomida raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishga ulgurdi, o‘yinlarning katta qismi esa hali oldinda. Bu statistika bo‘yicha APL rekordi esa mavsum-2012/2013da «Reding» uchun «joker» sifatida 8ta gol urgan Adam Le Fondrega tegishli. Demak, Duran hozirning o‘zida eng yuqori ko‘rsatkichning yarmiga yetdi. Ekspertlarning baholashlaricha, kolumbiyalik hujumchi 12 yildan buyon o‘zgarmayotgan rekordni nafaqat takrorlash, balki yangilashga ham qodir. Faqat «Aston Villa» bosh murabbiyi undan «joker» rolida foydalanishda davom etsa, bas. Kolumbiyalik shuning barobarida zaxiradan tushib urilgan jami gollari soni bo‘yicha Birmingem klubi rekordini ham yangilash imkoniyatiga ega. Ayni payt «Aston Villa» tarixidagi eng yaxshi «joker»lar ro‘yxatida yetakchilik qilayotgan Julian Yoaxim hisobida 10ta gol bor. Duran hozirga qadar bu borada Jon Karyu (6ta), Lyuk Mur (5ta), Marlon Xervud (5ta) va vatandoshi Xuan Pablo Anxel (5ta)dan o‘zib ketishga ulgurdi.

Umuman olganda, Duran APLdagi faoliyatida 719 daqiqaga teng o‘yin vaqtida 9ta gol urdi. Demak, 1ta gol uchun o‘rtacha hisobda 80 daqiqa sarflamoqda. Angliya chempionatida kamida 2ta gol urgan futbolchilar orasida birgina Erling Xolandning natijasi bundan yaxshiroq - har 79 daqiqada 1ta gol. Ehtimol, 20 yoshli futbolchi hozirgi sur’atini pasaytirmasa, mavsum-2024/2025ning o‘zida «Villa»ning asosiy tarkibidan joy topar... Lekin Unai Emeri hozircha uni zaxirada saqlagan holda, zarur pallada jangga tashlashni ma’qul ko‘rmoqda. Aytgancha, ispaniyalik mutaxassisning o‘zi aynan «Vulverxempton» bilan o‘yinda «Aston Villa» rekordchisiga aylandi. Ya’ni klub bilan APLda 39-g‘alabasini nishonlab, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ron Atkinson (38ta g‘alaba)dan o‘zib ketdi. Umuman, joriy mavsum «Villa» uchun avvalgisidan ham yaxshiroq davom etishiga ishonch katta. Binobarin, Emeri allaqachon omma, ayniqsa, rossiyalik futbolchilarga oddiy «murabbiycha» emasligini isbotlab bo‘ldi.

APLdagi gollar hisobi bo‘yicha:

Julian Yoaxim — 10

Jon Duran — 8

Jon Karyu — 6

Lyuk Mur — 5

Marlon Xervud — 5

Xuan Pablo Anxel — 5

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:38, 08.10.2024. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.