Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joau Palinya: «Bu libosni kiyishning mas’uliyati katta»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Haqiqiy jangchi, to‘p sehrgari, jamoaviy o‘yinchi Joau Palinya «Bavariya»ning muvaffaqiyatli mavsumiga hissa qo‘shish uchun o‘z fazilatlaridan foydalanmoqchi.

Myunxen klubining «51» jurnali 29 yoshli portugaliyalik yarim himoyai bilan uchrashib, u bilan bolaligi, o‘rnak oladigan futbolchilari va Myunxendagi starti haqida suhbatlashdi.

- Joau, «Bavariya»ga bir yil oldin o‘tmoqchi edingiz. Va nihoyat, maqsadga erishdingiz. Aytingchi, Myunxenda istiqomat qilish siz uchun nimani ang­latadi?

- Mening ona shahrimda bir gap bor: ba’zida poyezd ikki marta kelmaydi. Ammo bu holda poyezd ikkinchi marta keldi va eshiklar yana ochildi. Aslida buni kutmagandim va shunday ulkan klubning aloqani uzmagani ajablanarli. Bularning barchasi «Bavariya» qanday o‘ziga xos klub ekanligini va myunxenliklar menga chinakamiga ishonishlarini yana bir bor ko‘rsatdi.

- Bundesliganing Volf­sburgdagi birinchi o‘yinida boshqacha ko‘rindingiz: Serj Gnabri oxirgi daqiqalarda g‘alaba golini urganida, zaxira o‘rindig‘idan maydonga otilib chiqdingiz...

- Mentalitetim shunday. Bunday paytda o‘ynashim yoki zaxirada o‘tirishim muhim emas. Biz bir jamoamiz. Bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishda juda ko‘p ishladik va Volf­sburgda g‘alaba qozonishdan boshlashni juda xohladik. Bizni oson o‘yin kutmayotganini bilardik va «Volfsburg» 2:1 hisobida oldinga chiqib olgach, vaziyat yanada murakkablashdi. Ammo biz kurashdik va Serj, nihoyat o‘sha muhim golni urganida, xursandchiligim ichimga sig‘madi. Butun jamoa ham shunday holatda edi.

- Hamjihatlik «Bavariya»ning o‘ziga xosligida har doim katta rol o‘ynagan va bu sizga mos keladiganga o‘xshaydi.

- Ha, klubdagi oilaviy muhit menga juda mos keladi. Men uchun har doim klubda o‘zimni uydagidek his qilishim muhim edi va har biridan juda ko‘p ajoyib xotiralar qolgan. Ishonchim komilki, «Bavariya»da ham xuddi shunday bo‘ladi.

- Bolaligingizda uy va oila tuyg‘usini qanday sing­dirgansiz?

— Aqlga keladigan birinchi narsa - bu Lissabonda ota-onam va akam bilan qanday voyaga yetganimdir. To‘rtovlon juda yaqin munosabatlarga egamiz. Shu bilan birga uzoq bo‘lmagan oilaviy uyimiz haqida ham ko‘p o‘ylayman. Bizning oilamiz har doim u yerda mulkka ega bo‘lgan va futbol menga hammamiz uchun uy qurish imkoniyatini bergan. Men uchun bu ajoyib xotiralar bilan to‘la alohida makondir.

- Nima haqida o‘ylaysiz?

- U yerda birga o‘tkazgan vaqtimiz haqida, shu jumladan bobom va buvim bilan. Ayniqsa, bu dunyoni tark etgan bobomni darhol eslayman. U juda mohir inson edi va har qanday narsani qura olardi. Afsuski, uning texnik mahoratini meros qilib ololmadim, men hech qachon darvozabon bo‘lolmasdim (kuladi) . Men oyoqlarimni yaxshiroq boshqaraman.

- «Bavariya»da jangovar fazilatlarga ega futbolchilar yuqori baholanadi. Biz Shtefan Effenberg, Yens Yeremis, Xavi Martines haqida o‘ylaymiz...

- Sizga shuni aytishim kerakki, men hech qachon unutmaydigan bir voqea bo‘lgan: yoshlar terma jamoasi tarkibida AQSHga qarshi o‘yindan so‘ng, adashmasam, bu U-17 yoki U-18 jamoasi edi. Raqib murabbiyi yonimga kelib: «Sen keyingi Xavi Martinessan», degandi. Albatta, men Xavi kimligini va u «Bavariya»da nimalarga erishganini bilardim, lekin keyin uning o‘yinlarini ko‘rib, yanada diqqatliroq kuzatadigan bo‘ldim. U bilan taqqoslashganidan xursand bo‘lardim, lekin hech qachon uning harakatlariga taqlid qilishni xohlamaganman. U Xavi, men esa Joauman.

- Bolaligingizda keyingi Krishtianu Ronaldu bo‘lishni orzu qilmadingizmi? Xo‘sh, to‘pni silaydigan, dribling qiladigan va gol uradigan...

- Shunday tug‘ma ustunliklarim borki, men nisbatan baland bo‘yli, jismonan kuchliman. Ammo muhimi shundaki, siz o‘zingizni jamoaning muvaffaqiyatiga maydonda qanday hissa qo‘shishingiz mumkinligini ichingizda his qilasiz. Har birimizning o‘z ishimiz bor. Vaziyatlarni yaratadigan va gol uradigan o‘yinchilar bor va men ham shunday qilishga harakat qilaman. Ammo sizga raqibning gol urishiga to‘sqinlik qiladigan o‘yinchilar ham kerak. Mening vazifam kerakli muvozanatni ta’minlashdir.

- «Bavariya»dan umidlar doimo yuqori bo‘ladi. Siz bosimni his qilyapsizmi?

- «Bavariya» meni qo‘lga kiritish uchun ikki marta harakat qildi. Demak, endi men bu klub uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olishim va muhim o‘yinchi bo‘lishim kerak. Klub menga qancha pul sarflagani yoki natijada qanday umidlar borligiga ahamiyat bermayman. Men maydonda nima qila olishimga e’tibor qarataman. Hozir men shu yerdaman va har bir mashg‘ulotda, har bir o‘yinda qo‘limdan kelganini qilaman. Butun faoliyatim mobaynida shunday qilganman.

- Bu yerga kelguningizgacha faoliyatingizda hech qachon «Bavariya» bilan yo‘llaringiz kesishmagan ekan. Klubni masofadan qanday qabul qildingiz?

- «Bavariya» so‘zini eshitganingizda, birinchi navbatda hurmatni his qilasiz. Futbolda bu nom nimani anglatishini hamma biladi. Bu kuch va an’analarga to‘la dunyodagi eng yaxshi futbol klublaridan biri. «Bavariya» uni eng yaxshi klubga aylantiradigan hamma narsaga ega: ajoyib o‘yinchilar, sovrinlarga to‘la tarix, ishtiyoqli muxlislar, top-menejment, «Alyans Arena», kampus... ajoyib infratuzilma. Ushbu libosni kiyish katta mas’uliyatni anglatadi.

- «Bavariya»da sizgacha bir nechta portugaliyalik futbolchilar o‘ynashgan. Ko‘chib o‘tishdan oldin ular bilan gaplashdingizmi va ular sizga Myunxen, «Bavariya» haqida nima deyishdi?

- Men Joau Kanselu va Renatu Sanchesh bilan gaplashdim va ikkalasi ham menga bir xil narsani aytishdi: Myunxenda o‘zlarini juda qulay his qilishganini, «Bavariya»da o‘ynashni yoqtirishini. Menga bu yoqdi va qarorimni tasdiqladi. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:34, 18.10.2024. O'qildi: 913 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик