Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Merganlar uchun muayyan «o‘lja»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Liverpul» yetakchisi Muhammad Saloh - «MYU» bo‘yicha katta mutaxassis.

«Real»da yangi darajaga ko‘tarilgan Vinisius Junior esa «Barselona»ga yengil «o‘lja» sifatida qaraydi. Umuman, zamonamizning barcha eng sara to‘purarlarida o‘ziga xos yoqimtoy raqiblari bor. Soccer.ru saytining quyidagi maqolasi shu haqda.

Muhammad SALOH - «MYU»ga qarshi 16ta o‘yinda 15ta gol va 6ta assist. 32 yoshni urib qo‘ygan misrlik goleador «Liverpul»ning ashaddiy raqibiga qarshi bahs­larda hayratomuz statis­tika qayd etgan. «Qizillar» va «qizil iblislar»  o‘rtasida chinakam tarixiy raqobat mavjud. Salohga kelsak, u oxirgi o‘zaro o‘yinda avvaliga Luis Fernando Diasni 2 marta samarali uzatma bilan ta’minladi, keyin o‘zi ham yoqimtoy raqibi darvozasini nishonga oldi. U hatto fursatdan foydalanib, muxlislarga Maykl Edvards ustidan shikoyat qilishga ham ulgurdi. Gap shundaki, «Liverpul» bosh direktori misrlik vingerga yangi shartnoma taklif etishga oshiqmayapti. Agar vaziyat o‘zgarmay qolsa, Arne Slot «MYU» ustidan qozonilgan yorqin g‘alabalar ijodkori sanalgan yetakchi futbolchidan ayriladi.

Kilian MBAPPE - «Monpelye»ga qarshi 15ta o‘yinda 15ta gol va 9ta assist. Fransiyalik hujumchi hali xuddi Lionel Messi kabi La Ligada ham o‘ziga suyukli «o‘lja» topadi, albatta. Argentinalik yulduz Ispaniyada «Sevilya» darvozasini zabt etishni xush ko‘rardi. Har holda, u Andalusiya klubiga qarshi 43ta o‘yinda ishtirok etib, «Barselona»ning 58ta golida ishtirok etgan o‘z zarbalari yoki uzatmalari bilan. Mbappega qaytsak, u hozircha Ispaniyada «Betis»ni «dubl» bilan «siyladi». Fransiyada esa Kilian bechora «Monpelye»ni jami 15ta gol va 9ta assist vositasida yengilgina «tahqirlagan».

Erling XOLAND - «RB Leyp­-sig»ga qarshi 8ta o‘yin­da 12ta gol. Norvegiyalik iqtidor ancha yosh ekanligini inobatga olsak, uning hali muayyan bir raqibga qarshi 10-15ta o‘yinda ishtirok etmagani o‘z-o‘zidan tushunarli. Oddiy aytganda, Erling hozircha o‘ziga suyukli «o‘lja» topishga ulgurgani yo‘q. Lekin bu maqomga nomzodlar yetarli. «Manchester Siti» hujumchisi jumladan, Germaniya­da «RB Leypsig»ga qarshi o‘yin­larni yoqtirardi. Mana, CHLda ham shu yoqimtoy raqibini topib oldi. APLda esa hozircha «Vulverxempton»ni ranjitishga moyilroqdek ko‘rinmoqda. Raqamlarda aytsak, norvegiyalik «yirtqich» atigi 4ta o‘yinda «bo‘rilar» darvozasi to‘rini naq 8 marta silkitdi. To‘g‘ri, assistlarni ham hisoblasak, «MYU»ga qarshi o‘yinlarda ko‘proq effekt keltirdi - 6ta gol va 3ta samarali uzatma (7ta uchrashuvda). Lekin «Vulvz» yaqin kelajakda Xoland «o‘lja»lari orasida «RB Leypsig»ni 1-o‘rindan surib yuborsa, ajabmas.

Garri KEYN - «Lester»ga qarshi 20ta o‘yinda 20ta gol va 5ta assist. Bundesligadagi ilk mavsumida «Bavariya» uchun 36ta gol urish evaziga «Oltin butsa» sovriniga ega chiqqan angliyalik to‘purar yaqinda yangi maqomga erishdi. Ya’ni Germaniya elit divizionida o‘ziga duch kelgan 17ta jamoaning har biriga gol «tortiq» etishga ulgurdi. Ha, shafqatsiz «gol mashinasi». Keyn bunga qadar o‘z yurtida suyukli «o‘lja» roliga «Lester»ni tanlagandi. Qizig‘i, Garri vaqtida aynan «tulkilar» safida ijara muddatini o‘tagan. Agar Keyn «Liverpul» yoki «Manchester Siti»da o‘ynaganida, nomdorroq raqibni «kalaka» ostiga olardi balki. Mana, «Tottenxem» to‘purari Germaniyaga yo‘l oldi va APLga qaytgan «Lester» asosiy «jallod»dan qutuldi. O‘z o‘rnida Keynning «Shimoliy London derbisi»da azaliy raqib - «Arsenal»ga qarshi 21ta o‘yinda 15ta gol va 2ta assist rasmiylashtirganini ham qo‘shimcha qilish joiz. 

Antuan GRIZMANN - «Atletik»ka qarshi 34ta o‘yinda 14ta gol va 6ta assist. «Atletiko» afsonasi Bilbao sharafini himoya qiluvchi nomdosh jamoani alohida qadrlaydi. To‘g‘ri, fransiyalik goleador Ispaniyada «Selta», «Xetafe» va «Valensiya» kabi raqiblarni ham xush ko‘radi, «Real»dan esa cho‘chimaydi. Biroq bu jamoalarga qarshi o‘yinlarga bog‘liq mahsuldorligi nisbatan pastroq. Grizmann faqat bir narsadan o‘ksinishi mumkin - Ispaniyada «Atletiko»dan tash­qari, «Real Sosyedad» va «Barselona»da ham to‘p surgan bo‘lsada, unga La Ligada chempionlik tantanasi nasib etganicha yo‘q.

Robert LEVANDOVSKI - «Borussiya» (Dortmund)ga qarshi 26ta o‘yinda 27ta gol va 3ta assist. Aytishlaricha, polshalik to‘purar ancha kekchi ekan. Shuni inobatga olsak, uning Germaniyada aynan sobiq klubiga qarshi bahslarda bor kuch-mahoratini ishga solganida ajablanadigan tomoni yo‘q. Darhaqiqat, «Bavariya»ga erkin agent maqomida yo‘l olgan Levagol vaqtida Dortmund drujinasi dodini bergan rosa. Robert shuningdek, «Volf­sburg»ni ranjitishni ham o‘rniga qo‘ygan - 26ta o‘yinda 26ta gol va 9ta assist. Ha, «Gol+pas» ballarini hisobga olsak, polshalikdan «bo‘rilar» ko‘proq zarar ko‘rishgan. Biroq Dortmund «Borussiya»si Robertning gollari tufayli shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini yo‘qotganini nazarda tutsak, xulosa o‘zgaradi. 

Lautaro MARTINES - «Salernitana»ga qarshi 6ta o‘yin­da 10ta gol. Argentinalik futbolchining maydondagi funksiyasi Xoland va Keynnikidan keskin farqlanadi. Har­qalay, Lautaro «Inter»da ko‘proq orqaroqda to‘p suradi. Lekin o‘ziga yarasha xudbin futbolchi «A» seriyada suyukli «o‘lja»ni osongina topib oldi. Deylik, «Salernitana»ga qarshi atigi 6 marta maydonga tushgan Martines o‘z hisobiga «xet-trik» va «poker» yozdirib qo‘yishga ulgurdi. «A» seriya grandlariga qarasak, Lautaro «Milan» bilan bellashishni xush ko‘radi - derbi maqomidagi 16ta bahsda 8ta gol va 3ta assist.

Vinisius JUNIOR - «Barselona»ga qarshi 17ta o‘yinda 7ta gol va 4ta assist. «Real»ning qanot hujumchisi hozir Karim Benzema rolida ekanligini tushunib olishi lozim. Mbappe va Juniorga bir vaqtning o‘zida Ronaldudek xudbin bo‘lish yarashmaydi. Kimdir sherigiga yon berishi kerak. Mana, Junior yaqinda penalti tepish huquqini Mbappega berdi. «Oltin to‘p» uchun kurashda favorit bo‘lib turgan futbolchi «Barsa»ni «7+4» ko‘rinishida jazolashdan tashqari, «Valensiya»ga qarshi bahs­larda 8ta gol va 1ta assist qayd etgan.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 23.10.2024. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик