Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vinisius, «Real» va «Barsa»ga jiddiy ayblov

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Valensiya»ning sobiq xo‘jayini Pako Roch Ispaniya futboli osmonida nogahon quyuq chang ko‘tardi, go‘yo.

U o‘z intervyusida rossiyalik hakamga pora berish harakati haqida oshkora gapirishdan tashqari, «Real» va «Barselona»ni loyga beladi. Ha, Roch Relevo nashriga olovli intervyu berdi, unda ochiq-oshkora gapirdi. Ma’lumot uchun, «Valensiya» hayotida chuqur iz qoldirgan sobiq funksioner 1994-1997 yillar oralig‘ida «ko‘rshapalaklar»ni prezident rolida bosh­qargan. Jamoa uning davrida Ispaniya chempionati kumush medalini qo‘lga kiritishdan tashqari, Qirol kubogi finalida o‘ynagan. Pako Roch hozir 85 yoshda va uzoq vaqtdan buyon futbol bilan deyarli aloqasi yo‘q. Lekin qariyada Ispaniya futbolining 90-yillardagi ishlari yuzasidan aytib beradigan hikoyasi yo‘q emas. Mana, Pako bobo uzoq tanaffusdan keyin jurnalistlarning intervyu masalasidagi iltimoslarini rad etmadi va suhbat jarayonida o‘zi, o‘sha «Valensiya» haqidagi ko‘plab voqealarni oshkora esga oldi. Asosiysi, sobiq prezident muhim iqtiboslarni beparvolik bilan tilga ko‘chirdi.

Roch «Real» yetakchisi Vinisiusni «axlat uyumi»ga chiqardi

«Valensiya»ning sobiq xo‘jayini butun intervyu davomida sira xijolat tortmadi, mulohaza yuritishni chetga surib qo‘ydi. Lekin ayniqsa, «Real» vingeri Vinisiusga bog‘liq irqchilik holatlari yuzasidan juda qattiq gapirdi: «E’tiborga olish kerak, Ispaniyada oldin hech qachon irqchilik muammolari ko‘tarilmagan. Har holda, shaxsan men bunday holatni umuman ko‘rmaganman va sezmaganman. Qarang, Romario yarim qora tanli edi va hech qanday muammoga uchramagan. Yo‘q, hozir «Real Madrid» emas, «Haqiqiy immigrant» (suhbatning original talqinida so‘z o‘yini bo‘lgan: Real Madrid va Real Immigrant) haqida gapiryapman. Jamoa tarkibini oling: 8 nafar qora tanli, 2 nafar oq tanli xorijlik va yagona ispaniyalik bor - Karvaxal. Yana anavi Vinisius ham. U nima qilganini ko‘rdingizmi o‘zi? Shunchaki, «Mestalya»dagi panjara to‘siqqa osilib, muxlisni haqoratlaganlikda aybladi. O‘sha kuni nabiram va o‘g‘lim bilan stadionga borgandim. Shunda nabiramdan so‘radim: «Anavi yigit nima deb qichqir­yapti o‘zi?» U javob berdi: «Bobo, qo‘ying, turli bema’niliklar...». Shunda o‘ylab qolasiz: nima, muxlislar Vinisiusni haqoratlashdimi, uni maymunga chiqarishdimi? Yo‘q. Aslida u noto‘g‘ri baqirdi: «Sizlar Segundaga yo‘l oling...». Shunday voqeliklardan keyin muxlislar bir necha o‘yinga tushishdan mahrum bo‘ladilar, Vinisiusning  barcha qiliqlari esa unutiladi, u kechiriladi. Ha, tan olaman, yaxshi futbolchi, lekin inson sifatida shunchaki, «axlat uyumi»...

 

«Real» va «Barselona»ga hakamlik nazorati  bo‘yicha ayblov

Pako Roch Ispaniya chempionatidagi hakamlik yuzasidan ham juda ko‘p qiziqarli voqealarni tilga oldi. «Valensiya»ning sobiq prezidenti jumladan, hakamlarni ikki yirik klub to‘liq nazorat ostiga olganini ta’kidladi: «Negreyra ishi» («Barselona»ning Hakamlar qo‘mitasi sobiq xodimi Xose Neg­reyraga pora bergani haqidagi mojaro)ga munosabatim? Bunga ishonamanmi? Ha, barchasiga ishonchim komil. Vaqtida «Real» hakamlar yordamida o‘ynagani, «Barselona» esa ularga Longines oltin soatlari olib bergani haqida ko‘p eshitganman. Hakamlar esa faoliyati tugaganidan keyin sovg‘alar tugashini bilishgan. Bularni menga hakamlarning o‘zlari aytib berishgan. Xo‘sh, bu rostmi yoki yolg‘on? Bilmayman». Sobiq funksioner hatto barchasini misol bilan izohladi: «Sobiq hakamlardan biri menga barchasini ochiq-oydin aytdi. «Barselona» - «Elche» o‘yini arafasida yoniga bir kishi kelib, unga yaxshilik qila olish-olmasligini so‘ragan. Yana oldida 1 million peset borligini qo‘shimcha qilib, agar «Barselona» g‘alaba qozonsa, pulni to‘liq hakamlarga qoldirishini, durang qayd etilsa, yarmini qaytarib olishini aytgan. Bordiyu, «Barsa» yutqazsa, pulni to‘liq qaytarishini ham eslatgan. Bilasizmi, ko‘p yillar davomida xuddi shunday tizim ishlagan».

Nikolay Levnikovga pora berish harakati

Pako Rochning o‘zi ham korrupsiyaga yo‘l qo‘yishga uringanini oshkora tan oldi. Aytishicha, u 1996 yili «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan rossiyalik referi Nikolay Levnikovga pora berishni o‘ylagan, ammo vositachi tomonidan aldangan: «Ochiq gapiraman, hamma joyda hakamga pora berish amaliyoti bor edi. Bu ishni madridlik Torkal familiyali mitti agent vositachiligida qilmoqchi bo‘ldim, ammo u meni chuv tushirdi... Esimda, bu UYEFA kubogidan o‘rin olgan «Bavariya» bilan o‘yin oldidan ro‘y bergandi. Qur’a natijasini bilganimizdan so‘ng ayrimlar menga darhol luqma tashlay boshlashdi: «Ha, hozirdan tashvishlanayotgan bo‘lsang kerak». Lekin dadil javob berdim: «Menmi? Yo‘q, «Bavariya»ni tashvish bosaversin...». Keyin Torkal oldimga keldi: «Pako, sizlarning o‘yiningizni gap uqmas rus hakami boshsh­qaradi, lekin biz yaqin do‘stmiz, shunday ekan, menga 3 million peset ber va u hammasini hal qiladi». Shunda Torkalga hakam bilan gaplashishi mumkinligini, faqat pulni o‘yindan keyin berishimni ayt­dim. Biroq u ko‘nmadi: «Yo‘q, to‘lov oldindan, aks holda, hakam bilan kelishib bo‘lmaydi». Shu tariqa agent qo‘liga 3 million tutqazdim, keyin esa... Hakam o‘yin boshlanganidan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas, «Valensiya» darvozasiga penalti belgiladi, to‘g‘ri, zarbani Subisarreta bartaraf etdi. Adashmasam, yakunda o‘sha javob o‘yinida mag‘lubiyatga uchradik (0:1 hisobi qayd etilgan), lekin keyingi bosqichga chiqdik. Ammo Torkalning meni chuv tushirgani qoldi. Ahmoq. O‘zi hakamlarga bog‘liq korrupsiya shunday chalkashliklarga to‘la edi». 

Alohida aytish kerak, «Real» va «Barselona» vakillari «Valensiya»ning sobiq funksioneri bayonotiga reaksiya bildirishgani yo‘q.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 24.10.2024. O'qildi: 6370 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик