Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tasodifiy to‘purar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Ayntraxt»ning 25 yoshli misrlik futbolchisi Omar Marmush mavsum startida yuksak sermahsullik namoyish etmoqda:

«Volfsburg»ga qarshi bahsda dubl, «Kill»­ga qarshi 2}2, «Bavariya»ga qarshi 2}1!

Bundesliga doirasida Omar kutilganidan 3,9ta ko‘proq gol urdi - faoliyatida avval qayd etilmagan fantas­tik ko‘rsatkich. Marmush hozir ajoyib sport formasida yoki tez orada uning qulay vaziyatlardan foydalana olmaganiga guvoh bo‘lamiz. Ayni pallada faqat Markus Tyuram (4,4ta ko‘proq) Omardan oldinda bormoqda. Bunday natijaga Koul Palmer ham havas qiladi.

Assistlar borasida holat o‘zgacha: kutilgani 3,8, amaldagisi 4. Bu esa Omar ko‘plab vaziyatlar yaratishini (faqat Rafinya va Lamin Yamalda ko‘proq), jamoadoshlari esa imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini anglatadi.

Kolo-Muani sotib yuborilmaganida, bunday bo‘lmasligi mumkin edi

Marmush «Ayntraxt»ga bir yil avval, erkin agent maqomida «Volfsburg»dan o‘tgandi. 2017 yilda aynan shu jamoa 18 yoshli iqtidorni Misrning «Vadi Degla» klubidan olib kelgandi. Biroq Omarning omadi chopmadi. U «Sankt-Pauli» va «Shtutgart»da ijara asosida to‘p surdi, kontraktning so‘nggi yilida esa «bo‘rilar» safida 5ta gol va 1ta samarali uzatmani rasmiylashtirdi. Kamtarona ko‘rsatkich.

O‘tgan yildagi yozgi transfer darchasining so‘nggi kunida «Ayntraxt» Randal Kolo-Muanini 95 mln. yevro evaziga «PSJ»ga sotib yuborgandi. Bundesliganing 2022|23 yillardagi gol}pas tizimi bo‘yicha yetakchi o‘yinchisi hozir Parijda azob-uqubat chekmoqda. Kelishuv amalga oshmasligi ham mumkin edi: «Ayntraxt» Kolo-Muani o‘rnini to‘ldiradigan o‘yinchi xarid qilmagandi, lekin mo‘may daromaddan voz kecha olmadi.

Agar Randal jamoada qolganida, Marmush xuddi «Volfsburg»dagidek qanotga yaqin hududda o‘ynagan bo‘lardi. Biroq u to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy hujumchi pozisiyasini egalladi.

O‘zgarish o‘z samarasini berdi. 2023|24 yillar mavsumida Omar eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi: Bundesliga doirasida 12ta gol va 6ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Garchi u barqarorlikka erisha olmagan bo‘lsada, yevrokubok musobaqalarini xush ko‘radigan jamoa uchun munosib ekanligini isbotladi.

Hozirning o‘zida Marmush - bo‘shliqda dunyoning eng xavf­li o‘yinchilaridan biri

«Bavariya» bilan kechgan bahs (3:3) - fikrimizning tasdig‘i. «Ayntraxt»ga qarshi bahsga qadar «Bavariya» umuman, yakka peshqadam maqomida edi. Misol uchun, Virs, Frimpong va «Bayer»ning boshqa tezkor o‘yinchilari unga qarshi birorta shiddatli reydni uyushtira olishmadi. Omar esa uchchala golda (2}1) muhim rol o‘ynadi. Birinchi golda u chap qanotga o‘tib, Upamekano va Kimdan uzoqlashib oldi. Fares Shaibi bejizga Noyer darvozasi tomon yugurmaydi, Upamekanoni o‘ziga jalb etib, Marmush uchun bo‘shliq yaratadi. Omar esa Rafa Gerreyrudan tezkorroq. Boz ustiga, Gerreyru pozisiya tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydi: Marmushning chap qanotga intilishini kutgandi, u esa markazdan hujumga o‘tib, hisobni ochdi.

Ikkinchi golda Omar Upamekanoni butunlay yakson qildi. Vaholanki, u bundesliganing 2 eng tezkor markaziy himoyachining biri hisoblanadi. Marmush to‘p bilan yugurishiga qaramay, dahshatli tezlik evaziga Dayoni ortda qoldirdi va to‘pni Yugo Ekitikka uzatdi.

Uchinchi gol - Marmushning ochilish klassikasi mahsuli. Rasman u Kimga qarshi to‘p uchun kurashda imkoniyatni boy berdi. Biroq «Ayntraxt» uchun kurashda g‘olib chiqish, Omar uchun himoyachilar ortiga o‘tib olish muhimroq edi. Amalda shunday bo‘ldi: urilib qaytgan to‘pga raqib o‘yinchisi yugurgan pallada Marmush to‘pni qaysi nuqtaga uzatishini ko‘rsatgan, Kim esa qaytishga ulgurmagandi.

Vaziyatlardan foydalanish uslubi ham qoyil qoladigan darajada: kuchli, aniq va o‘z vaqtida amalga oshirilgan zarbalar.

Vensan Kompani ayniqsa, ikkinchi goldan keyin Marmushning harakatlaridan kuchli taassurot olgandi: «Ekitikka assistni amalga oshirishdan avval nimalar qilgani doim uchramaydigan hodisa. Upamekanoni aldab o‘tishni bu mavsumda hech kim uddalay olmagandi. Shuningdek, yuksak tezlikdagi reyd yakunida eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishni ham. Vaqtining asosiy qismida Marmush bo‘shashib qolgandek ko‘rinsada, harakatga kelganida hech kim yeta olmaydi».

Kompanining e’tirofi statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi. Sprint bobida Omar bundesligada 5, o‘rinda. Vaholanki, atigi 7 nafar futbolchi har bir o‘yinda Marmushdan (9,5 km.) kamroq yuguradilar. Ya’ni, Marmush kam yuguradi, tezlik olish bobida hammadan ustun. Kuch-quvvatini aql bilan sarflaydi. 

Bundan tashqari, Omar monstrga xos ish hajmini bajaradi. 99-prosentil u bundesligadagi hujumchilarning 99 foizidan yaxshiroq to‘p surishini anglatadi. Biroq to‘p yo‘qotish bobida Marmush ligadagi eng yomon o‘yinchilar qatorida. Buning sababi, u doimo keskinlikni oshirish maqsadida tezkor driblingni qo‘llaydi, jarima maydonchasi ichida ham tezlikni pasaytirmaydi, zarbaga mos nuqtani yoki qulay vaziyatdagi jamoadoshini izlaydi Uning o‘zaro uchrashuvdagi 2}2 natijasi xususida «Kill» murabbiyi Marsel Rapp shunday degandi: «O‘yin rejasini tuzish evaziga Omarni zararsizlantirishning iloji yo‘q. Chunki uning qayerda ko‘proq paydo bo‘lishini aniqlab bo‘lmaydi. Shu sababli unga qarshi himoyalanish juda qiyin».

«Ayntraxt» bosh murabbiyi Dino Toppmellerning izohi quyidagicha: «Uning raqiblarga qarshi qo‘llaydigan shiddatli sur’ati va tezkorligini bartaraf etish oson emas. Yuqori tezlikda ham u to‘pni yo‘qotmaydi, yugurish chog‘ida ham aniq uzatmalarni yo‘llay oladi».

Raqiblar muammosi - faqat Marmush emas, sherigi Ekitik ham bor

Yugo Ekitik - 22 yoshli fransuz, «Ayntraxt» uni «PSJ»dan olgan. Yugo «Reyms»da yorqin o‘ynayotgandi, Messi, Neymar va Mbappelarga qiziqib, Parijga yo‘l oldi. Biroq Luis Enrikening ishonchini qozona olmadi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Marmush va Ekitik bir-birlariga moslashib olishdi va mavsumoldi yig‘inida Yevropaning ajoyib hujumkor duetini shakllantirishdi. Hozircha, juftlikning eng yaxshi ishtiroki (3:1) «Xoffenxaym»ga qarshi bahsda bo‘y ko‘rsatdi.

Omardagi barcha xislatlar Yugoga ham xos - tezkor, bo‘shliqda xavfli, qizg‘anchiq emas. Bo‘y borasida hatto ustun - 189 sm., Omarniki - 177.

Bir vaqtning o‘zida Marmush va Ekitikni «yopish» juda qiyin. Buning uchun to‘liq himoya uslubini qo‘llash 90 daqiqa ichida hushyorlikni yo‘qotmaslik talab etiladi. Yoki to‘pni ularga boy bermaslik. «Bavariya» 3ta xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘sha zahoti jazolandi.

Marmushning salohiyatini oshirayotgan murabbiyga respekt

Misrlik shogirdining fazilatlarini yaxshi biladigan Dino Toppmeller uni yetakchilik muhitiga moslamoqda. Bu harakatlar samarasi hujumchining to‘pni olib yurishi va tig‘iz pressing ko‘rsatkichlaridan bilib olish mumkin.

«Ayntraxt» risoladagidek tarkibga ega. Lekin u «Bavariya», «Bayer», «Borussiya D.» va «RB Leypsig» tarkiblariga nisbatan ancha kamtar. Biroq Marmush, aniqrog‘i, hujumkor juftlik jamoani yetakchi to‘rtlik da’vogarlari safiga olib chiqishga qodir. Bizningcha, murabbiy Omar va Yugoning salohiyatini yuzaga chiqarib, boshqa shogirdlarini juftlikka moslashtira oladi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:29, 27.10.2024. O'qildi: 2052 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик