Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Navbahor" jarimaga tortildi, Sherzod Nasrullayev 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi - Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

"Navbahor lochinlari" — "So‘g‘diyona"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi "Navbahor lochinlari" — "So‘g‘diyona" uchrashuvi davomida "Navbahor lochinlari" futbol klubi tomonidan "Superliga va Pro liga reglamenti"ning buzilganligi ya’ni "Navbahor lochinlari" futbol klubining lisenziyaga ega bo‘lmagan va qaydnomaga kiritilmagan vakillari uchrashuv komissarining ogohlantirishiga qaramay texnik zona hududini tark etmaganlik holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Navbahor lochinlari" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Dinamo plyus" — "Navbahor lochinlari"

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi "Dinamo plyus" — "Navbahor lochinlari" uchrashuvining 80-daqiqasida "Dinamo plyus" futbol klubi tomonidan "Superliga va Pro liga reglamenti" buzilgani, ya’ni "Dinamo plyus" muxlislari tomonidan maydon tomon yelim idishlar uloqtirilgani, futbol klubi tomonidan bu kabi holatni oldini olishga qaratilgan vazifalar bajarilmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Dinamo plyus" futbol klubining kelgusi birinchi uy uchrashuvida "Dinamo plyus" stadionining 4-5-sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarni vaqtincha yopish va mazkur sektorlar uchun chiptalarni savdoga chiqarmaslik borasida tegishli taqiq qo‘yildi.

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi "Dinamo plyus" — "Navbahor lochinlari" uchrashuvining 82-daqiqasida "Navbahor lochinlari" futbol klubi futbolchisi Azimjon Ahmedov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azimjon Ahmedovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Nasaf" — "Surxon"

Superliga chempionatining 21-turi doirasidagi "Nasaf" — "Surxon" uchrashuvining 69-daqiqasida "Nasaf" futbol klubi futbolchisi Sherzod Nasrullayev raqib o‘yinchisiga nisbatan to‘psiz vaziyatda tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzod Nasrullayevga (Nasaf) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

"Qizilqum" — "Metallurg"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Metallurg" uchrashuvining 45+4-daqiqasida "Metallurg" futbol klubi murabbiyi Nozimjon Esanov zaxira hakami sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nozimjon Esanovga (Metallurg) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

"Dinamo plyus" — "Surxon"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi "Dinamo plyus" — "Surxon" uchrashuvining 45-daqiqasida "Surxon" futbol klubi futbolchisi Doston Tursunov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Doston Tursunovga (Surxon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

OKMK — "Lokomotiv"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi OKMK — "Lokomotiv" uchrashuvining 90+5-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Aziz Xolmurodov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aziz Xolmurodovga (OKMK) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi OKMK — "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlangandan so‘ng "Lokomotiv" futbol klubi sport direktori Ravshan Muqimov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ravshan Muqimovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Andijon" — "Neftchi"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi "Andijon" — "Neftchi" uchrashuvining 76-daqiqasida "Neftchi" futbol klubi murabbiyi Lutfulla To‘rayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lutfulla To‘rayevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Qizilqum" — "Metallurg"

Superliga chempionatining 20-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Metallurg" uchrashuvining 90+4-daqiqasida "Qizilqum" futbol klubi futbolchisi Humoyunshoh Sayyotov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Humoyunshoh Sayyotovga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga

"Sho‘rtan" — "Xorazm"

Proliga musobaqasining 23-turi doirasidagi "Sho‘rtan" — "Xorazm" uchrashuvining 20-daqiqasida "Sho‘rtan" futbol klubi futbolchisi Javohir Hasanov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Hasanovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Sho‘rtan" — "Xorazm"

Proliga musobaqasining 23-turi doirasidagi "Sho‘rtan" — "Xorazm" uchrashuvining 56-daqiqasida "Xorazm" futbol klubi futbolchisi Ravshanbek Sultonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ravshanbek Sultonovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Do‘stlik Toshkent" — "Aral"

Proliga musobaqasining 22-turi doirasidagi "Do‘stlik Toshkent" — "Aral" uchrashuvining 77-daqiqasida "Aral" futbol klubi futbolchisi Norxon Sheripov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Norxon Sheripovga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

"Aral" — "Mash’al"

Proliga musobaqasining 23-turi doirasidagi "Aral" — "Mash’al" uchrashuvining 81-daqiqasida "Aral" futbol klubi futbolchisi Izzatillo Abdulhaqov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Izzatillo Abdulhaqovga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 23-turi doirasidagi "Aral" — "Mash’al" uchrashuvining 66-daqiqasida "Aral" futbol klubi futbolchisi Azizbek Umirbekov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Umirbekovga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:35, 30.10.2024. O'qildi: 2687 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.