Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jeymi Gittens kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2004 yilning 8 avgustida Londonda yorug‘ dunyo yuzini ko‘rgan Jeymi o‘zining futboldagi faoliyatini 5 yoshli chog‘ida mahalliy «Kavershem Trents» klubida boshladi va 7 yoshgacha o‘sha yerda shug‘ullandi.

2013 yilda bolakayni «Reding» tizimiga olib borishdi. U-9 jamoasida o‘ynab yurgan chog‘ida, Jeymiga «Chelsi» qiziqish bildirgan bo‘lsada, u Berkshir grafligi klubidagi faoliyatini davom ettirdi. 2018 yilda yosh iqtidorga «Arsenal» va  «Manchester Siti»dan takliflar bo‘ldi va u Manchesterga yo‘l oldi.

«Avvaliga ishongim kelmadi. Axir men ovloq bir hududdagi bolakay edim. Meni nomdor jamoalarga taklif etishgani ochig‘i, hayron qoldirdi. Keyin mashaqqatli mehnatlarim samara beryapti, deb o‘yladim va o‘zimni yengil his eta boshladim. «Arsenal»ga o‘tishim ham mumkin edi. Biroq men «Siti»ni tanladim. Chunki bu jamoa Braim Dias va Jeydon Sancho kabi mashhur o‘yinchilarni voyaga yetkazgandi», - degandi Gittens o‘z intervyularidan birida.

Manchesterdagi faoliyati

«Shaharliklar» tizimida navqiron hujumchi o‘zidan kattaroq yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlarida nimalarga qodir ekanligini a’lo darajada namoyish etdi. 2019 yilning 14 sentyabrida Jeymi U-18 jamoasida gol urish bilan debyutini nishonladi. Jamoa esa 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

«Liam (Delap) to‘pni egallagan paytda oldinga o‘tishim kerakligini his etdim. U meni ko‘rdiyu, to‘pni men tomonga yo‘lladi. Natijada darvozabon bilan yakkama,yakka vaziyat yuzaga keldi. Avvaliga olisdan zarba yo‘llamoqchi bo‘ldim. Lekin hayajonda bo‘lganligim sababli, darvozabonni aldab o‘tdim va to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladim», - degandi Jeymi o‘sha o‘yin haqida.

«Raqobat o‘ta kuchli. Agar siz talab darajasida o‘ynamasangiz, zaxira o‘rindig‘iga mixlanasiz, jamoa yangi o‘yinchilarni xarid qiladi. Siz doimo yuksak saviyada bo‘lishingiz shart. «Man Siti» tarkibida to‘p surish - ulkan baxt!» - bu esa Gittensning o‘z jamoasiga bergan bahosi.

Ta’kidlash joizki, Jeydon Sancho Gittens uchun namuna bo‘la oladigan futbolchi. Ularning «Siti»dagi faoliyatida o‘xshash jihatlar juda ko‘p. «Jeydon Sancho U-18 jamoasi tarkibida har bir o‘yinda gol urardi. Men aynan u kabi sermahsul to‘purar bo‘lishni istayman», - degandi Jeymi Manchesterdagi davrida.

Germaniyadagi faoliyati

2020 yil sentyabrida qahramonimiz «Borussiya Dortmund» akademiyasiga o‘tib, 19 yoshlilar jamoasi tarkibida to‘p surgan va UYEFA O‘smirlar ligasi musobaqasida urgan 6ta goli evaziga jamoani chorak finalga olib chiqdi. 2022 yilning 8 aprelida Gittens asosiy jamoaning «Shtutgart»ga qarshi bellashuviga taklif oldi. Lekin maydonga tushmadi. Faqat bir haftadan keyingi «Volfsburg»ga qarshi uchrashuvda «tukli arilar» safidagi debyutini nishonlashga muvaffaq bo‘ldi.

Nihoyat, 30 aprel sanasida Marko Roze («Borussiya»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi) Gittensni «Boxum»­ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi. «U aynan biz uchun yetishmayotgan, ya’ni, qanot bo‘ylab yuqori tezlikda darvozabon bilan birga,bir vaziyatga chiqa oladigan o‘yinchi bo‘lib chiqdi. To‘g‘ri, Jeymi Bundesliganing yuksak tempiga moslashib olishi lozim. U 60 daqiqadan keyin toliqib qoldi», - degandi murabbiy uchrashuv oxirida.

Keyingi mavsumda Jeymiga ko‘proq o‘yin amaliyeti bera boshladilar. Hujumchi o‘zining dastlabki golini 2-turda «Frayburg» darvozasiga urdi. Umuman, Gittens turli musobaqalarda 19 marta maydonga tushib, 3ta gol va 1ta samarali uzatmani o‘z hisobiga rasmiylashtirdi. 5-turdagi «Xoffenxaym»ga qarshi uchrashuvda yelkasidan jarohat olib, 22ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

«Jeymi - jarohatlarga duch kelgan yuksak iqtidor sohibi. Shu sababli, biz uni 19 yoshlilar jamoasiga jalb eta boshladik», - degandi «qovoqarilar»ning sobiq bosh murabbiyi Marko Roze 2022 yilda.

2023/24 yillar mavsumi

O‘tgan mavsum angliyalik hujumchi anchayin samarali o‘tdi. Bundesliga doirasida u 25ta uchrashuvda (14tasini boshlang‘ich tarkibda) maydonga tushdi. «Gittens o‘yin tizginini tubdan o‘zgartirib yuboradigan, yondira oladigan futbolchi», - deydi «Dortmund»ning sobiq bosh murabbiyi Edin Terzich.

2023 yilning 28 noyabrida Jeymi o‘zining YECHLdagi dastlabki golini rasmiylashtirdi, keyin assistni amalga oshirdi va «San-Siro»da «Milan» ustidan erishilgan g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shdi. Shu tariqa pley-off bosqichiga yo‘l olgan «Dortmund» esa faqat finalda «Real»ni yenga olmadi. O‘sha mavsumda Gittens 34ta uchrashuvda ishtirok etdi, 2ta gol va 8ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Joriy mavsum

Yangi mavsum ham Jeymi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bundesliga startidagi bellashuvda u «Ayntraxt» darvozasini 2 marta ishg‘ol etdi, keyin YECHL doirasidagi dastlabki o‘yinda «Bryugge»ga dubl «hadya» etdi.

«Ustunlikka erishmoqchi bo‘lgan jamoa mavsumni yorqin boshlashi lozim. Shunda kelajagi ham porloq bo‘ladi. biz maydonda hukmronlik qiladigan jamoa bo‘lishni istaymiz, to‘p bilan ko‘proq muomala qilsak, kamroq yuguramiz. Jamoamizning asosiy maqsadi shu», - dedi Gittens bundesliga.com saytiga bergan intervyusida.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 20.11.2024. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик