Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Xaydenxaym" - murabbiy jamoasi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Xaydenxaym» klubi Baden-Vyurtemberg regionining («Frayburg» va «Shtutgart» ham shu regionda) Xaydenxaym-an-der Brens shahrida joylashgan.

Region ishsizlik darajasining pastligi va kompaniyalarning ko‘pligi («Audi Sport», «Mercedes-Benz» «Bosch») bilan shuhrat qozongan. Aynan shaharning o‘zida sellyuloza-qog‘oz sanoati va turboreduktorlar ishlab chiqarish keng rivojlangan.

Qiziqarli faktlar:

*** «Xaydenxaym» sport klubi 1846 yilda tashkil etilgan. Avvaliga u faqat gimnastika uyushmasi edi. Futbol seksiyasi 1910 yilda ochilgan. Biroq faqat 2007 yilda uyushmadan ajralib chiqib, Regional ligada ishtirok etishga lisenziya olgan.

*** 2009 yilda klub 3-divizionga, 2014 yilda esa 2-divizionga ko‘tarildi. 2019/2020 yillar mavsumida «Xaydenxaym» Bundesligaga ko‘tarilish uchun «Verder»ga qarshi maydonga tushib, mehmondagi gol evaziga (0:0, 2:2) imkoniyatni boy bergan.

*** 2022/23 yillar mavsumida klub o‘z tarixida ilk marta Bundesliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi turda «Yan Regensburg»­dan 1:2 hisobida ortda qolayotgan jamoa 93 va 99-daqiqalardagi gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, 2-Bundesliga chempioniga aylandi. «Yan Regensburg» esa 3-divizionga tushib ketdi.

*** Ortda qolgan davr mobaynida «Xaydenxaym»ni Frank Shmidt boshqarib kelmoqda. Frank jamoa safiga 2003 yilda futbolchi maqomida kelgandi. 2007 yilda butsalarini mixga ilgan futbolchini vaqtinchalik murabbiy lavozimiga taklif etishdi. Taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan Shmidt 17 yildan beri jamoa bilan hamkorlik qilmoqda!

*** Tasavvur qiling, Frankning «Xaydenxaym»dagi faoliyati davrida «Chelsi»da 21 marta murabbiy almashdi.

*** Klubdagi «umrboqiy» ishtirokchi faqat bosh murabbiyning o‘zi emas. 33 yoshli darvozabon Kevin Myuller 2015 yildan beri «Xaydenxaym» sharafini himoya qilmoqda. Jamoa sardori Patrik Maynka esa jamoa tarkibida 6-mavsumini o‘tkazmoqda.

*** «Xaydenxaym» uy uchrashuvlarini dengiz sathidan 555 metr balandlikda joylashgan «Foyt-Arena»da o‘tkazadi. U Germaniyadagi professional klublar stadionlari orasidagi eng baland o‘yingoh.

*** Stadionning sig‘imi 15000 muxlisga mo‘ljallangan. Bu Bundesliga klublari orasidagi eng ixcham arena. Lekin klub mutasaddilari uni kengaytirish taraddudini ko‘rishayotgani haqida ma’lumotlar bor.

*** Qachonlardir mazkur stadionda atigi bitta tribuna bo‘lgan, xolos. O‘sha davrda arena bor yo‘g‘i 500 nafar muxlisni qabul qilardi. 2009 yilda keng ko‘lamdagi ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bugungi «Xaydenxaym»:

Elitadagi debyut mavsumini 8-o‘rinda yakunlagan Frank Shmidt jamoasi YEKL turnirining saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib, 2 o‘yin natijasiga ko‘ra (5:3) Shvesiyaning «Xekken» klubidan ustun keldi. Asosiy bosqichda esa xuddi «Chelsi» kabi bitta o‘yinda g‘alabaga erishdi - «Olimpiya» (Sloveniya) - 2:1. Kiprning «Pafos» (0:1), va Shotlandiyaning «Xarts» (0:2) klublariga imkoniyatni boy berdi.

Joriy mavsumda «Xaydenxaym» Bundesligadagi ishtiroki bilan maqtana olmaydi - 16-o‘rin, quyi ligaga tushib ketish xavfi ostidagi jamoadan atigi 5 ochkoga oldinda. Lekin undan yuqoriroq o‘rinda borayotgan jamoa bilan o‘rtadagi farq ham sezilarli emas. Ya’ni, hammasi «Xaydenxaym»ning ke­yingi o‘yinlariga bog‘liq.

Shuni ham ta’kidlash joizki, jamoa hozirda bir qator yetakchi o‘yinchilarisiz maydonga tushmoqda. Jumladan, o‘tgan mavsumni 12ta gol va 3ta samarali uzatma bilan yakunlagan Tim Klyayndist ham jamoani tark etgan.

«Xaydenxaym» - murabbiy jamoasi

Garchi jamoa joriy mavsumni Bundesligada juda ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtamiyona darajada o‘tkazayotgan bo‘lsada, YEKLdagi natijalari yomon emas. Shmidt - nemis murabbiylik maktabining malakali mutaxassislaridan biri. Pressing, kontrpressing va raqib jamoalar o‘yinlari tahlili borasida katta tajriba sohibi. Shubha yo‘qki, Frank mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash uchun o‘zining bor kuch-malakasini ko‘z ochib ko‘rgan qadrdon klubidan ayamaydi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 15.12.2024. O'qildi: 964 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик