Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jarlikdagi javohir

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jahonning eng qimmat futbolchisi maqomidagi Neymar Messidan 5, Ronaldudan roppa-rosa 7 yoshga kichik.

Chunki u ham, Ronaldu ham 5 fevralda tavallud topishgan. Braziliyalik kasbdoshlarining yoshida Lionel va Krishtianu Yevropada to‘p surishgan va «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilishgandi. Nufuzli sovrin yaqinda 33 yoshini nishonlaydigan vingerni chetlab o‘tadi. Hujumkor o‘yinchi uchun baobro‘ yosh. Faqat qanotlardagi ayrim faxriylar o‘z turmush tarzlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘zlarini futbolda saqlab qolishga qaror qilishgan.

Neymar unaqa emas. Nazariy jihatdan, futbolchi ichishi, raqsga tushishi, kazinoda 100 minglab yevroni boy berishi, farzandlarining onasiga xiyonat qilishi, lekin maydonda jarohat olmasdan futbol o‘ynashi mumkin. Nazariy jihatdan mumkin. Amalda esa braziliyalik Adriano ozg‘in Neymarga qiyoslaganda pahlavon bo‘lsada, 26 yoshida ichkilik tufayli mukammal salomatligidan judo bo‘ldi. Hozir daydib yurgan Adrianoni Rio-de-Janeyroning qashshoq tumani ko‘chalarida uchratish mumkin.

Neymar hozircha piyanista emas. Lekin kimnidir ma’shuqalari birin-ketin unga bir necha oylik farq bilan chaqaloqlar tug‘ib berayotgan sharoitda, uning hayotida tartib qolmaydi. Vinger joriy mavsumda «Al-Hilol»ning OCHL doirasidagi 2ta o‘yinida bor-yo‘g‘i 42 daqiqa to‘p surdi. Jarohati tufayli u ichki chempionat ro‘yxatiga kiritilmagan.

Endi navbatdagi jarohat. Neymar o‘rniga nomzod qidirishmoqda. Boz ustiga, «Al-Hilol» mutasaddilari hujumchining ketish istagida ekanligini gumon qilishlari mumkin. Futbolchi bir yildan ko‘proq vaqtini xochsimon bezlarini davolashga sarflagandi. Endi tizza osti paylari shikastlandi. Agarda klubga qaytish niyati bo‘lsa, yangi yildan avval qaytishi gumon. Klubda yurishining o‘zi uchun ham unga millionlab mablag‘ni ayashmayapti.

Agentga «Santos»ga o‘tishning keragi yo‘q

Neymar atrofida uning faoliyatiga zarar keltirgan shaxslar bor. Ularning biri Pini Zaxavi. Isroillik agent futbolchining faoliyatiga va hayotiga o‘zgacha ta’sir etadigan APLga emas, aynan Saudiyaga yo‘l olishi uchun bor bilim-malakasini sarfladi. Ikkinchisi, Neymar Santus - hujumchining otasi. Zargarlik buyumlari bilan shug‘ullangan sobiq savdogar o‘g‘lining manfaatlarini himoya qilish o‘rniga, aksincha, zarar keltirdi.

Neymar 222 mln. yevro evaziga namoyishkorona tarzda «PSJ»ga yo‘l olmasligi, u yerda barvaqt taslim bo‘lib, Saudiyani tanlamasligi kerak edi. Oqibatda, u odatdagiga nisbatan yomon mashq qila boshladi, saviyasini yo‘qotdi. Buning natijasi - jarohatlar shodasi. Agar hujumchi «Barsa»dan «Bavariya» darajasidagi klubga o‘tganida, Aryen Robben faoliyatini takrorlashi mumkin edi. «Real»da o‘z o‘yinini topa olmagan niderlandiyalik, Myunxenda sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.

«Al-Hilol» Neymarning yordamisiz muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. Jorje Jezus klubidagilar buni juda yaxshi tushunadilar. Nevesh, Milinkovich-Savich, Mitrovich, Malkom va Kanseludek zabardast o‘yinchilar Neymarning gollarisiz chempionlikni saqlab qolishga qodirlar. Ha, «Al-Ittihod» jiddiy raqobat ko‘rsatmoqda, lekin «Al-Hilol» ham Ronalduning «Al-Nasr»idan yengilmadi.

Zaxavi bilan katta Neymar esa vingerning Saudiyada qiynalishini kutishmoqda. Futbolchiga 100 mln. atrofida yillik ish haqi berishadi. Vaholanki, muntazam maydonga tushganida, bonuslar evaziga ish haqi 200 «limon»ga yetishi mumkin edi. Biroq hujumchini faqat qimor o‘yinlari qiziqtiradi. Hatto qizining tug‘ilgan kunini ham u kazinoda qimorbozlik bilan o‘tkazgandi.

Neymarning qadrdon klubi «Santos» sobiq o‘yinchisini qaytarmoqchi bo‘lgandi. XX-asrda qirol Pele klub ramzi maqomida edi. Endi unvon «Santos» uchun unchalik omadli bo‘lmagan Braziliya terma jamoasidagi o‘rindoshiga o‘tdi. Neymar «selesao» tarkibidagi gollar soni bo‘yicha qiroldan o‘zib ketdi, faoliyatidagi eng ko‘p uchrashuvlarni (225ta) esa, qadrdon klubida o‘tkazdi. Jarohatlar uning futboldagi ishtirokiga ta’sirini beradigan ibratli misol.

Sog‘lom Neymar YECHLni tanlashi kerak edi

Bu yog‘iga injiqligi, maydondagi beqarorligi va jiddiy shikastlanishlarning ko‘pligi sababli, YECHLdagi klublardan birortasi uni o‘ziga jalb etishni istamayapti. Agar u Santusning baridagi maishatni emas, futbolda chinakam burilish yasashni istasa, o‘zi uchun jamoani Yevropadan izlagan bo‘lardi. Biroq bunday o‘zgarishlar yuz berishiga ishonch yo‘q. Futbolchi atrofidagi «jonkuyarlar»ni o‘yindan keladigan naf qiziqtirmaydi, ular uchun xuddi Neymar kabi, pul muhim.

Agent va otasining nojo‘ya ta’siri futbolchining aybsizligini sal bo‘lsada, oqlaydi, deb o‘ylamang. Yaqinda Neymar homilador ma’shuqasiga xiyonat qilib, tez orada yoniga qayt­di. pulning quvvati tufayli to‘ng‘ich o‘g‘lining onasi bo‘lmish Karolinadan kichkina chaqaloqni tortib oldi. U «Barselona» va «PSJ»ga nisbatan hurmatsizlik qildi.

Neymar - katta futboldagi eng yomon namuna. Boz ustiga, samarali emas. Undan umidvor bo‘lgan «PSJ» YECHLda g‘olib bo‘la olmadi, Braziliya esa jahon chempioni unvonini qo‘lga kirita olmadi. Biroq Neymar JCH-2026da ishtirok etish niyatida. U vaqtga qadar Junior bemalol MLS klublaridan biriga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Braziliyaning biron-bir klubi bu futbolchining ish haqini ko‘tara olmaydi.

«Palmeyras» prezidenti Laylo Pereyra Neymar bilan muzokaralar olib boril-yaptimi, degan savolga keskin javob qaytardi: «Bizning klubimiz kasalxona emas». Lekin shayxlar ham futbolchiga «Al-Hilol»da yurgani uchun haq to‘lashni istamaydilar. Buning ustiga, unda haq to‘lashga qurbi yetadigan va «Al-Hilol»ni naqd pul bilan ta’minlaydigan fanatlar yo‘q. Ronaldu va Messi o‘z klublari va ligalari uchun ishlaydilar. Neymar esa butun hayoti davomida faqat o‘zining ko‘ngilxushligi va yaqinlari uchun pul ishlaydi.

Yaqinda «Santos» «A» se-riyasiga qaytgach, Neymarda uyga qaytish va dog‘ tushgan obro‘sini tiklash ehtimoli paydo bo‘ldi. Biroq Braziliyada intizom bobida muammosi bor futbolchilar yanada yomonroq o‘ynaydigan bo‘lib qoladilar. Neymar Saudiyada sport formasini tiklab olishga intildi, lekin tiklay olmadi, Braziliyada o‘zini butunlay yo‘qotib qo‘ysa kerak.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 19.12.2024. O'qildi: 3620 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик