Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Chelsi" endi uyalmaydi

Baho:
+3 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Banogoh - "Chelsi" APLda barchani hayratda qoldirayotgan "Liverpul"dan keyin 2-o‘rinda kelmoqda.

"Ko‘k"lardagi jadal taraqqiyot va yuksak parvozni hech kim hatto xayoliga ham keltirmagandi. Ayniqsa, jamoa so‘nggi ikki mavsumni nafaqat APL, balki Yevropa futbolining asosiy anglashilmovchiligi maqomida o‘tkazganini inobatga olganda. O‘shanda klub mutasaddilari 1 mlrd. funtdan ko‘proq mablag‘ sarflashgani, jamoa esa hech narsaga erisha olmay, katta qiyinchilik bilan YEKLga ilinib olgani xususida gap-so‘zlar avjiga chiqqandi. Endi shu "Chelsi" shiddat bilan YECHLga va premyer-liga chempionligiga intilmoqda. Muvaffaqiyat sabablari esa quyidagicha:

1. Nihoyat, navqiron jamoaga o‘ynash imkoniyati berildi

"Chelsi" APLning eng nav-qiron tarkibli jamoasi. Futbolchilarning o‘rtacha yoshi - 24ga teng. Bunday tarkib La Ligada ham, "A" seriya va Bundesligada ham yo‘q. E’tiborlisi, bundanda navqiron jamoa Fransiyada bor - bu "Strasbur". Yanada qiziq tomoni, bu jamoa ham "Chelsi"ga homiylik qilayotgan konsorsiumga tegishli.

"Ko‘klar"ning avvalgi mavsumlardagi muammolari futbolchilarning bir-birlariga moslasha olmaganliklari tufayli yuzaga kelgandi. Jamoa birinchi davrada 25 ochkoni, ikkinchi davrada 38 ochko jamg‘argani buni isbotlaydi. O‘yinchilarning ko‘pchiligi avval asosiy tarkibga tanlab olindi, keyin o‘zaro hamkorlikda o‘ynash usuli shakllandi. Koul Palmer ortidan boshqa yetakchilar paydo bo‘lishdi, birinchi navbatda - Moyzes Kaysedo. U avval ham yaxshi o‘ynardi, biroq endi to‘pni tortib olish va uzatmalarni ilib olish bobida APLning eng yaxshi futbolchisi.

O‘tgan mavsumda "Chelsi" himoya markazida Aksel Disasi Benua Badyashil ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadilar. Endi ular o‘rnida Levi Kolvill va Uesli Fofana barqaror to‘p surishmoqda. Asosiy muammo markaziy hujumchi pozisiyasida ro‘y berdi. Yozda jamoa Viktor Osimxenni xarid qila olmagach, Nikolas Jekson bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi. Buni qarangki, o‘tgan mavsumda APLdagi eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etgan hujumchi hozir kutilganidan yaxshiroq sermahsullik namoyish etmoqda. O‘yindan gol urish bo‘yicha faqat Xoland undan oldinda bormoqda.

2. Bosh murabbiy jamoani Palmerning o‘yiniga moslashtirdi

G‘alabalar seriyasi qayd etilgan o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Maurisio Pochettinoning iste’foga chiqarilishi shubhali bo‘lib ko‘ringan, futbolchilarni shok holatiga tushirib qo‘ygandi. Biroq endi hatto rahbariyatni tanqid qilganlar ham jamoadagi ijobiy o‘zgarishni tan olishdi. Natijalar bo‘yicha ham, saviya borasida ham, "Chelsi" endi "Koul Palmer" FK emasdi.

Enso Mareska shogirdlariga qarata shunday xitob qilgandi: "Modomiki, raqiblar Palmerni alohida ta’qib qilish niyatida ekanlar, biz o‘zgacha yechim topishimiz lozim". Tez orada barchamiz turli futbolchilar o‘yin tizginini o‘z zimmalariga olayotganlariga guvoh bo‘ldik. Qolaversa, yarim himoyachi ham tig‘iz ta’qibga moslashib oldi. "Bornmut"ga qarshi bahsda raqib o‘yinchisi Lyuis Kuk Koulni qo‘riqlayotganini ko‘rgan Mareska hujumni Jeydon Sancho orqali tashkil etgandi. "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda boshqa yechim qo‘l keldi: murabbiy qo‘qqisdan Palmerni chap qanotga o‘tkazib, Joelintonning ta’qibidan xalos etgandi.

Aftidan, jamoadagi intizomni ham o‘rniga qo‘ygandek. O‘tgan mavsumda Madueke, Jekson va Palmer penalti zarbasini kim amalga oshirishi xususida tortishib qolishgan, Nikolas to‘pni jamoadoshining qo‘lidan uzib olgandi. Hozir bolalarga xos bema’niliklar ko‘rinmay qoldi. Yaqinda "Lester"ga qarshi o‘yinda Madueke bexosdan Palmerning 2 metr uzoqlikdan bo‘sh darvozaga yo‘llagan to‘pini to‘sib qolib, "Chelsi"ni goldan judo qildi. Lekin hech qanday shikoyat, da’vo bo‘lmadi - aksincha, jamoadoshlar tabassum bilan bir-birlariga qo‘l uzatishdi.

3. Jarohatlar epidemiya-si keskin barham topdi

Jarohatlar doimo va hammada bo‘lgan - bu kundalik hodisa. Ayniqsa, o‘yinlar ko‘payib ketgan hozirgi davrda. Biroq o‘tgan mavsumda "Chelsi"dagi shikastlanishlar juda ko‘p bo‘ldi, 23 nafar futbolchi 55 marta jarohat olgandi.

Shu yilning oktyabrida bosh murabbiy jamoada birorta shikastlangan futbolchi qolmaganligini e’lon qilgandi. To‘g‘ri, keyinchalik bir nechta jarohat olganlar bo‘ldi. Masalan, Jeyms, Fofana. Lekin ular jiddiy emas, futbolchilar tez orada safga qaytishdi.

4. "Chelsi" yevrokuboklarda deyarli kuch sarflamaydi

"Brayton" va "Nottingem Forest"ni hisobga olmaganda, "ko‘klar" boshqa raqobatchilarga nisbatan muhim ustunlikka ega. Ya’ni, yevrokubok musobaqalarida kuch yo‘qotmaydi. YEKLda jamoa ikkinchi tarkib (Badyashil, Disasi...) bilan ishtirok etmoqda. Turnirning birinchi yarmida Palmer hatto qaydnomaga ham kiritilgan emasdi. Ana shu ikkinchi tarkib 4ta o‘yinda 4ta g‘alabani rasmiylashtirib, yetakchilik qilmoqda, to‘plar nisbati - 18:3. Endi "Chelsi"ning jangovar kuchlari APL bellashuvlariga yanada kuchliroq ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bilan qaytadilar. Qolaversa, jamoa liga Kubogi turnirining 1/8 finalida "Nyukasl"ga imkoniyatni boy bergan, 0:2.

5. Raqobatchilardagi pasayish va inqiroz

"Chelsi"ning sovrindorlar uchligida borishiga boshqa jamoalardagi muammolar ham qisman sabab bo‘ldi. Masalan, "Manchester Siti" qatorasiga 4ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Agar Gvardiola jamoasi odatiy saviyada to‘p surganida, "ko‘klar" hozir bir pog‘ona pastroqda turgan bo‘lishardi. Qizig‘i, "shaharliklar" o‘tgan mavsumda xuddi hozirgi "Chelsi" kabi 13ta o‘yinda 25 ochko to‘plagandi.

Bu mavsumda YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish "ko‘klar" muvaffaqiyatli yakun bo‘lardi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan APL jamoasi nufuzli turnirning asosiy bosqichiga yo‘l oladi. Yangi formatga binoan, qo‘shimcha 2 yo‘llanma esa, yevrokubok musobaqalarida yuqori reytingga ega bo‘lgan 2 mamlakatga beriladi. Bu borada Angliya yetakchilik qilmoqda, 7ta jamoaning keyingi bosqichga chiqish ehtimoli juda yuqori. Faqat "Siti"ning ishtiroki biroz xavotirli. Lekin buning uchun hozirda 17-o‘rinda borayotgan jamoa qolgan bellashuvlarda 24-pog‘onadan pastga tushib ketmasligi talab etiladi.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 20.12.2024. O'qildi: 3355 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.